9-sinf adabiyot 1-dars Sana: O`qituvchi: Mavzu: ruhiy kamolot vositasi


-soatda insho tahlili o`tkaziladi



Download 268,8 Kb.
bet34/158
Sana23.01.2022
Hajmi268,8 Kb.
#405486
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   158
Bog'liq
9-sinf adabiyot kundalik reja

3-soatda insho tahlili o`tkaziladi.

.

O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________

9-sinf adabiyot 23-dars Sana:____________ O`qituvchi:



Mavzu : Zahiriddin Muhammad Bobur
Ta`limiy maqsad: Ijodkor hayoti bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy maqsad: Ma`naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish

Dars uslubi: suhbat

Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita

Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash

2. Uy vazifasi tahlili.

3. Yangi mavzu bayoni. Bobur haqida videolavha namoyish qilish.

Bobur ham shoh, ham shoirdir. «Bobur» arab tilida sher degani. Chindan ham u bu nomga munosib shaxsiyat edi. U tariximizning murakkab bir davrida yashadi. Qudratli temuriylar saltanati yemirilib, o’rniga shayboniylar kelayotgan davr edi. Yurt jang-u jadallar ichida qolgandi. Shunday bir paytda o’z yurtiga sig’magan temuriyzoda Bobur Hindistonga bosh olib ketdi. U yerda buyuk saltanat o’rnatdi. O’z jasorati va adolati bilan olis hind xalqi qalbidan joy oldi, uning mehrini qozondi. Boburning avlodlari hind diyorida uch yuz yildan ortiqroq hukmronlik qildilar.

Bobur didi va zavqi baland shoir edi. U go’zal g’azallar yozdi. Ruboiy-ning tengsiz namunalarini yaratdi. Ko’rgan-kechirgan voqealari haqida «Boburnoma» asarini yozib qoldirdi. Uning qalbi musiqaga oshno edi. U sozni go’zal chalgan, ajoyib kuylar yaratgan, musiqa haqida ilmiy kitob yozgan shohlardan edi.

Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug’ildi. Otasi temuriyzoda Umarshayx Farg’ona viloyati hukmdori edi. Onasi Qutlug’ Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.

Bo’lajak shoir 12 yoshida ekan, otasi bevaqt halok bo’lib, Farg’ona hokimligi uning zimmasiga tushadi. 15 yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi. 16 yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo’ladi. Keyin ham ikki marotaba bu shaharni egallashga muvaffaq bo’ldi. Lekin saqlab qolish nasib etmadi. Samarqandni ham, Andijonni ham qo’ldan berib, tog’-u toshlarda besh-o’n yigiti bilan goh otliq, goh yayov yurgan paytlari ham bo’ldi. Nihoyat, 1503-yilda Jayhun (Amu)ni kechib, Xuro-songa o’tdi. Kobul va G’aznani qo’lga kiritdi. So’ng 1526-yilda esa Hindistonni zabt etib, katta saltanat o’rnatdi. U 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etdi. Keyinroq uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko’chiriladi.

Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk, g’oyat iste’dodli farzandi edi. U o’ta notinch, sargardonlikda kechgan umrini zo’r salohiyati tufayli jozibali qila oldi. Uning hayoti faqat janglar bilangina emas, ilhomiy onlar bilan ham to’la edi. U yigirma yoshida yangi bir yozuv - «Xatti Boburiy»ni kashf qildi. Umr bo’yi ajoyib she’rlar yozdi, devon tartib qildi. Musiqa bilan shug’ullanib, «Chorgoh» maqomiga «savt»lar bitdi. 1521-yilda she’riy yo’lda soliq ishlarini tartibga soluvchi «Mubayyin al-zakot» («Zakot bayoni») asarini yozdi. 1523-1525-yillarda aruz vazni haqida «Muxtasar» nomli risola bitdi. Boburning «Harb ishi», «Musiqa ilmi» nomli asarlari hozirgacha topilgan emas. U tarjima bilan shug’ullandi. Xo’ja Ahrorning «Volidiya» asarini she’riy yo’l bilan o’zbekchaga o’giradi.

Muallifning «Boburnoma» asari nafaqat o’zbek adabiyoti, balki jahon adabiyotining nodir namunasi sanaladi. Bu memuar (esdalik) asarida Bobur o’n ikki yoshida taxtga chiqishidan boshlab umrining oxirigacha boshidan o’tkazganlarini, ko’rgan-kechirganlari, guvohi bo’lgan voqealarni siyosatchi, davlat arbobi, olim, sayyoh va shoir nigohi bilan tahlil etadi. Shuning uchun bu asar tarix, etnografiya, geografiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va boshqa fanlar uchun birday manba bo’la oladi. «Boburnoma»ning o’zbek nasri taraqqiyotidagi o’rni beqiyosdir.




Download 268,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish