4.Mustahkamlash;savol va topshiriqlar ustida ishlash.
5. O`quvchilarni baholash 6. Uyga vazifa: asardan parcha o`qib ,savollar tuzish.
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 21-22-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu: 2- Nazorat ishi. Insho va tahlil. “Farhod va Shirin timsollari tahlili”
Ta`limiy maqsad: BKMlarni nazorat qilish
Tarbiyaviy maqsad: Milliyliklik , ma`naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, yozma nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: nazorat ishi
Dars uslubi: yozma ish
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Asar yuzasidan suhbat. 2-nazorat ishi.
Farhod va Shirin» dostoni voqealari Chin xoqonining farzandsizligi va uning so’ngsiz iztiroblari tasviri bilan boshlanadi. Asarda farzandsiz xoqon holati:
Ne chekkay ko’kka boshni tojdore,
Yo’q ersa bir dur andin yodgore
tarzida ifodalanadi. Nihoyat uning iltijolari qabul bo’lib, Tangri unga bir o’g’il hadya etadi. Navoiy bolaning o’sishi, tarbiyasi, ota-bolaning muomala-munosabatiga alohida e’tibor qaratadi. Unga berilgan ism ham shunchaki, tasodifiy emas, chuqur ma’noli, mazmunli. Farhodning tug’ilganidanoq:
Yuzinda ishq asrori yozilg’on,
Ichinda dard ta’vizi(Ta’viz — tumor) qozilg’on.
Farhodning azaldan boshqacharoq ekaniga e’tibor qilish tabiatan bu xildagi o’ychan, jiddiy odamlar qanday g’amdan iztirob chekishlari mumkinligi xususida xulosa chiqarish imkonini beradi. Farhod tug’ma ishq kishisi edi. Tug’ilishdanoq Alloh jamoliga intilib yashashga mahkum shaxslarga bu hayotda ko’p yashash buyurilmagan bo’ladi. Atrofdagi oddiy bandalar kabi nafs istaklari bilan o’rab olinmagan Farhodning o’n yasharligida:
Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm,
Bilib tahqiqini kasb etmagan ilm
darajasiga erishishi ham anglashilarli. Allohning mehri tushgan va umrini unga yetishishga bag’ishlagan zotlarda yuksak qobiliyat bo’lishi aslo tasodifiy emas. Dostonda tez so’nadigan sham yorqinroq nur taratgani singari, dunyodan erta ketishi peshonasiga yozilgan daho ham shoshilib yashashi ifodalangan. O’smir yoshida yigirma yashar odamning jussasi, kuchi va aqliga ega bo’lgan Farhodni avji yigitlikda g’am-alam o’z bag’riga olgani tasviri juda ta’sirli yo’sinda berilgan:
Asiri dard ichi-yu toshi oning,
Ki, to o’n to’rt bo’ldi yoshi oning.
Ayni sho’xlik qilib, hayot lazzatlaridan bahramand bo’ladigan yoshdagi o’smir g’amginligining sabablari haqida o’ylab ko’rish kerak. Chunki o’ylay boshlagan, o’zicha xulosa chiqaradigan odamgina ulg’ayadi. Aksincha bo’lsa, kishi qirq yoshida ham balog’atga yetmay yuraverishi mumkin. Asarda Farhodning cheksiz jismoniy qudrat, tengsiz ijodiy iste’dod egasigina emas, balki yuksak ma’naviyat sohibi ham ekani tasvirlangan. Undagi bu sifatlar bir-biri bilan bog’liqdir. Chunki Yaratgan jamoliga yetishish yo’lidagi komillik manzillaridan o’tish odamni har jihatdan yuksaltiradi. Farhod boshdanoq ana shu yo’lga talabgor bo’lgan yo’lovchi edi. Asardagi:
Demonkim, ko’ngli poku ham ko’zi pok,
Tili poku, so’zi poku, o’zi pok
satrlaridan yigitning ichki olamini bir qadar anglash mumkin.
Farhod rangining siniqib, g’amgin tortib borayotganligi atrofdagilarni hayron qoldiradi, xoqonni tashvishga soladi. Farhodning ko’nglini ochish uchun yilning to’rt fasliga moslab to’rt qasr quradigan bo’ladilar. Shu asnoda Farhod Qorandan tosh yo’nish, Boniydan me’morlik, Moniydan naqqoshlik sirlarini o’rganadi. Qasrlar bitadi. Har fasliga mos shohona bazmlar boshlanadi, biroq Farhodda o’zgarish bo’lmaydi. Ota so’nggi chorani ishga solib, o’g’liga taxtni bermoqchi bo’ladi. Alisher Navoiy dostonning shu o’rnida davri uchun o’ta muhim bo’lgan toj-taxt talashuvlari muammosiga o’ziga xos yo’sinda munosabat bildiradi. Tetik va soppa-sog’ shohning taxtni o’g’liga bermoqchiligi, o’g’ilning esa uni rad etishi faqat asar sujeti talabi bilan obrazlarning tabiatini ochish yo’ligina emas, balki Husayn Boyqaro bilan uning farzandlarini tarbiyalash vositasi ham edi. Navoiyga masalaning mana shu tarbiyaviy tomoni ham muhim. Buyuk shoir shoh bilan shahzoda munosabatlari ota-o’g’ilning bir-birlari oldilaridagi burchlari asosiga qurilmog’i kerak, deb hisoblaydi va xoqon bilan Farhod munosabatlarini zamondoshlariga o’rnak qilib ko’rsatmoqchi bo’ladi. Ota va bolaning ushbu masala atrofidagi o’zaro savol-javoblari dostonning eng maroqli sahifalaridandir.Ota nimaiki tilagan bo’lsa, Alloh hammasini berganini, mamlakati farovon, boyliklari haddi hisobsizligini, yoshi ham ellikdan oshib, oltmishga yaqinlashayotganini, kuch-quvvati asta-sekin ketayotganini aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |