7-mavzu: Buyrak. Ularning yoshga qarab o‘zgarishi. Siydik yo‘li, qovuq, siydik chiqarish kanali, ularning yoshga qarab o‘zgarishi


ARTERlYALARNING TARMOQLANISH QONUNIYATLARI



Download 97,08 Kb.
bet23/65
Sana07.07.2022
Hajmi97,08 Kb.
#753728
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65
Bog'liq
medik Ma’ruza 5000

ARTERlYALARNING TARMOQLANISH QONUNIYATLARI
1. Qon tomirlar a’zolaming zararli tashqi ta’siridan bir qadar saqlangan holda uning ichki qismlarida joylashgan. Qon tomirlarning asosiy tarmoqlari tananing bukuvchi mushaklari joylashgan tarafdan yo'naladi. Bunday joylanishni tananing shu sohasidagi masofaning qisqaligi bilan izohlash mumkin. Misol uchun, agarda aorta umurtqa pog'onasining old tomonida emas. balki orqa tomonida joylashganda edi, tananing bukilishi natijasida aorta siqilib qon o'tmay qolardi.
2. Katta qon tomirlar qo'l-oyoq suyaklarining miqdoriga mos ravishda tarmoqlanadi va pirovardida yoysimon tuzilishga ega bo'ladi. Misol uchun, yelka va son sohalarida bittadan suyak bo'lgani uchun bittadan asosiy arteriyalar bo'lib, bilak va boldir sohalarida suyaklarga mos ravishda ikkitadan qon tomirlarga bo'linadi.
3. Erkin harakat qilishga moslangan bo'g'imlar sohasida tomirlar to'r va birlashmalarni (anastomozlar) tashkil etadi.
4. A’zolarga yo'nalayotgan qon tomirlarning hajmi va qalinligi a’zoning hajmi bilan emas, balki bajaradigan vazifasiga mos ravishda bo'ladi. Masalan, buyrak arteriyasining ichki diametri, ichak qon tomirlarining diametriga teng. Qalqonsimon bez qon tomirlari hiqildoqni qon bilan ta'minlaydigan tomirlardan bir necha marotaba katta bo'ladi. A’zoga oqib kelayotgan bir gramm qonning miqdorini taqqoslanganda, qon bilan eng yaxshi ta’minlanadigan a’zo bu qalqonsimon bez va bosh miya hisoblanadi. Qo'l va oyoq qonsizlikka bir necha soatgacha o'zgarishsiz chidashi mumkin. Yurak bir qisqarishi davomida bosh miya qonsiz qolsa odam xushidan ketishi mumkin.
5. Qon tomirlar a'zo taraqqiyoti bilan bog'liq bo'lganligi uchun, tomirlarning a’zolar ichidagi tarmoqlanishi va tuzilishi shu a’zoning shakliga hamda bajaradigan vazifasiga mos bo'ladi.
6. Ko'pchilik qon tomirlar, embrionning rivojlanishi davrida nervlar bilan birga rivojlanib ular bilan yonma-yon yo'naladi va nerv, qon-tomir tutamini hosil qiladi. 7. Taraqqiyot jarayonida hosil bo'lgan bo'shliqlar devori va bo'shliq ichidagi a’zolar alohida qon tomir bilan ta’minlanadi. Shu sababli parietal va visseral tarmoqlarga bo'linadi. Misol uchun, ko'krak aortasi, qorin aortasi, ichki yonbosh arteriyalarining tarmoqlari.
8. Odam tanasi taraqqiyot paytida segmentar tuzilishga ega bo'lganidan, segmentar qon bilan ta’minlanish saqlanadi. Misol uchun, qovurg'alararo qon tomirlar, bel qon tomirlari va hokazo.
9. A’zolarga qon eng qisqa yo'l bilan keladi. Qon tomirlarning tarmoqlanishida eng yaqin tarmoq bilan ozuqalanish qonuniyati saqlanib qoladi. Shu sababdan aortadan chiqayotgan birinchi qon tomir yurak devorini-ta'minlaydi. Lekin a’zolarni qon bilan ta’minlashdagi bu qonuniyat embrional taraqqiyot davridagi holatga mansub bo'lib, a’zo taraqqiyoti davomida boshqa joyga ko'chsa ham, rivojlanayotganda oziqlangan qon tomirlarini saqlab qoladi. Misol uchun, bel sohasida taraqqiy etgan moyak, yorg'oq ichida joylashsa ham, qorin aortasidan chiqayotgan tarmoq bilan, yorg'oq esa son arteriyasi tarmog'i bilan ta’minlanadi.
10. Qon tomirlar bo'g'imlardan o'tadigan joylarda birmuncha yuzada yotadi (bunday joylarda pulsni tekshirish mumkin).
11. Arteriyalar bir-biri bilan shoxchalar orqali birlashadi, ya’ni bir-biri bilan bog'lanadi. Yirik poyalarni bir-biriga bevosita qo'shib turuvchi shoxchalarga anastomozlar deyiladi (umurtqa pog'onasi arteriyalarining bosh miya asosida bir-biriga o'tishi, me’da, ichak, qo'l, oyoq panjalaridagi arteriyalaming bir-biriga qo'shilishi misol bo'la oladi). Anastomozlar odam gavdasining ba’zi sohalarida ayniqsa yaxshi takomil etgan bo'lib va buning natijasida murakkab to'rlar vujudga keladi. Qo'l va oyoq bo'g'imlarining dorzal yuzalarida shunday to'rlar mavjud.
12. Asosiy poyadan chiqib, u bilan bir qadar nariga boruvchi yon tarmoqlami kollaterallar deyiladi. Masalan, tana, qo'l va oyoqlardagi asosiy arterial yo'llarga paralel holda anastomozlar yotadi. Odatdagi normal sharoitda bu anastomozlarning diametri birmuncha kichik bo'ladi. Kollateral anastomozlar a’zoning qon bilan ta’minlanishi buzilganda, hatto yirik arteriyalardan qon bormay qolganda (arteriyalar bog'lab qo'yilganda, yoki ulaming teshigiga tromb tiqilganda), asosiy poyaga qon kelishi bo'tunlay to'xtashiga qaramay, gavdaning muayyan sohasi odatda nobud bo'lmaydi. Bunga sabab shuki, qon asosiy poyaning bog'langan joyidan pastroqdagi kollaterallar orqali o'tadi. Kollaterallarning diametri asta sekin kattalashadi. Odatda ingichka arteriyalardan yirik poyalar taraqqiy etadi va shunga yarasha ulaming devori ham o'zgaradi (qalinlashadi). Agar tomirlar bir-biri bilan bir tekislikda birlashmasa, chigallar hosil bo'ladi. Kollateral qon tomirlar xirurgiya amaliyotida (ayniqsa ular jarohatlanganda) katta ahamiyatga ega. Agar magistral tomirlar jarohatlansa (kesilsa, uzilsa) shu jarohat yonlama— kollateral tomir chiqishidan oldin yoki keyin bo'lishiga qarab qo'l-oyoqni amputatsiya qilish yoki qilmaslik hal qilinadi.

Download 97,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish