9- mavzu: Molyuskalar va ninatanlilar tiplari. Harakteristikasi va klasifikatsiyasi. Molyuska va ninatanlilarning umumiy harakteristikasi va klasifikatsiyasi, ularning muhim vakillari, tabiatda tutgan o’rni va ahamiyati



Download 438 Kb.
bet3/7
Sana23.07.2022
Hajmi438 Kb.
#840690
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-maruza. Molyuskalar va ninatanlilar tiplari

Qon aylanish sistemasi -yurak va qon tomirlaridan iborat. Yuragi tanasining orqa tomonida, yurakoldi xaltasi (perikardiy)da joylashgan. Odatda yuragi bitta qorinchadan va ikkita bo`lrnachadan iborat. Yurak bo`lmachalari soni jabralar soniga mos keladi. Ayrim tuban ikkipallalilar, masalan, Area urug`i turiarining yuragi ikkita bo`ladi. Boshqa ikkipallali- larda yurak embrional rivojlanishda dastlab ikkita bo`ladi; keyinchalik bu ikkala yurak keyingi ichakni o`rab olib qo`shilib ketadi vayagona yurakni hosil qiladi. Shuning uchun ham keyingi ichak go`yo yurak qorinchasini teshib o`tgandek bo`lib ko`rinadi.
Yurak qorinchasidan ikkita yirik oldingi va keyingi aortachiqadi. Old­ingi aorta ichak ustida joylashgan; undan qon ichki organlar, oyoq va mantiyaning oldingi qismiga boradi. Keyingi aorta ichakning ostki tomonida joylashgan bo`lib, ikkita orqa mantiya arteriyalariga ajraladi. Qon arteriy- alardan biriktimvchi to`qimalardagi lakunlarga, u yerdan esa perikardiy ostidajoylashgan venoz lakunlariga o`tadi. Lakunlardan qon jabra tomirlari- ga keladi; u yerdan jabra kapillyarlariga o`tib oksidlangach, jabralardan qaytadigan tomirlar orqali yurak bo`lmalariga quyiladi.
Ayirish sistemasi. Plastinkajabralilarning ayirish sistemasi metane- fridiyga o`xshash tuzilgan. Bir juft buyraklar tanasining keyingi ikki yon­ida joylashgan. Ular keng naysimon xaltachalardan iborat bo`lib, nayning bir uchi perikardiyga, ikkinchisi -mantiyabo`shlig`iga ochiladi. Ayirishda perikardiy ham ishtirok etadi. Uning devorida perikardial bezlar bo`ladi. Bu bezlar ba`zan perikardiydan ikkita xalta shaklida ajralib chiqqan kiberov organini hosil qiladi. Bu organ perikardiy bilan teshik orqali bog`langan. Bezlar ishlab chiqargan moddalar dastlab perikardiyga, undan buyrak orqali tashqi muhitga chiqariladi.
Nerv sistemasi. Plastinkajabralilarning faqat 3 juft nerv gangliylari bor. Ular serebroplevral gangliylar qizilo`ngach ustida, pedal gangliylar- oyog`ida, uchinchisi - visseropariyetal gangliylar tanasining keyingi qismida chig`anoq muskuli ostida joylashgan. Gangliylar-komissuralar orqali bir- biri bilan bog`langan. Nerv tugunlari ichki organlar, osfradiylar va jabralarni innervatsiya qiladi. Serebroplevral nerv gangliylari serebral va plevral nerv gangliylarining qo`shilishi natijasida kelib chiqqan. Tuban ikkipallali­lar (Protobranchia) da serebral va plevral nervlar qo`shilmagan bo`ladi.

Download 438 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish