8-mavzu Nutq (4 soat). Reja. Nutq to‘g‘risida umumiy tushuncha



Download 90,95 Kb.
bet9/19
Sana20.06.2022
Hajmi90,95 Kb.
#684953
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Нутқ

Tashqi nutq.
Tashqi nutq boshqa odamlar bilan aloqa qilishimizda foydalaniladigan nutqdir.Bu nutq biron kishiga qaratilgan, biron nimani habar qiladigan nutqdir. Tashqi nutqning o‘zi ham og‘zaki va yozma nutqqa bo‘linadi.
Og‘zaki nutq.
Og‘zaki nutq – boshqa kishilar bilan bevosita qilayotgan aloqamizda foydalanilayotgan nutqdir. Bu nutq odatdagi gaplashuv nutqidir. Bu nutq hamisha boshqa kishilarning eshitish organlari yordami bilan idrok qilishlari uchun mo‘ljallangan «tovushli» nuqtadir. Shu sababli, odatda, og‘zaki nutq ovoz bilan va (ba’zan) shivirlab aytiladi. Og‘zaki nutq vaqtida, odatda, gapirayotgan kishi bu nutqni mimika, imo-ishoralar bilan ishlatadi. Ozaki nutqning xarakterli xususiyati shuki, bu nutq suhbatdoshlar o‘rtasida bo‘ladi. Suhbatdoshning yoki suhbatdoshlarning bunday ishtirok qilishi ularning gapirayotgan ki­shining nutqiga diqqat qilib turishi, savollar berib turishi, so‘z tashlab turishidan iborat bo‘ladi; suhbatdoshlar ga­pirayotgan kishining fikriga e’tiroz bildiradilar, yoki bu fikrga o‘zlarining rozi bo‘lganliklarini izhor qiladilar, yohud shu fikrni kengaytiradilar. Suhbatdoshlarning og‘zaki nutqda qatnashishlari qay xarakterda va qay darajada bo‘lishiga qarab, og‘zaki nutq ikki shaklga bo‘linadi. Bularning biri dialog nutq (dialog) va ikkinchisi monolog nutq - (monolog) deb aytiladi. Ikki yoki ko‘p suhbatdosh o‘rtasidagi gaplashish tariqasida bo‘ladigan nutq dialog deb aytiladi. Suhbatdoshlar navbatma-navbat gaplashaveradilar – biri so ‘raydi, biror narsani aytadi, boshqalar esa uni tinglaydilar, javob beradilar. Odam bitta o‘zi gapirsa-yu, boshqa kishilar bu gapga ak­tiv qatnashmay faqat uning nutqini tinglab tursalar, nutqning bu formasi monolog deb aytiladi. Masalan, lektorning, dokladchining nutqi, sudda, kengashlarda va boshqa shu kabi joylarda so‘zlanadigan nutq, monolog nutqdir yoki monologdir. Og‘zaki nutq so‘zlayotgan kishi o‘z fikrini suhbatdoshlari to‘g‘ri tushunib olishiga harakat qiladi. Shu sababli, og‘zaki nutqda egani ham, kesimi ham, aniqlovchi, to‘ldiruvchi so‘zlarnn ham to‘la aytishga to‘g‘ri keladi. Durust, ba’zi og‘zaki nutq ham qisqartirilgan holda, ayrim gap bo‘laklarini tushirib qoldirgan holda gapiriladi. Ba’zi hollarda gaplashuv, dialog ham faqat kesimlar bilangina ifodalanishi mumkin. Masalan, yarim kechada bir necha kishi gaplashib, tramvay kelishini kutmoqda, ularning hammasi tram­vay keladigan tomonga ko‘z tikib turibdi. Ular o‘rtasida tahminan shunday gaplar bo‘ladi: «Ko‘rinyaptimi?»– «Yo‘q, ko‘rinmayapti». Oradan bir oz o‘tgach: «Kelyaptimi?» – «Ha, kelyapti». Bu gaplar faqat kesimlarning o‘zidangina iborat gaplardir. Ammo, shunday bo‘lsa ham, gaplashayotgan kishilarning hammasi bir-birlarining fikrlarini tushunadilar. Og‘zaki nutqning sintaksis jihatidan to‘liq bo‘lmasligiga avvalo sabab shuki, gap mavzui ham, shu gap sodir bo‘layotgan vaziyat ham, odatda, gaplashib turgan kishilarga aniq va ravshandir. Shu sababli, og‘zaki nutq, vaqtida gap bo‘laklarining hammasini, ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi va hokazolarni gapda har safar to‘liq aytishga hojat qolmaydi. Bundan tashqari, mimika va imo-ishoralar, intonatsiyalar, pauzalar, mantiqiy urg‘ular va shu kabilar, xullas nutqimizni jonlantiradigan vositalarning hammasi og‘zaki nutqni boyitadi. Jonli nutq tinglanibgina qolmasdan uni odamlar ko‘rib ham turadilar, his ham qiladilar. Bunday nutq, ko‘pincha, og‘izdan chiqishi bilanoq tushunilaveradi. Og‘zaki nutq, ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy bo‘ladi. Gapirayotgan kishi so‘z va grammatika formalarini mahsus tanlamay, og‘ziga kelganicha so‘zlashsa, bu holda nutq ixtiyorsiz nutq bo‘ladi. Gapirayotgan kishi o‘z so‘zlari uchun alohida mas’uliyat sezib gapirganida, shu nutqni tinglayotgan kishi gapirayotgan kishi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lganida, bunday hollarda nutq ixtiyoriy xarakterga ega bo‘lib qoladi. Masalan, o‘quvchining o‘z o‘qituvchisi bilan gaplashayotgan vaqtidagi nutq mana shunday ixtiyoriy nutqdir. Bunday hollarda gapirayotgan kishi lozim bo‘lgan so‘zlarni tanlab, joy-joyiga qo‘yib ishlatishga, grammatika qoidalariga rioya qilishga intiladi va harakat qiladi. Dialog–ikki yoki bir necha odam o‘rtasida bo‘ladigan gapdir, bunda suhbatdoshlarnnng gapi bir-biriga bog‘lanadi, ulanib ketadi ya’ni gaplashib turganlar bir-birlariga savol-javob qilib, bir-birlariga e’tiroz qilib gapni ulab, davom ettiradilar. Shuning uchun dialog ma’nosi bir-biriga ulangan nutqni ancha osonlashtiradi. Monolog nutq esa ancha og‘ir ko‘chadi. Monolog– gapirayotgan kishidan juda ko‘p diqqat-e’tibor berishni talab qiladi gapirayotgan kishining faqat o‘z nutqining mazmunigagina diqqat-e’tibor berib qolmay, balki, shu bilan birga, bu nutqning tashqi tuzilishiga ham, fikrlarni ifodalashda muayyan sistema, tartib bo‘lishiga ham rioya qilishi lozim bo‘ladi. Monolog nutq tuzilishi jihatidan yozma nutqka yaqindir. Og‘zaki nutq (dialog ham, monolog ham), ichki nutq, singari, tafakkur qurolidir. Bunda boshqalar bilan gaplashish jarayonida gapirayotgan kishining o‘z fikrlari ham o‘ziga ravshan bo‘lib qoladi. Ko‘pincha mana bunday bo‘ladi: miyamizda paydo bo‘lgan, lekin unchalik ravshanlashmagan fikr o‘zimiz muhokama qilib ko‘rishimiz va boshqalarga bayon qilishimiz jarayonida o‘zimizga ham ravshan bo‘lib qoladi,– pishib yetiladi. Ba’zi bir fikrlarimizni pishitib yetishtirishda, boshqalarning fikrini uqib bilib olish (tushunib olish) vaqtida biz ko‘pincha bu fikrlarni go‘yo biron suhbatdoshga aytayotgandek yoki o‘z-o‘zimizga ovoz chiqarib ifodalashimizning sababi ham ana shunda. Bunday hodisalar ichki nutq bilan tashqi nutq, o‘rtasida ajralish yo‘qligini ko‘rsatadi: fikrni nutq, bilan ifodalash faoliyatida hamisha ichki nutqdan tashqi nutqqa va aksincha, tashqi nutqdan ichki nutqda o‘tish hollari bo‘lib tu radi.

Download 90,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish