11-mavzu: Aorta, aorta ravog'i, umumiy va tashki uyku arteriyasi. Ichki uyku arteriyasi. Bosh miyaning qon bilan ta’minlanishidagi o'ziga xoslik. AORTA — AORTA Odamning arteriya qonini tarqatadigan asosiy qon tomir hisoblanadi. Yurakning chap qorinchasidan chiqib, o'zaro tutashgan (davom etadigan) uch qismga: ko'tariluvchi — aorta ascendens ga, aorta ravog'i — arcus aortae ga, tushuvchi aorta — aorta descendens ga bo'linadi. Arterial naycha — ductus arteriosus yoki Botalov naychasi homila taraqqiyoti davrida o'pka arteriyasini tushuvchi aorta bilan qo'shib turadi va oldingi ko'ks oralig'i bo'shlig'ida joylashadi. Bola tug'ilganidan so'ng (3-5 kunlarda) arterial naycha puchayib, keyingi 3- oylarda arterial boylam — ligamentum arteriosum ga aylanadi.
KATTA QON AYLANISH DOIRASINING ARTERIYALARI Aorta — aorta yurakning chap qorinchasidan chiquvchi, eng katta arteriya hisoblanadi. Aortada uch bo'lim tafovut etilib. uning ko'tariluvchi qismi — pars ascendens aortae; aorta yoyi — arcus aortae; pastga tushuvchi qismi pars descendens aortae tafovut etiladi. Ko'tariluvchi aorta — aortae ascendens dan yurakni arterial qon bilan ta’minlovchi tojsimon arteriyalar — a.coronariae dextra et sinistra chiqadi. Bu tojsimon arteriyalar aortaning yarimoysimon klapanlarining ostidan boshlanadi. Aortaning ko'tariluvchi qismining boshlanish sohasi kengroq bo'lganligidan, bu sohani bulbus aortae deyiladi. Bu kengaymani ichki yuzasida 3 ta havza bo'lib - sinus aortae deb ataladi.
A) Arteria coronaria dextra — o'ng tojsimon arteriyadan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1. R.r.atriaoventricularis — bo'lmacha va qorinchalar orasidagi shoxlar;
2. R.coni arteriosi — arterial konusga yo'naluvchi shoxlar;
3. R.nodi sinuatrialis — sino-atrial tugunchaga yo'naluvchi shoxlar;
4. R.r.atrialis — bo'lmachaga yo'naluvchi shoxlar;
5. R.marginalis dexter — o'ng chekka shoxi;
6. R.atrialis intermedius — oraliqdagi bo'lmacha shoxi;
7. R.interventricularis posterior — orqa qorinchalararo shox;
8. R.nodi antrioventricularis — bo'lmacha va qorinchalar orasidagi tugun shoxi; B) Arteria coronaria sinistra — chap tojsimon arteriya tarmoqlari:
1. R.interventricularis anterior — oldingi qorinchalararo shox;
2. R. circumflexus — aylanib o'tuvchi shox.
Bu arteriyalardan maydaroq quyidagi shoxlar ajraladi:
a) R.atrialis anastomoticus— bo'lmacha arteriyasi bilan qo'shiluvchi shox;
b) R.r.antrioventriculares — bo'lmacha va qorinchalardagi shoxlar;
d) R.marginalis sinister — chap chekkadagi shox;
e) R.atrialis intermedius — bo'lmalar oralig'idagi shox;
f) R.posterior ventriculi sinistri — chap qorinchaning orqa shoxi;
g) R.r.atriales — bo'lmacha shoxlari.
Aorta yoyi — arcus aortae dan: o'ng tarafda yelka-bo'yin poyasi — truncus brachiocephalicus; chap tarafdagi umumiy uyqu arteriyasi — a.carotis communis sinistra; chap tarafdagi o'mrov osti arteriyasi — a.subclavia sinistra ajraladi. Yelka-bo'yin poyasi — truncus brachiocephalicus dan qalqonsimon bez arteriyasi a.thyroidea ima ajralganidan so'ng, bo'yin-yelka poyasi ikkiga: о'ng umumiy uyqu arteriyasi a.carotis communis dextra va o'ng o'mrov osti arteriyasi — a.subclavia dextra ga bo'linadi. Umumiy uyqu arteriyalari — a.carotis communis tashqi uyqu arteriyasi a.carotis externa va ichki uyqu arteriyasi — a.carotis interna larga bo'linadi. Umumiy uyqu arteriyasining ikkiga bo'linish sohasini bifurcatio carotidis deyiladi. Umumiy uyqu arteriyasini VI bo'yin umurtqasining tuberculum caroticum do'mbog'iga bosib, uning tarmoqlaridan oqayotgan qonni to'xtatishda foydalaniladi.