9-sinf adabiyot 1-dars Sana: O`qituvchi: Mavzu: ruhiy kamolot vositasi



Download 268,8 Kb.
bet82/158
Sana23.01.2022
Hajmi268,8 Kb.
#405486
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   158
Bog'liq
9-sinf adabiyot kundalik reja

O`quvchilar bilimini baholash.

6.Uyga vazifa; mavzuni o`qib, savollar tuzish.
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 61-dars Sana:____________ O`qituvchi :

Mavzu : Abdulhamid Cho`lpon “Kecha va kunduz” romani tahlili

Ta`limiy maqsad: Asar mazmuni bilan tanishish, tahlil qilishga o`rgatish

Tarbiyaviy maqsad: Milliylik va ozodlikni qadrlash ruhida tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish


Dars tipi: yangi bilimlar berish, mustahkamlash

Dars uslubi: suhbat, bahs-munozara

Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita

Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash

2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash

3.. Roman mazmuni yuzasidan suhbat va tahlil

Yozuvchi kechagi kunni tasvirlar ekan, «mustamlaka tuzumi yomon» qabilidagi gapni yalang’och aytishday jo’n yo’ldan bormaydi. Balki, zulm-zo’ravonlik ustuvor ekan, mamlakatda qanday tuzum hukmronligi haqida yetti uxlab tushiga kirmaydigan, oddiy kishi ham uning qabohatidan chetda qolmasligini hayotdan olingan jonli timsollar taqdirini tasvirlash asnosida ishonarli ko’rsatadi. Tuzum o’z-o’zicha adolatli ham, adolatsiz ham emas, balki unda yashayotgan va uni boshqarayotgan kishilar darajasida bo’lishi g’oyat nozik tasvirlangan. Adib o’lka ahli hayotidagi unchalik ko’zga tashlanavermaydigan jihatlarning mohiyatini teran anglagani uchun ham «Kecha va kunduz» romani qahramonlar boshidan o’tgan qiziqarli voqealarni naql etuvchi sarguzasht emas, balki Turkiston va turkistonliklarning tarixiy taqdirini butun chigalliklari bilan aks ettirgan badiiy asar darajasiga ko’tarilgan.

Asarda Cho’lpon olamga hayrat ko’zi bilan qaraydigan sodda, samimiy Zebi, umri to’rt devor orasida o’tayotgan, na tirikchilikdan, na erdan yalchigan Qurvonbibi, dunyoda faqat eshonning so’zinigina haqiqat deb biladigan johil Razzoq so’fi, dumbul va savodsiz Akbarali mingboshi, ayyor noib to’ra, uning makkor xotini singari ko’plab timsollar haqqoniy va jonli tasvirlangan. Cho’lponning mahorati shundaki, asarda unchalik katta o’rin tutmaydigan epizodik personajlarni ham g’oyat puxta tasvirlaydi.

Romanda Zebi ishtirokidagi voqealar tasviriga ko’p o’rin berilgan, asardagi ko’pchilik personajlar shu timsolga daxldor tarzda chizilgan bo’lsa-da, u asarning bosh qahramoni emas. Negaki, u asar voqealari rivojini boshqarmaydi, balki ixtiyorsiz tarzda, qayoqqa borayotganini, nima bo’larini bilmagan holda hayot oqimida suzadi. U biron-bir holatning kelib chiqishiga ongli tarzda, bilib turib sabab bo’lmaydi. Uning boshqalar hayotiga ta’sir ko’rsatgan xatti-harakatlari ham o’zining ixtiyoridan tashqarida sodir bo’ladi. Adibning mahorati tufayli mut’e, hech qanday ijtimoiy salmog’i yo’q Zebi o’z soddaligi, husni, odobi, iffati, noyob iste’dodi bilan o’quvchilar mehrini qozonadi. Cho’lpon qizni o’z tabiati mantig’iga muvofiq harakatlantiradi. U quvlik-shumlikni bilmaydi, taqdirga tadbir qilishni xayoliga ham keltirmaydi. Zebi — tom ma’noda o’zini «muhitning erki»ga bergan o’zbek qizi. Yozuvchi uni boricha ko’rsatadi. Qizig’i shundaki, adabiy qahramonlarga qo’yiladigan talablarning bir dunyosiga javob berolmaydigan bu qiz insoniy beg’uborligi, o’zbekcha soddaligi bilan kishini o’ziga rom etadi


Download 268,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish