9-sinf adabiyot 1-dars Sana: O`qituvchi: Mavzu: ruhiy kamolot vositasi


Mustahkamlash;savol va topshiriqlar ustida ishlash



Download 268,8 Kb.
bet37/158
Sana23.01.2022
Hajmi268,8 Kb.
#405486
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   158
Bog'liq
9-sinf adabiyot kundalik reja

4.Mustahkamlash;savol va topshiriqlar ustida ishlash.

5. O`quvchilarni baholash 6. Uyga vazifa: g`azal yod olish

O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________

9-sinf adabiyot 25-dars Sana:____________ O`qituvchi:



Mavzu : Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasi

Ta`limiy maqsad: Bobur lirikasi bilan tanishish, g`azal tahlil qilishga o`rgatish.

Tarbiyaviy maqsad; Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini va ifodali o`qish ko`nikmasini rivojlantirish

Dars tipi: yangi bilimlar berish

Dars uslubi: ifodali o`qish,suhbat

Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita

Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash

2. Uy vazifasi tahlili.

3. Yangi mavzu bayoni

Bobur ikki she'riy to'plam - devon tuzgan. Bizgacha shulardan bittasi yetib kelgan. Ikkinchisining taqdiri nomaTum. Hozirda bizning qoTimizda uning to'rt yuzdan ortiq she'ri bor. Shundan ikki yuzdan ortig'i ruboiydir.

Ruboiy sharq she'riyatida keng tarqalgan she'r turlaridan, to'rtlik. Aruzning ma'lum vaznidagina yozilgan. Bobur ruboiylari har jihatdan to'kis, mukammal she'riy asarlardir. Ularda Bobur hayotining manzara- lari aks etadi. Shoir o'z umrining achchiq-chuchuk kunlaridan so'z ochadi.

Mana, ayrim namunalar:

Ko'ngli tilagan murodig'a yetsa kishi Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. Bu ikki ish muyassar boTmasa olamda, Boshini olib bir sorig'a ketsa kishi.

Endi Boburning ushbu ruboiysini yozgan holatini ko'z oldimizga keltiraylik. U 19-20 yoshlarda, g'ayrati dunyoga sig'magan paytlari. Lekin Samarqandni ikki marta olib, ikki marta ham tashlab chiqishga majbur boTdi. Andijon xiyonatchilar qoTiga o'tgan. Ikki-uch yil tog'-u toshlarda sarson-sargardon yurdi. Nihoyat, hammasi joniga tegdi. Va yuqoridagi satrlar qog'ozga tushdi.

Mana, yana bir holati: nihoyat u bir qarorga keldi. Amudaryodan o'tdi-yu bir hamla bilan Kobul va G'azna shaharlarini jangsiz egallab oldi. Lekin butun ko'ngli Amudaryoning bu tomonida, ona-Vatanida. U tirik yursa qaytadi. Shu umid bilan yashaydi. U yozadi:

Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen, Ham mol yigTshtirur laim ermasmen. Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz, Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen.

Qayd - kishan. Beqayd - kishansiz, erkin. Siym - oltin, kumush. Laim - gado. Demak, garehi erkin boTsam-da, oltin-kumush ilinjida yurgan pastkashlardan emasman. Uyma-uy mol yigTshtirib yuradigan gadolardan ham emasman. Bobur endi Kobulda qolib ketdi dersiz, yo'q, unday demang, men uzoq qolmayman, albatta, ona yurtimga qaytaman, demoqehi boTadi shoir.

Mana, yana bir ruboiysi. Bu ham Bobur fojialaridan so'z oehadi. Ya'ni: u yurtiga qaytishga qanehalik urinmasin, unga erisha olmaydi. Minglab odamlarning behuda nobud boTishini istamaydi. KoTığhda ming bir andisha bilan Hindiston sari yuzlanadi. O'zini dunyoda eng baxtsiz odam hisoblaydi. Chunki u ona yurtini tashlab chiqdi. Endi begona ellarda yurt so'ramoqchi, podshohlik qilmoqehi. Bularning hammasi, uningeha - «xatolik» - xato ishlar edi:

Tole' yo'qi jonimg'a balolig' boTdi, Har ishniki ayladim, xatolig' boTdi. O'z yerni qo'yib, Hind sori yuzlandim, Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig' boTdi.

Ruboiyning tili sodda, tushunarli. Endi siz fikrga va uning ifo- dalanishiga e'tibor qiling.


  1. satr: Baxtim yo'qligi jonimga balo boTdi.

O'ylab ko'ramiz: Nega joniga balo? Shuning uchunki, baxtsizlik uni vatanidan ayirdi. Demak, uning baxti - vatanda boTishidir.

  1. satr: Nima ishki qilgan boTsam, xato boTdi. Ular qaysi ishlar va nega xato? Vatanini tashlab ehiqishi - xato. Uning uchun jonini bermagani - xato. Boshqa ellarga bosh olib ketishi - xato.

  2. satr: O'z yerni qo'yib, Hindiston tomonga yuzlandi.

  3. satr: Ey Xudo, nima qilay, qanehalar yuzim qaro boTdi.

Qattiq gunoh qilib qo’ygan, elnmg ıshonchmı oqlamagan ki- shini «yuzi qaro» deydilar. Demak u Hmdıstonga otlanıshmı o'zi uchun gunohi azim hisoblamoqda. Endi bu fikrning ifodasiga, qanday aytilganiga diqqat qilaylik.

Uchinchi satrdagi «yuzlandim» («yuzimni burdim») so'zida «yuz» ishlatilmoqda. U to'rtinchi satrdagi «yuz qarolig'»ni kuchay tiradı, ya'ni o'sha yuzim qora boTdi. «Hind» so'zida ikki ma'no: 1. Hindiston. 2. Qora. Bu so'z ham «yuz qarolig'»ni kuchaytirishga yordam beradi. Ya'ni: yuzim, uni qoraga burganim uchun, qora boTdi.



Shoir ruboiylarida Vatan sogTnchı, ona diyorni qo'm s ash keng o'rin egallaydi. Uning uchun Vatan - sevimli yordir. Vasi - Vatanga yetishmoqdir. Hajr - Vatandan uzoqda boTmoqdir.


Download 268,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish