8-mavzu Nutq (4 soat). Reja. Nutq to‘g‘risida umumiy tushuncha



Download 90,95 Kb.
bet1/19
Sana20.06.2022
Hajmi90,95 Kb.
#684953
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Нутқ


8-mavzu Nutq (4 soat).
Reja.
1.Nutq to‘g‘risida umumiy tushuncha.
2.Nutqning xususiy funksiyalari.
3 Nutq – ta’sir ko‘rsatish vositasi.
4.Til va nutqning tuzilishi.
5.Nutqning anatomik-fiziologik asoslari.
6.Nutq va tafakkur.
7. Nutq turlari

Nutq to‘g‘risida umumiy tushuncha.
Nutq – odamlar til orqali bir-biri bilan muomala va aloqa qilishning alohida usulidir. Odam o‘z nutqi yordami bilan o‘zining bilimlari, fikrlari, hislari va istaklarini boshqa kishilarga aytib bera oladi va boshqa kishilarning fikrlarini o‘zlashtirib oladi, boshqa kishilarning hislari va istaklarini bilib oladi. Odamlar o‘zlarining faoliyatlari va kundalik hayotlarida bir-birlari bilan shu tarzda aloqa qilib turadilar. Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash jarayonida har bir kishi bilimlarning ko‘p qismini boshqa kishilardan oladi. Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash odamning doimiy ehtiyoji bo‘lib, bu aloqa fikr olishuvga xizmat qiladi. Odam boshqa kishilar bilan nutq orqali muomala qilmay yashay olmaydi. Odam yakka o‘zi qolganida, ko‘pincha, xayolidagi suhbatdoshlar bilan «o‘z ichida» gaplashadi. Odam o‘ziga notanish bo‘lgan bir yoki bir necha kishi o‘rtasiga tushib qolsa, unda nimalarnidir aytish yoki shu kishilardan nimalarnidir eshitish ehtiyoji albatta paydo bo‘ladi. Bu ehtiyoj qondirilmay qolsa, odamni ma’yus qiladigan «o‘ng‘aysizlik» hissi tug‘iladi. Odamning «aytadigan hech bir gapi» bo‘lmagan taqdirda ham shunday ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bunday hollarda u «nima qilishini» bilmay qoladi. Bunday hollarda unda «nimani gapirsam ekan?», «nimadan gap boshlasam ekan», «qanday gap boshlasam ekan!» deb gap mavzuini qidirish boshlanadi. Uchinchi bobda aytilganidek, nutq, tarixiy taraqqiyot jarayonida, ong bilan baravar, insonlarda til vositasi bilan aloqa bog‘lash, bir-birlariga biron narsa aytish ehtiyoji tug‘ilishi natijasida paydo bo‘lgan. Kishi nutqi mehnat jarayonida o‘sib borgan. Har bir kishining nutqi bolalik chog‘idan boshlab o‘sib boradi, buning sababi ham boshqa kishilar bilan aloqada bo‘lish ehtiyojidir.
Nutq to‘g‘risida, shu bilan birga til to‘g‘risida gapirganimizda quyidagilarga e’tibor bernshimiz kerak.
«Nutq» va «til» degan terminlar ko‘pincha bir xil ma’noda ishlatiladi. Ammo bu terminlarning ma’nosini bir-biriga aralashtirib yuborish yaramaydi. Garchi nutq bilan til bir-biriga chambarchas bog‘langan bo‘lsa ham, lekin ularning ikkovi bitta narsa emas. Biz biror kishiga: «Siz qaysi tilda (yoki tillarda) gaplashasiz?» deb savol berganimizda, biz shu kishining nutqi, gapi bilan uning o‘z nutqida qanday til (yoki tillar)dan foydalanishini aniq farq qilamiz. Har bir kishining yoshiga, bilimiga, umumiy izlanish saviyasiga qarab, uning nutqi o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘ladi. Ayrim kishilar kasbining xususiyatlari, shu kishilarning nimalarga qiziqishi, mijozi va shu kabi xususiyatlari ularniig nutqlarida namoyon bo‘ladi. Har bir kishi bir yoki bir necha tildan foydalanib, o‘zicha gapiradi. har bir kishining o‘z nutqi bor. Odam ongining alohida funksiyasi bo‘lgan nutq psixolo­giya fani tomonidan o‘rganiladi. Til esa ijtimoiy hodisadir. Til ayrim kishida mustaqil ravishda mavjuddir. Tilning ijodkori esa xalqning o‘zidir, tarixan tarkib topgan millatning o‘zidir. Rus tili, o‘zbek tili, xitoy tili, nemis tili va hokazo deganimizda, biz mana shu ma’noda gapiramiz. Har bir avlod o‘zidan oldin o‘tgan avlodlar ishlab chiqqan tilga duch keladi va shu tilni egallab oladi, ya’ni o‘zining nutq orqali qiladigan muomalasida shu tildan foydalanadi. Nutq bilan til bir-biridan farq qiladi, lekin ayni vaqtda ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi; nutq ham, til ham bir-biriga bog‘langan, ular birlikda mavjuddir. Bu birlik shundan iboratki, har bir til tarixiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash jarayonida vujudga kelgan va o‘sib borgan. Har bir tilning yashab turishi kishilarning shu tilda gaplashuvlariga bog‘liq. Agar odamlar biror tilda gaplashmay qo‘ysalar bu til ham yo‘q bo‘lib ketadi: u «o‘lik til» bo‘lib qoladi. Biz «o‘lik» tillar borligini shu til aks ettirilgan yozma yodgorliklardan bilamiz. Masalan, qadimgi grek (yunon), lotin tillari mana shunday «o‘lik» tillardir. Til bilan nutqning birligi yana shundan ham namoyon bo‘ladiki, har bir kishi o‘z nutqida biror tildan foydalana­di, ba’zilari esa bir necha tildan foydalanadilar. Gapirish va boshqa odamlarning nutqini tushunish uchun til bilish, shu til sistemasini bilish, shu tilning tuzilishini bilib olish kerak.
Nutqning xususiy funksiyalari.
Odamlarning o‘zaro aloqalarida ularning nutqlari turli ma’nolarda yoki funksiyalarda namoyon bo‘ladi.Nutqning asosiy vazifasi, demak, uning asosiy funksiyasi – odamlarning bir-birlari bilan aloqa qilish vositasi bo‘lishdir.Bu aloqa asosan odamlarning o‘z fikrlarini bir-birla­riga aytishlaridan iborat bo‘ladi. Aloqa jarayonida fikrlar nutq yordamida shakllanadi, ifodalanadi, aytiladi va tushunib olinadi. Og‘zaki yoki yozma nutqda ifodalab berilgan fikrlar shu fikrlarni aytuvchi kishi uchun ham ravshanroq bo‘lib qoladi. Shunday qilib, nutq aloqa jarayonida tafakkur quroli bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga mana shu aloqa jarayonida nutq ifoda­lash vositasi bo‘lib, biror nima bildirish vositasi bo‘lib, ta’sir o‘tkazish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.

Download 90,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish