Mavzu: Hasharotlar Suhbat Hasharotlarning yashash tarzi



Download 0,85 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi0,85 Mb.
#252665
Bog'liq
Sabaq


Nutqimiz to`g`ri va ravon bo`lsin

MAVZU: Hasharotlar
Suhbat 
Hasharotlarning yashash tarzi: oziqlanishi, tuzilishi (boshi, mo‘ylovi, qanoti, oyog‘i), uyi (kavak, in), ularning zarari va foydasi.



Leksiko-grammatik o‘yin va mashqlar.
• “So‘z tanlash”. Hasharot so‘ziga mos fe’l va sifatlarni topish: sudraladi, o’rmalaydi, uchadi, chaqadi, chirillaydi, g‘o‘ng‘illaydi, zararkunanda, mehnatkash, foydali.













• “Nima qanday harakatlanadi?” Taqqoslash yordamida murakkab ma’noli gaplar tuzish.


Chumoli o‘rmalaydi, kapalak esa…; Xonqizi uchadi, shilliqqurt esa…; Suvarak o‘rmalaydi, ninachi esa…; Qo‘ng‘iz o‘rmalaydi, chigirtka esa…; Ari uchadi, o‘rgimchak esa…; Chigirtka sakraydi, chivin esa…; Chigirtka chirillaydi, pashsha esa…







• “To‘rtinchisi ortiqcha”. Murakkab gaplarda chunki bog‘lovchisini qo‘llash.


Devorga to‘rtta rasm osilgan: qarg‘a, qaldirg‘och, ari, musicha. Bolalar gap tuzadi: “Ari ortiqcha, chunki u hasharot”.





«Gulda nechta hasharot o‘tiribdi?» Ot bilan sanoq sonini moslashtirish. Mantiqiy fikrlash va diqqat-e’tiborni rivojlantirish. Har bir bolaga qandaydir hasharot tasvirlangan rasm tarqatiladi. Logoped biror sonni (2 dan 5 gacha) va rangli kartochkani ko‘rsatadi. Bola (agar bu mantiqqa to‘g‘ri kelsa) gap tuzishi kerak: “Gulda uchta qora chumoli yuribdi” yoki “Gulda beshta yashil chigirtka o‘tiribdi”.





Bog‘langan nutqni rivojlantirish
• Tarbiyalanuvchilar tomonidan tuzilgan “Kapalak qanday uchdi?” hikoyasida –ga, -da, -dan, -gan qo‘shimchalaridan hamda tagida, tagidan, tagiga ko‘makchilaridan foydalanishni o‘rganish.
Rasmlar: kapalak, gul, tol, buta, qo‘ziqorin, in, archa, barg, zamburug‘.
“Kapalak uchib keldi va gul ustiga qo‘ndi. Gulni hidlab, barglar tagidan uchib o‘tdi va gullagan daraxt shoxi tagiga qo‘ndi. U yerda biroz dam olib, shox tagidan uchib ketdi. Endi u uchib borib, sharsharaning tagidan o‘tdi va tosh ustiga qo‘ndi. Atrofda chiroyli gullar ko‘p edi. Kapalak barcha gullarning tagidan uchib o‘tib, har birini hidlab ko‘rdi. Kech kirdi. Kapalak charchadi, o‘z uyasini topdi va uyquga ketdi”.











Logoped bolalarga hikoyani takror aytib berishni taklif etadi.


Jismoniy daqiqa – logoritmika
• “So‘zlar bilan o‘ynaymiz” nutqiy harakatli o‘yini.
So‘zlar bilan o‘ynaymiz biz,
Uzaytirishimizni ko‘ring siz:
Ni-na-chi, chi-chi-chi (6 ta chapak), 
Chu-mo-li, li-li-li.
Ka-pa-lak, lak-lak (5 ta chapak),
Chi-ril-doq, doq-doq.
“E” tovushi artikulyatsiyasi va talaffuzini aniqlashtirish. 
“E” harfi 
• Tovushning tavsifi (unli – cho‘zib aytiladi).
• “Teskarisini ayt”: pe-pe, be-be, ke-ke, me-me, le-le, ge-ge, xe-xe, te-te

• “Tovush o‘g‘risi”.


Tovush o‘g‘risi keldi va so‘zlardagi tovushlardan o‘g‘irladi. O‘g‘irlangan tovushni topib so‘zlarni ayting: …kinzor, …sdalik, …rtak, a…roport, …lak, …lchi, …kran, …stetika, …strada, …rkatoy, …rinchoq, …gizak, …shkak.

• “Tovushlarni jamla”: [e], [sh], [i], [k]; [e], [r], [t], [a], [k]; [e], [l], [a], [k]; [e],[ch], [k], [i]; [e], [t], [i], [k].

• “Tasmani bo‘laklarga ajrat”. Bolalarga qalam va qog‘ozdan qirqilgan tasma beriladi. Logoped navbat bilan har bir bolaning oldiga keladi va uning qulog‘iga pichirlab so‘z aytadi (“Tovush o‘g‘risi” mashqidan olingan so‘zlar). Bu so‘zda qancha bo‘g‘in bo‘lsa, bola qo‘lidagi tasmani qalam bilan shuncha bo‘lakka bo‘lishi kerak.

• “Sen rasmni top va gap tuz”. Nomlanishida “e” tovushi mavjud bo‘lgan va bo‘lmagan rasmlar xonaning turli joylariga yoyib qo‘yilgan. Bolalar kerakli rasmni topib, gap tuzadi.



• “Bo‘g‘inlarni jamlab so‘z top”. O‘yin maydonchasida har xil bo‘g‘inlar yozilgan kartochkalar qo‘yilgan. Bolalar ulardan so‘z yig‘ishi kerak: -paj, -ki, -e (ekipaj); -kin, -e, -zor (ekinzor); -ka, -toy, -er (erkatoy); -es, -lik, -da (esdalik); -chi, -el, -na, -xo (elchixona); -kak, -esh (eshkak).


paj ki e kin e zor ka toy er

es lik da chi el na xo kak esh

• “E” harfi bilan tanishtirish: konturi bo‘yicha chizish, uni partada barmoq bilan yozish, alfavitdan qidirib topish.

L o g o p e d. “E” harfi qayerga “qarab” turibdi? (o‘ngga)





• “So‘zlarni o‘qish”: ekipaj, eskimo, ekskavator, eshak, eshik, aeroport, estrada, etak, echkemar, esdalik, Ergash, E’tibor.
Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish