Tashqi uyqu arteriyasining orqa tarmoqlari 1. To'sh-o'mrov so'rg'ichsimon mushagini qon bilan ta’minlaydigan tarmoq a.sternocleidomastoidea.
2. Ensa arteriyasi a.occipitalis ensa sohasidagi mushaklar, teri, quloq suprasi va qisman bosh miyaning qattiq pardasini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar ajraladi:
a) r.mastoideus — so'rg'ichsimon o'simta sohasini qon bilan ta’minlaydi;
b) r.auricularis — quloq suprasini qon bilan ta’minlaydi;
d) r.r.sternocleidomastoidei — to'sh - o'mrov so'rg'ichsimon mushaklarini qon bilan ta’minlaydigan shoxlar;
e) r.r.occipitales — ensa sohasini qon bilan ta’minlaydigan shox;
o) r.meningeus — qattiq pardani qon bilan ta’minlaydigan shox;
g) r.descendens — tushuvchi shoxlar - orqa mushaklarining yuqori qismini qon bilan ta’minlaydigan shox.
3. Quloqning orqa arteriyasi — a.auricularis posterior ham ensa sohasidagi mushak va terisida, hamda quloq suprasida tarqaladi. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
a) a.gtylomastoidea bigizsimon va so'rg'ichsimon o'simtalar sohasini qon bilan ta’minlaydigan shox;
b) a.tympanica posterior — nog'ora bo'shlig'ini qon bilan ta'minlaydigan shox;
d) r.auricularis — quloq suprasini qon bilan ta'minlaydigan shox;
e) r.occipitalis — ensa sohasini qon bilan ta’minlaydigan shox;
i) r.paratoideus — quloq oldi so'lak bezini qon bilan ta’minlaydigan shox.
Tashqi uyqu arteriyasining o'rta guruh tarmoqlari 1. Halqumning ko'tariluvchi arteriyasi — a.pharingea ascendens halqum mushaklarini va yumshoq tanglay mushaklarini va qisman bosh miya qattiq pardasini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar ajraladi:
a) a.meningea posterior — qattiq pardaga yo'naluvchi orqa arteriya;
b) r.r.pharengealis — halqumni qon bilan ta’minlaydigan shoxlar;
d) a.tynipanica inferior — nog'ora bo'shlig'ining medial devorini qon bilan ta'minlaydigan shox.
2. Yuqori jag' arteriyasi — a.maxillaris chakka osti chuqurchasi sohasida joylashgan bo'lib, oxirgi tarmoqlari qanot-tanglay chuqurchasi sohasida tarmoqlanadi. Shu sababdan bu arteriya tarmoqlari uch sohaga bo'lib o'rganiladi: pastki jag' sohasidagi, chakka osti chuqurchasi sohasidagi va qanot-tanglay chuqurchasi sohasidagi tarmoqlar. Pastk-jag' sohasidan 3 ta arteriya ajraladi;
a) pastki jag' tishlarini ta’minlaydigan arteriya — a.alveolaris inferior pastki jag' suyagining kanali bo'ylab yo'naladi va tishlarni — r.r.dentalis, pastki jag' suyagini — r.r.peridentalis va milklarni qon bilan ta’minlaydi. Pastki-jag' tomirining oxirgi tarmoqlari — a.mentalis engak teshigidan chiqib pastki labning shu sohasida tarmoqlanadi. Pastki jag' kanaliga kirish teshigidan yuqoriroqda, pastki jag' tishlarini ta’minlaydigan tarmoqdan jag'-til osti mushagiga arteriya — a.mylohyoidea ajraladi.
b) quloq suprasining chuqur arteriyasi — a.auricularis profunda tashqi eshituv yo'li va nog'ora pardalami qon bilan ta’minlaydi.
d) nog'ora bo'shlig'ining oldingi arteriyasi – a.tympanica anterior fissura petrotympanica tirqishi orqali nog'ora bo'shlig'iga o'tib, shilliq qavatini qon bilan ta’minlaydi. Yuqori jag' arteriyasining chakka osti chuqurchasi sohasidagi tarmoqlar:
a) bosh miya qattiq pardasining o'rta arteriyasi — a.meningea media ponasimon suyakning qirrali teshigi orqali kalla ichiga kirib, qattiq parda, uch shoxli nerv tuguni hamda nog'ora bo'shlig'ining shilliq qavatlarini qon bilan ta’minlaydi;
b) chakka mushagini ta’minlaydigan chuqur arteriyalar — a.a.temporalis profundea anterior et posterior.
d) chaynov mushagini qon bilan ta’minlaydigan arteriya — a.masseterica.
e) yuqori jag' katakchalarining orqa arteriyasi — a.alveolaris superior posterior yuqori jag' suyagidagi shu nom bilan ataladigan teshikchalar orqali yo'nalib, yuqori katta oziq tishlarini — r.r.dentalis va shu soha milkini r.r.peridentalis, hamda yuqori jag' suyagi bo'shlig'ining shilliq qavatini qon bilan ta’minlaydi.
o) lunj arteriyasi — a.buccalis lunj sohasidagi mushakni, lunj shilliq pardasini va shu soha milkini qon bilan ta’minlaydi;
g) ichki va tashqi qanotsimon mushaklarni qon bilan ta’minlaydigan arteriya — a.pterygoidea.
Yuqori jag' arteriyasining qanot-tanglay chuqurchasi sohasidagi tarmoqlari:
a) ko'z kosasining ostki devori bo'ylab yo'naladigan arteriya — a.infraorbitalis. Bu arteriya ko'z kosasiga pastki tirqish — fissura orbitalis inferior orqali o'tib, pastki devor bo'ylab yo'naladi va ko'z kosasining ostidagi teshik orqali yuzda paydo bo'ladi. Ko'z kosasining pastki devori bo'ylab yo'nalayotgan arteriyadan yuqori jag' suyagining ichiga o'rta va oldingi katakcha tarmoqlari a.a.alveolaris superiors, anteriores et media yo'naladi. Bu tarmoqlar yuqori jag'da joylashgan kichik oziq tishlarini, kesuv tishlarini - r.r.dentalis va milklarni qon bilan ta’minlaydi.