8-mavzu Nutq (4 soat). Reja. Nutq to‘g‘risida umumiy tushuncha



Download 90,95 Kb.
bet8/19
Sana20.06.2022
Hajmi90,95 Kb.
#684953
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Нутқ

nutq turlari.
Nutq, o‘zining tashqi ifodalanish usuliga qarab og‘zaki va yozma nutqqa ajralib qolmasdan shu bilan birga, qanday vazifani bajarishiga va sintaktik tuzilishining xususiyatlariga qarab ham bir-biridan farq qiladi. Nutq o‘zining bajaradigan vazifasiga qarab, ichki va tashqi nutqqa bo‘linadi.
Ichki nutq
Ichki nutq shunday bir nutqdirki, uning yordami bilan fikrlar boshqa odamlarga ma’lum qilinmasdan oldin ichda ifodalanadi. Ichki nutqning o‘z xususiyatlari bor. Bu nutq, ko‘pincha tovushlar ovoz chiqarib aytmaydigan nutqdir, bu nutq odam «o‘z ichida gapiradigan» nutqdir. Ba’zan ichki nutq «tashqariga» chiqadi ya’ni tovushlar ovoz chiqarib aytiladi. Biror nimani fikr qilayotgan odam qandaydir qiyinchilikka uchrab qolganida, shuningdek, hissiyoti qattiq qo‘zg‘alish natijasida hayajonlanib ketganida yoki o‘zining oldida boshqa odamlar bo‘lmagan vaziyatda u, o‘zi sezmagan holda, «ovoz chiqarib o‘ylaydi» – ovoz chiqarib o‘z-o‘zi bilan gaplasha boshlaydi. Odam yakka qolib, o‘z ichida o‘ylab o‘tirganida ko‘pincha imo-ishora va mimikadan ham foydalanadi. Kichkina bolalar ko‘pincha «ovoz chiqarib o‘ylaydilar», gaplashib va harakat qilib turib fikr qiladilar. Forma jihatidan ichki nutq ko‘proq monolog tarzida sodir bo‘ladi, ichki nutqni odamning o‘z-o‘zi bilan va o‘zicha gaplashuvi deyish mumkin. Lekin ba’zan ichki dialog shaklida, xayoldagi suhbatdosh bilan gaplashish yoki munozara qilish tarzida ham sodir bo‘ladi. Sintaksis tuzilishi jihatidan ko‘pincha ichki nutq qisqartirilgan, bo‘lak-bo‘lak gaplardan iborat bo‘ladi. Ichki nutqda gapning faqat ayrim bo‘laklarigina, asosan ega birmuncha aniq qilib ifodalanadi («ichdan, o‘z-o‘ziga» aytiladi). Ichki nutq ovoz chiqarib «aytib yuborilganida» ham o‘zining shu xususiyatini saqlab qoladi. Masalan, poezddan kechga qolgan passajir vokzalga yaqinlasha turib soatga qaraydi va shu onning o‘zidayoq, o‘ziga kerakli poezdning ketgan yoki ketmaganligini o‘zicha hal qilib, o‘z fikrini ovoz chiqarib aytilgan «Eh, ketib qolibdi-ya!» degan so‘z bilan ifodalab yuboradi. Bunda faqat kesimning o‘zigina ifodalanadi. Lekin shu kishining ichki nutqida (ichida, o‘z-o‘zicha nutqida), albatta, gapning bo‘laklari, boshqa so‘zlar ham bo‘ladi, faqat gapning shu bo‘laklari unchalik shakllanmagan bo‘ladi, shu sababli, gapning shakllanmagan shu bo‘laklari darhol tashqariga chiqmaydi, eshittirilib aytila qolmaydi. Bu holda faqat birgina kesim bilan aytilgan fikr poezdga xuddi shu kishidek shoshilib kelayotgan va mana shunday shubhaga tushib qolgan boshqa kishilargagina tushunarli bo‘ladi. Ichki nutqning to‘liq bo‘lmasligiga, bo‘lak-bo‘lak bo‘lishiga sabab shuki, tafakkur ob’ekti va shu tafakkur sodir bo‘layotgan vaziyat fikr qiluvchi kishining o‘ziga ravshandir va to‘liq gap bilan qayd qilinishini talab etmaydi. Nutq ta­fakkur ob’ektida tasdiqlanadigan yoki inkor qilinadigan narsa ustidagina to‘xtaladi. Ichki nutq, odatda, ixtiyorsiz ravishda o‘tadi. Bunda ta­fakkur jarayonlarining o‘zi ixtiyoriy ravishda, ma’lum kuch sarflash yo‘li bilan ham borishi mumkin. Lekin ixtiyoriy tafakkur jarayonining borishiga yordam bergan ichki nutq ixtiyorsiz ravishda o‘z-o‘zicha maydonga chiqadi deyish mumkin. Ichki nutq dialog shaklida sodir bo‘lgan hollardagina ixtiyoriylik momentlari paydo bo‘ladi. Bunday hollarda ichki nutq o‘zining sintaksis tuzilishi jihatidan ham tashqi nutq tuzilishiga yaqinlashib qoladi. Ichki nutqning xarakterli belgisi shuki, bunda tavushlarining artikulyatsiyasi ko‘zga ko‘rinmaydi, I. M. Seche­nov buni quyidagicha tasvirlaydi: «Men fikr qilayotganimda juda ko‘p vaqt og‘zimni ochmay va yopib turib, gapira beraman, ya’ni og‘iz bo‘shlig‘idagi til muskullari harakat qilaveradi. Biror fikrni, asosan boshqalarga o‘qtirmoqchi bo‘lib, ifodalashga uringan hollarning hammasida esa shu fikrni albatta pichirlab takrorlab turaman»1. (Izbrannыe filosofskie i psixologicheskie proizvedeniya, Gospolitizdat, 1947, 142-bet).
Ichki nutqning ko‘zga ko‘rinmaydigan mana shunday artikulyatsiyasi borligi hozirgi vaqtda eksperimental yo‘l bilan isbotlangan.

Download 90,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish