A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


 Mamlakatda ma‘muriy hududiy bo‗linishi masalalarini



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

 
3.4. Mamlakatda ma‘muriy hududiy bo‗linishi masalalarini 
huquqiy asoslari 
O‗n ikkinchi chaqiriq O‗zbekistan Respublikasi Oliy Kengashining o‗n 
birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‗zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
«O‗zbekiston 
Respublikasining 
ma‘muriy-huquqiy tizimi» deb atalgan XVI bobining 68-moddasida 
shunday deyilgan: «O‗zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, 
shaharlar, 
qishloqlar, 
ovullar, 
shuningdek, 
Qorakalpokiston 
Respublikasidan iborat». 
Konstitutsiyaning 69-moddasida esa Qorakalpog‗iston Respublikasi, 
viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshirilishi ko‗rsatib 
utilgan
16
.
Mamlakatimizda ma‘muriy hududiy tuzilish masalalari «O‗zbekiston 
Respublikasida ma‘muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi 
to‗g‗risidagi Qonun bilan tartibga solinadi. Unga ko‗ra
17

ushbu Qonun viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, 
ovullarni tuzish, tugatish, ularning chegaralarini o‗zgartirish, ma‘muriy 
markazlarni ko‗chirish hamda aholi punktlarini shahar, shaharchalari 
turkumiga o‗tkazish tartibini belgilaydi; 
Viloyatlarni tuzish va tugatish O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga 
oshiriladi; 
Tumanlarni tuzish va tugatish tegishli viloyat va Toshkent shahri 
hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga 
oshiriladi; 
16
O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi 
17
―O‗zbekiston Respublikasida ma‘muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‗g‗risidagi Qonun. Manbaa Lex.uz 


81
Qoraqalpog‗iston Respublikasida tumanlarni tuzish va tugatish 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‗qorg‗i 
Kenges tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi 
bilan amalga oshiriladi. (O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
69-
moddasi.
); 
Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish tegishli tuman hokimlarining 
iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, 
Qoraqalpog‗iston Respublikasida esa — Jo‗qorg‗i Kenges tomonidan 
amalga oshiriladi; 
Respublika (Qoraqalpog‗iston Respublikasida), viloyat bo‗ysunuvidagi 
shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida o‗ttiz ming aholisi bo‗lgan, 
muhim ma‘muriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy 
markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin; 
Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo‗l 
stantsiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan hamda qoida 
tariqasida kamida ikki ming aholisi bo‗lgan aholi punktlari kiritilishi 
mumkin; 
Shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli viloyat, 
Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis 
tomonidan amalga oshiriladi; 
Shaharchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman 
hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari 
tomonidan, Qoraqalpog‗iston Respublikasida esa — Jo‗qorg‗i Kenges 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Ma‘lumki, oxirgi yillarda Harakatlar strategiyasiga muvofiq 
mamlakatimiz ma‘muriy hududiy tuzilishida hududlarning mavjud 
imkoniyat, salohiyat va rezerflarni ishga solish hamda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishni jadallashtirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. 
Xususan, O‗zbekiston Respublikasining «O‗zbekiston Respublikasida 
ma‘muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‗g‗risida»gi 
Qonuniga
 muvofiq hamda hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, 
shaharlarning rezerv va imkoniyatlarini to‗liq ishga solish, bu boradagi 
strategik va eng muhim istiqbolli vazifalarni samarali hal etishda davlat 
boshqaruvi 
hamda 
mahalliy 
ijroiya 
hokimiyati 
organlarining 
muvofiqlashtirilgan 
faoliyatini 
ta‘minlash 
maqsadida O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 iyundagi «Respublika 


82
bo‗ysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi Farmoni qabul 
qilinganligi bu boradagi izchil islohotlarning davomidir. Unga ko‗ra
18

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida 12 ta shtat birligidan iborat 
Respublika bo‗ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
bo‗limi tashkil etildi. 
Bo‗lim Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron 
va Chirchiq shaharlari, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri, Navoiy 
viloyatining Zarafshon shahri va Surxondaryo viloyatining Sharg‗un 
shaharchasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‗yicha vazifalarni samarali 
hal etilishini ta‘minlaydi. 
Shuningdek, shaharlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan 
oshirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, shaharlarni ishlab chiqarishga 
jalb etilmagan rezerv va imkoniyatlarini to‗liq ishga solish, shaharlarda 
aholi daromadlari o‗sishini ta‘minlash kabi vazifalar bo‗limning asosiy 
vazifalari hisoblanadi. 
Xulosa o‗rnida Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Chirchiq, 
Shirin, Zarafshon shaharlari va Sharg‗un shaharchasi viloyatlar 
bo‗ysundurividan Respublika bo‗ysunuviga o‗tkazildi. 
Yuqoridagilarga asoslanib O‗zbekistonda ma‘muriy hududiy tuzilishini 
quyidagicha ajratib ko‗rsatish mumkin: 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri - (14ta); 
Respublika bo‗ysunuvidagi shaharlar (8ta) – Angren, Bekobod, 
Olmaliq, Ohongaron, Chirchiq, Shirin, Zarafshon shaharlari va Sharg‗un 
shaharchasi; 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar 
bo‗ysunuvidagi tuman va shaharlar; 
Tumanlar bo‗ysunuvidagi shaharchalar, ovullar va aholi punktlari. 
O‗zbekiston Respublikasining ma‘muriy – hududiy tuzilishi 
quyidagi asosiy taomillarga asoslanadi: 
O‗zbekiston Respublikasi hududining birligi va bo‗linmasligi; 
Davlat manfaatlari va tegishli hududlarda yashovchi aholi 
manfaatlarining uyg‗unlashtirish; 
18
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 iyundagi ―Respublika bo‗ysunuvidagi shaharlarni kompleks 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi Farmoni. Manbaa Lex.uz 


83
O‗zbekiston 
Respublikasi 
yagona 
davlat 
hokimiyatinin g 
fuqarolarning o‗z-o‗zini boshqarish organlari bilan uyg‗unligi; 
ma‘muriy 
– 
hududiy 
tuzilish 
va 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rayonlashtirishning o‗zaro bog‗liqligi; 
oshkoralik va ma‘muriy – hududiy tuzilish masalalarini hal etishda 
jamoatchilik fikrini hisobga olish. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish