9- MAVZU:
Molyuskalar va ninatanlilar tiplari. Harakteristikasi va klasifikatsiyasi.
Molyuska va ninatanlilarning umumiy harakteristikasi va klasifikatsiyasi, ularning muhim vakillari, tabiatda tutgan o’rni va ahamiyati. Chig`anoqli va chig`anoqsiz molyuskalarning farqlari.
1.Mollyuskalar tipining asosiy xususiyatlari
2. Ignaterililar tipining xususiyatlari
3. Eleuterozoylar kenja tipi
4. Dengiz yulduzlari sinfi
5. Dengiz yulduzlari sinfi tuzilishi yashash tarzi
Tayanch so`z va iboralar:
Ignaterililar, ambulakral epistom, ambulakral oyoqchalar polipid, sistid, lofofora gomonom, kembriy, bentoz, pedipalpa, nauplius lichinkalar, mozaik, fasetkali, metatnefridiy, periferik, radiuslar.
Mollyuskalar xilma-xil tuzilgan eng qadimgi hayvonlar guruhi hisoblanadi. Ular quyidagi xususiyatlari bilan boshqa hayvonlardan ajralib turadi.
Ko`pchilik mollyuskalar bilaterial simmetriyali hayvonlar. Biroq bir qancha turlarida organlarining joylanishi o`zgarib, tana simmetriyasi ikkilamchi buzilib assimetrik shaklga kiradi. Ko`pchilik mollyuskalarning tanasi bo`g`imlarga bo`linmagan. Faqat tuban tuzilgan mollyuskalarda meta- merlik tuzilishga xos bo`lgan belgilami ko`rish mumkin. Tanasi bosh, gavda va oyoq deb ataladigan uch bo`limdan iborat. Faqat ikki tavaqali mollyuskalarda bosh bo`limi bo`lmaydi. Harakatlanish organi qorin devori- dan hosil bo`lgan yagonao`simtadan iborat.
Mollyuskalar ikkilamchi tana bo`shliqli hayvonlar bo`lib, selom qoldig`i yurakoldi xaltasi (perikardiy) vajinsiy bezlari bo`shlig`idan iborat. Ichki organlari oralig`ini esa biriktiruvchi to`qima to`Idirib turadi. Mollyuskalar tanasining asosi mantiya deb ataladigan teri burmasi bilan o`ralgan. Mantiyasi bilan tanasi oraligida mantiya bo`shlig`i hosil bo`ladi. Bu bo`shliqda jabralar va ayrim sezgi organlari joylashgan. Ayirish, orqa chiqaruv va jinsiy bezlarning teshigi ham ana shu bo`shliqqa ochiladi.
Tanasining orqa tomonida mantiyadan hosil bo`lgan chig`anog`i joylashgan; chig`anoq tanani himoya qilib turadi. Bir qancha mollyuskalarning chig`anog`i tarixiy taraqqiyot davomidayo`qolib ketgan.
Qon aylanish sistemasi ochiq bo`lib, qoni tomirlar orqali oqishi bilan birga lakunlar va sinuslar deb ataladigan naylar orqali ham oqib o`tadi. Yuragi qorincha va bo`lmacha deb ataladigan ikki yoki undan ko`proq kameralarga bo`linadi. Nafas olish organlari odatda ktenidiy deb ataladigan jabralardan iborat. Faqat quruqlikda hayot kechiradigan va bir qancha chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalari o`pka orqali nafas oladi. Ayirish organi halqali chuvalchanglarning metanefridiylariga o`xshash tuzilgan bir juft naysimon buyrakdan iborat. Buyragi yurakoldi xaltasidan boshlanib, chiqarish sifoni deb ataladigan mantiya bo`shlig`iga ochiladi. Nerv sistemasi tanasining har xil qismida tarqoq joylashgan nerv tugunlaridan iborat. Faqat tuban tuzilgan mollyuskalarning nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi hamda tana bo`ylab yo`nalgan nerv tolalaridan iborat bo`ladi.
Dengizda hayot kechiradigan mollyuskalarning lichinkalari troxofora yoki troxoforaga o`xshash yelkanli lichinka - veligerdan iborat.
Mollyuskalar tipiga xilma-xil tuzilgan 150000 ga yaqin tur kiradi. Ko`pchilik mollyuskalar dengizlarda va chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Ular orasida quruqlikda yashaydigan turlari ham ko`p. Bu tip yonbosh nervlilar va chig`anoqlilar kenja tipiga ajratiladi.
Tanasi chig`anoq ichida joylashgan. Chig`anog`i yaxlit yoki ikki tavaqali bo`ladi. Nerv sistemasi tarqoq tugun tipida tuzilgan. Yon nerv stvollari orqa ichakdan keyinroqda tutashgan bo`ladi. Ko`zlari va paypaslagichiari boshida joylashgan. Muvozanat saqlash organlari rivojlangan.
Chig`anoqlilar monoplakoforalar, qorinoyoqlilar, kurakoyoqlilar, plas- tinkajabralilar vaboshoyoqlilar sinflariga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |