4.Yangi mavzuni mustahkamlash: \
5.O`quvchilar bilimini baholash.
6.Uyga vazifa; asardan parcha o`qish, savollar tuzish
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 68-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu : Oybek “Qutlug` qon” romanidan parcha o`qish va tahlil qilish
Ta`limiy maqsad: Asar mazmuni bilan tanishtirish va tahlil qilishga o`rgatish
Tarbiyaviy maqsad: vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: matn ustida ishlash,suhbat, savol- javob
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash
3. Romandan parcha o`qish.
Yozuvchi qo’lyozma ustida jiddiy ishlab, 1939- yilda asarni yozuvchilar uyushmasida muhokama qildirdi. Muhokama chog’ida ayrim kishilar adibni asarga inqilobchi kuchlarni, rus proletariat! vakillarini kiritmaganlikda aybladilar.So’ng yozuvchi romanda shu jihatni kuchaytirishga, unga revolyutsioner Petrov timsolini kiritishga majbur bo’ldi.
«Qutlug’ qon» tarixiy romanida o’zbek xalqining yaqin o’tmishda rus bosqinchilari va mahalliy amaldorlar tomonidan ezilganligi, xalqning o’z ahvolini anglab, ezuvchilarga qarshi qo’zg’olishi badiiy ifodasini topgan. Roman asosida 1916- yilda Toshkentda bo’lib o’tgan xalq qo’zg’oloni yotadi. O’sha vaqtda o’n bir yoshli o’smir bo’lgan Oybek bu voqealarni o’z ko’zi bilan ko’rgan. Bo’lajak yozuvchi u paytda ko’rganlarining asl mohiyatini anglamagan bo’lsada, milliy ozodlik yo’lidagi qo’zg’olon o’smirning ta’sirchan ko’nglidan chuqur o’rin olgandi.
Nazardan qochirmaslik kerakki, Oybek uchun qo’zg’olon va uning sabablarini ko’rsatish asosiy maqsad emasdi. Qo’zg’olon to’g’risida birorta ilmiy-tarixiy yo’nalishda maqola yozishi ham mumkin edi. Adib bu davr kishilari ruhiyatini, ularning ko’nglidagi ezgulik va yomonlikka munosabatni, yangilanib borayotgan davr va unda yashashi lozim bo’lgan odamlar tabiati o’rtasidagi muvofiqlik kabi jihatlarni aks ettirmoqchi edi. Shuning uchun ham asar markazida qo’zg’olon emas, balki Yo’lchi, Gulnor, Shokir ota, Mirzakarimboy, Yormat, Tantiboyvachcha singari kishilar taqdiri turadi.
Romanning bosh qahramoni Yo’lchi - mard, halol, oqko’ngil, olijanob yigit. Ma’lumki, inson o’zi qanday bo’lsa, o’zgalar haqida ham shunday o’ylaydi. Shuning uchun ham Yo’lchi shahardagi qarindoshlardan mehr-u muruvvat kutadi. U o’ziga qilinadigan yaxshiliklar evaziga halol mehnati bilan badal to’lay oladi. Buni siz romanda yigitning mehnatdan qo’rqmasligi, ishning ko’zini bilishi tasvirlangan o’rinlardan payqab olasiz. Yo’lchi kunda kovlash, beda o’rish singari kuch talab etiladigan og’ir ishdan ham, mehmonlarga xizmat qilishday yengil yumushlardan ham og’rinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |