A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

Hamdo‗stlik 
deyilganda, odatda, Millatlar hamdo‗stligi (ilgarigi 
Britaniya millatlar hamdo‗stligi) tushuniladi. Bu — tarkibiga Buyuk 
Britaniya va uning sobiq mustamlakalari bo‗lgan suveren davlatlar kirgan 
ittifoq davlatlari konstitutsiyalarida o‗z ifodasini topgan xalqaro-huquqiy 
ittifoqdir. Dastlab Hamdo‗stlik printsipi quyidagilardan iborat bo‗lgandi: 
Britaniya monarxi Hamdo‗stlik barcha a‘zolari uchun nominal davlat 
boshlig‗i hisoblanadi, har bir mamlakatda uning tomonidan tayinlangan 
bosh gubernator vakillik qiladi. Biroq hozir umumiy davlat boshlig‗i 
instituti Hamdo‗stlikning atigi bir nechta mamlakatida e‘tirof etiladi va u 
faqat rasmiyatchilik xususiyatiga ega. 
Mustaqil 
Davlatlar 
Hamdo‗stligi 
(MDH) 
qisman 
millatlar 
hamdo‗stligini eslatadi. MDH sobiq ittifoq tarqalib ketgandan keyin tashkil 
topgan. Biroq Rossiya davlati boshlig‗i MDH mamlakatlarida nomiga 
bo‗lsa-da, davlat rahbari hisoblanmaydi, balki faqat MDH davlatlari 
boshliqlaridan iborat muvofiqlashtiruvchi organning rahbari etib saylanadi. 
Protektorat 
bir davlat amalda o‗ziga qaram bo‗lgan davlatga tashqi 
siyosiy va harbiy homiylik qilishiga asoslangan davlatlararo huquqiy 
ittifoqdir. Ichki siyosatda homiylikdagi davlat muayyan ma‘nodagi 
mustaqillikka ega bo‗ladi. Bunda homiylik qiluvchi davlatning tegishli 
organlari ayni paytning o‗zida himoyadagi davlat vakolatlarini ham 
o‗zlashtirib oladi. Protektorat sobiq mustamlakalar va ularning 
metropoliyalari o‗rtasidagi munosabatlarning dastlabki bosqichida mavjud 
bo‗lishi mumkin. 
Uyushgan davlatlar 
shaklida yuzaga kelgan davlatlararo munosabatlar 
protektorat munosabatlariga o‗xshab ketadi. Chunonchi, Puerto-Riko 
«asosiy» davlat — AQSH bilan uyushgan davlat hisoblanadi. Yuridik 
jihatdan bunday davlatlar faqat tashqi siyosatlarinigina «asosiy» davlat 
bilan kelishib olishlari kerak. Bu ularning tashqi suverenitetini rasmiyat 
nuqtai nazaridan cheklaydi. Lekin ular amalda ichki siyosatda ham, 
iqtisodiyotda ham «asosiy» davlatga qaramdir. 
Bundan tashqari, tantanali ravishda e‘lon qilingan federatsiya aslida 
unitar davlat bo‗lib chiqqan holatlar ma‘lum. «Sovet xalqi milliy 
sotsialistik davlatchiligining oliy shakli» hisoblangan sobiq ittifoq 
federatsiyasi xuddi shunday bo‗lgandi. 
Ittifoqdosh respublikalar SSSR Konstitutsiyasida mustahkamlangan 
ixtiyoriy birlashuv asosida yagona ittifoq davlati sifatida SSSRga kiradilar, 
deb hisoblanardi. SSR Ittifoqini tuzish haqidagi shartnoma (1922 yil) bu 


79
birlashuvning huquqiy asosi bo‗lgandi. Biroq bu faqat qog‗ozdagina 
shunday, ya‘ni huquqshunoslar tili bilan aytganda, de jure bo‗lib, amaldagi 
siyosat de facto markazdan turib amalga oshirilishi davom etavergan. 
Shunga o‗xshash holatni Rossiyada hozir ham kuzatish mumkin. 
Chunonchi, bu erda ijro etuvchi hokimiyat rahbarlarini saylash – shahar va 
viloyatlar ma‘muriyatlari boshliqlarini mamlakat prezidenti tomonidan 
tayinlanishi bilan qo‗shib olib boriladi. Lekin joylardagi oliy mansabdor 
shaxslarni poytaxtdan turib tayinlash va ularning vakolatlarini belgilab 
berish federatsiya emas, unitar davlatning belgisidir. Bunda oldingi 
xatolarining ham ta‘siri katta. Aytaylik, davlat-hududiy chegaralanishi 
davrida sobiq ittifoq millatlar manfaatlari mutlaqo hisobga olinmagandi. 
O‗sha vaqtlarda boshqacha bo‗lishi ham mumkin emasdi. Zero, millat, 
millatga mansublik qandaydir ikkinchi darajali, asta-sekin barham topib 
ketadigan tushuncha deb qaralardi. Faqat birgina «millat» — yagona sho‗ro 
xalqigina yashashga haqli edi. 
Darhaqiqat, milliy g‗ururi so‗ndirilgan, madaniyati, tarixi, tili, urf-odat 
va qadriyatlari kamsitilgan, haq-huquqlari, izzat-nafsi yerga urilib ruhan 
ezilib, umidsizlikka tushgan xalq va millat mustamlakachilar o‗ljasi edi. 
Mustabid sho‗ro tuzumi zamonida O‗zbekistonga nisbatan «mamlakat» 
atamasi hech qachon ishlatilgan emas. O‗sha davrda kishilarni bevatanlikka 
targ‗ib etuvchi, ona yurt, millat tushunchalarini ongdan, yurakdan butkul 
chiqarib yuborishga qaratilgan makkorona siyosat olib borilgandi. Ayniqsa, 
tarixni, milliy o‗zligimizni anglashga bo‗lgan har qanday intilish 
g‗alamislik, millatchilik, feodal o‗tmishni qo‗msash, baynalmilallikning 
ildiziga bolta urish sifatida baholanib, qattiq tayziqqa olingandi. 
Qolaversa, mustabid sho‗ro tuzumi davrida millatchilik deb atalgan 
hodisa aslida tub milliy qadriyatlarni, o‗ziga xos xususiyatlarni, an‘analarni 
saqlab qolishga intilish bo‗lib, bu millatning ijtimoiy, ma‘naviy va tarixiy 
rivojlanish subyekti sifatida o‗zini saqlab qolishga intilishdan iborat asosli 
ehtiyoji edi. «Har qanday millat, u naqadar kichik bo‗lmasin – 
insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning til, madaniy 
va boshqa xususiyatlarining yo‗q bo‗lib ketishi Yer yuzidagi madaniy va 
genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi»
1

Biroq tarix hamma narsani joy-joyiga qo‗yishi yana bir bor o‗z isbotini 
topdi: bunday davlat, to‗g‗rirog‗i, davlat tuzilishining bu shakli o‗limga 
mahkum bo‗ldi. 


80
Insoniyat uchun eng muhim saboqlardan biri shundan iboratki, davlat 
tuzilishining har qanday shaklida ham markaz bilan hududiy joylar 
o‗rtasida vakolatlar har qanday milliy-etnik mojarolarning kelib chiqish 
ehtimolini qariyb yo‗q darajaga olib boradigan omillarni yaratish imkonini 
beradigan tarzda taqsimlanishi darkor. Buni, albatta, yodda tutish lozim. 
Jumladan, Chechenistondagi voqealar buning yorqin dalilidir. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish