9-sinf adabiyot 1-dars Sana: O`qituvchi: Mavzu: ruhiy kamolot vositasi


O`quvchilarni baholash 6. Uyga vazifa: asardan parcha o`qib ,savollar tuzish



Download 268,8 Kb.
bet32/158
Sana23.01.2022
Hajmi268,8 Kb.
#405486
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   158
Bog'liq
9-sinf adabiyot kundalik reja

5. O`quvchilarni baholash 6. Uyga vazifa: asardan parcha o`qib ,savollar tuzish.

O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 20-dars Sana:____________ O`qituvchi:

Mavzu ; Nazariy ma`lumot. Komil inson
Ta`limiy maqsad: Nazariy ma`lumot berish

Tarbiyaviy maqsad: Komil inson ruhida tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish

Dars uslubi: suhbat, savol-javob, aqliy hujum texnologiyasi

Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita

Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash

2. Uy vazifasi tahlili.

3. Yangi mavzu bayoni

Tasavvuf - musulmon olamida keng tarqalgan islom diniga asoslanuvchi buyuk ta’limot. Tasavvuf orqali insoniyat Islom dinining ichki va tashqi go’zalligini, uning buyuk insonparvarlik mohiyatini anglab yetdi. Tasavvufning maqsadi insonni ruhiy, ma’naviy jihatdan poklash, ya’ni komil insonni tarbiyalashdir. Qalb pokligiga erishgan, yuksak ma’naviyatli, barkamol shaxs komil insondir. Aksariyat adabiyotlarda komil inson ruhiy poklangan inson tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Demak, ruhni poklash g’oyat muhim. Poklanishning yo’li esa bitta, u nafsni yengishdir.

Nafs deganda yemoqlik, ichmoqlik, kiymoqlikdan tashqari yana johillik, ilmsizlik, manmanlik, kibru-havo, dunyoparastlik, zulm, o’g’rilik, tanballik, g’urur, tama’, ko’rolmaslik, baxillik, mansabparastlik, shahvat, ko’ngli torlik, g’azab, umuman, inson ruhini, qalbini bulg’aydigan, uni Ollohdan uzoqlashtiradigan barcha illatlar yig’indisi tushuniladi.

Qur’oni karimning bir qator oyatlarida ochiq yoki ishora bilan nafsni jilovlash, yengish lozimligi mazmunida hukmlar bor. Shuningdek, payg’ambar Muhammad alayhissalomning hadislarida ham bu borada ko’rsatmalar talaygina. Misol tariqasida Hazrati Aliga aytgan ushbu nasihati (hadisi)ni keltirish mumkin: «Yo Ali, valoyat (avliyolik) maqomiga yetishgan zotlar ko’p-ko’p ibodat qilganlaridan emas, o’z nafslarini yengganliklaridan bunday ulug’ darajaga erishganlar». Nafs insonning juda qudratli, xavfli dushmani. Unga tobe inson ma’naviy va jismoniy tubanlikka, halokatga mahkum. Shuning uchun Navoiy «Nafs itin qilsang zabun olamda yo’q sendek shujo» deb yozsa, «Qisasi Rabg’uziy»da bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmaydi deb ta’kidlanadi. «Farhod va Shirin» dostonidagi Farhod olishib yenggan ajdaho, Axraman dev, temir odam shunchaki xayoliy, afsonaviy obrazlar emas, balki Farhodning ichki olamidagi nafsoniy istak, shaytoniy intilishlarning ramziy timsollaridir. Farhodning oshiqligi uni bu nafs lashkari bilan kurashga otlantirdi, ishq unga kuch, sabot va iroda ato etdi. Ko’rinadiki, nafsni yen­gish quroli - bu ISHQ ekan.

Tasavvufda ishq deganda faqat mehr, sevgi kabi tuyg’ulargina emas, ulardan tashqari yana iroda, sabot, ilm, ibodat, oqillik, xokisorlik, sabr, qanoat, g’ayrat, kamtarinlik, adolat, saxiylik, halimlik, mardlik, hayo, pokizalik, shirinso’zlik, shafqat, umuman inson qalbini, ruhini poklashga xizmat qiladigan, uni Ollohga yaqinlashtiradigan barcha ezguliklar, pokliklar yig’indisi tushuniladi. Ishqning o’rni ko’ngilda bo’ladi. Ko’ngil ishq tufayli poklanadi. Ko’ngil poklansa, ishq yanada o’tli, nurli bo’ladi, ilohiy mohiyat kasb etadi. Tasavvufga ko’ra ko’ngilni poklash ham bir ilmdir. Ilm esa ustozlardan o’rganiladi. Farhodning ustozlaridan kasb o’rganishini eslang. Ular shunchaki hunarmand ustalar obrazi emasdi. Boniy — ko’ngilga ishq binosini qurgan va qurishni o’rgatgan piri komil. Moniy — Olloh ishqini qalbga naqshlash sirlarini anglatgan ustoz. Qoran - ko’ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid. Shular kabi yana Suhaylo, Suqrotdek ulug’lardan ishq sirlarini, poklanish ilmini o’zlashtirgan insongina hayotlik davrida o’z botinida dev, ajdaho, arslondek bo’lgan nafsoniy illatlarni yenga biladi, kundalik hayotda duch keladigan o’z nafsiga qul Xusrav, Sheruya kabi odam qiyofasidagi shaytonlarga bas kela oladi. Bir so’z bilan aytganda, u insoniy o’zligini yo’qotmay, poklanish yo’lida davom etadi. Poklanishga erishgan komil inson ayni paytda yuksak axloq va odob timsoliga aylanadi. Shu ma’noda Farhod o’zbek adabiyotida mukammal yaratilgan komil inson obrazidir.




Download 268,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish