7-mavzu: Buyrak. Ularning yoshga qarab o‘zgarishi. Siydik yo‘li, qovuq, siydik chiqarish kanali, ularning yoshga qarab o‘zgarishi



Download 97,08 Kb.
bet27/65
Sana07.07.2022
Hajmi97,08 Kb.
#753728
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65
Bog'liq
medik Ma’ruza 5000

YURAK — COR
Yurak cor — to'rt kamerali a’zo bo'lib, ko'krak qafasining oldingi ko'ks oralig'ida joylashadi. Uning uchi — apex cordis pastga va oldinga yo'nalgan bo'lib, yurakning asosi— basis cordis yuqorida va biroz orqaroqda joylashadi. Yurakning oldingi yuzasi — facies sternocostalis to'sh va qovurg'a suyaklariga qaragan bo'lib, pastki yuzasi diafragmaga tegib turganligi uchun — facies diaphragmatica deyiladi. O'ng va chap o'pkalarga qaragan yuzalari facies pulmonalis dextra et sinistra deyiladi. Yurak uchida o'yma bo'lib incisura apicis cordis deb ataladi. Yurakning tashqi yuzasida qon tomirlar joylashadigan quyidagi egatlar: qorinchalar orasidagi oldingi egat — sulcus interventricularis anterior; orqa egat — sulcus interventricularis posterior; tojsimon arteriya egati — sulcus coronarius bo'ladi. Yurakning to'rt kamerasi: 2 ta bo'lmacha — atrium dextrum et sinistrum; hamda 2 ta qorincha ventriculus dexter et sinister qismlari bo'lib, har ikkala bo'lmacha orasida to'siq septum interatriale bo'ladi. Har ikkala qorinchalar orasida ham to'siq bo'lib, u septum interventriculare deb ataladi. Bo'lmachalar orasidagi to'siqda chuqurcha — fossa ovalis bo'lib, embrion taraqqiyoti davridagi foramen ovale teshigi sohasiga to'g'ri keladi. Ularning tashqi yuzasida bo'rtib chiqqan quloqchalar— auricula atrii ko'rinadi. O'ng bo'lmacha bilan o'ng qorincha orasida qon o'tadigan tirqish ostium atroventrculare dextrum, chap bo'lmacha bilan chap qorincha orasida ham qon o'tadigan tirqish — ostium atroventriculare sinistrum bo'ladi. Вu tirqishlardan qon faqat qorincha tomon yo'naladi. Chunki o'ng tirqish sohasida uch tabaqali klapan — valva atrioventricularis dextra seu valva tricuspidalis joylashadi. Uch tabaqali klapanning har bir tabaqasi: oldingi — cuspis anterior; orqa — cuspis posterior; cuspis septalis bo'limlaridan hosil bo'ladi. Har bir klapan qorinchalar bo'shlig'idagi yuzaga paysimon ipchalar — chordae tendineae ga, ipchalarning ikkinchi uchi so'rg'ichsimon mushaklar — musculi papillares ga birikadi. So'rg'ichsimon mushaklar qorinchalar ichiga bo'rtib chiqqan bo'lib, uning asosi esa yurak devorlariga tutashib ketadi. Chap tirqish sohasida esa ikki tabaqali klapan — valva atrioventricularis sinistra seu valva bicuspidalis (mitralis) bo'ladi. O'ng bo'lmacha bo'shlig'iga yuqori kovak vena — vena cava superior va pastki kovak vena — vena cava inferior lar ochiladi. Pastki kovak venaning quyilish sohasida yurakning ichki qavati o'simtasidan hosil bo'lgan klapan — valvula venae cavae inferioris joylashadi. O'ng bo'lmacha bo'shlig'iga yurakning xususiy venalari — sinus coronarius cordis, qo'shimcha ravishda yurakning xususiy kichik venalari foramina venarum minimarum teshiklari vositasida o'ng bo'lmacha,·bo'shlig'iga quyiladi. O'ng qorincha bo'shlig'idan qon o'pka poyasi — truncus pulmonalis ga yo'naladi. O'pka poyasi teshigi — ostium trunci pulmonalis sohasida, yurak ichki qavatining o'simtalaridan hosil bo'lgan klapanlar — valva trunci pulmonalis joylashadi. Klapanlar qonni o'ng qorinchaga qaytishiga to'shinlik qilib, faqat o'pkaga yo'nalishini ta'minlaydi. Chap bo'lmachaga o'pka venasi — venae pulmonalis quyiladi. O'ng qorinchadan boshlangan truncus pulmonalis, o'pka ishtirokida chap bo'lmachaga quyiladigan — venae pulmonalis doirasi kichik qon aylanish doirasi — circulis sanguinis minor deyiladi. Chap qorinchadan esa aorta qon tomiri boshlanadi. Aortaning boshlanish qismidagi teshik sohasida yarimoysimon aorta klapani — valva semilunaris aorta joylashadi. Bu aorta klapani uchta yarim oysimon tabaqa — valvula semilunaris posterior, valvulae semilunaris dextra et sinistra lardan hosil boladi. Yurak devori uch qavat to'qimadan tashkil topgan. Tashqi qavatda, yurak xaltasi perikardng visseral varag'idan hosil bo'lgan epikard — epicardium seroz parda bo'ladi. Yurak devorining eng qalin qismi mushak to'qimalaridan hosil bo'lib bu o'rta qavatni miokard — myocardium deyiladi. Bo'lmachalar mushak qavati alohida guruh kardiomiotsitlardan iborat. Yurak qorinchalari ham alohida mushak guruhidan hosil bo'lib, shuning uchun har bir bo'limi alohida qisqarish xususiyatiga ega bo'ladi. Bo'lmachalardagi mushaklar ikki qavatdan iborat bo'lib , tashqi qismida bo'ylama mushak tolalari joylashadi. Qorinchalar sohasidagi mushaklar uch qavatdan iborat boladi. Tashqi va ichki qavatda bo'ylama mushak to'qimalari joylashsa, o'rta qavatda esa har bir qorincha uchun alohida bo'lgan halqasimon mushak to'qimalari joylashadi. Yurakning ichki yuzasini biriktiruvchi to'qimadan hosil bo'lgan endokard — endocardium qavati qoplab turadi. Bu qavatning o'simtalari yurak klapanlarini hosil qiladi. O'ng bo'lmachaning ichki yuzasi silliq bo'lsada, oldingi devorining ichki yuzasida, quloqsimon hosilaga to'g'ri kelgan sohada bo'rtiq paydo bo'ladi. Bu bo'rtiq taroqsimon mushaklar — musculi pectinati dan hosil bo'ladi. Yuqori sohada taroqsimon mushaklar chegara qirrasi — crista terminalis dan boshlanadi. Yurakning tashqi yuzasida bu qirra sohasi chegaradagi egat — sulcus terminalis ga to'g'ri keladi. Oval chuqurcha atrofi ko'tarilgan bo'lib — limbus fossae ovalis deyiladi. O'ng bo'lmachaning orqa devorining ichki yuzasida yuqori va pastki kovak venalari orasida bo'rtiq — tuberculum intervenosum ko'rinadi. Chap bo'lmachaning orqa devori tushuvchi aorta va qizilo'ngachga tegib turadi. Chap bo'lmacha bo'shlig'iga 4 ta o'pka venalari ochiladi. Chap quloqcha tarkibida taroqsimon mushak — musculi pectinati bo'ladi. Yurak devorining mushak qavati juda qalin bo'lib, o'ziga xos ko'ndalang targ'il mushak to'qimalari — kardiomiotsit lardan tashkil topgan. Mushak to'qimalari o'zaro biriktiruvchi to'qimalar bilan birikib turadi. Yurak kameralari orasidagi to'siqlar sohasida biriktiruvchi to'qimalar pishiq plastinkalarni hosil qiladi va ular mushaklar uchun o'ziga xos tayanch vazifasini bajaradi. Qorinchalar orasidagi to'siqda, yarimoysimon klapanlar sohasida yupqalashgan soha bolib — pars membranacea septi ventriculorum deb ataladi. Bo'lmacha va qorincha mushaklari fibroz to'qimali halqalar— annuli fibrosi vositasida ajralib turadi. O'ng fibroz halqa o'ng bo'lmacha va o'ng qorincha orasida joylashsa, chap fibroz halqa chap bo'lmacha va chap qorincha orasida bo'ladi. Fibroz halqalar tashqi tarafdan miokard to'qimasi orasidagi biriktiuvchi to'qima bilan, ichki tarafdan klapanlar bilan qo'shilib turadi. O'ng va chap fibroz halqalaming arterial va venoz teshiklar (bo'lmacha va qorinchalar orasidagi) sohasida o'zaro birikishi pishiq biriktiruvchi to'qima vositasida bo'lib, bu plastinkalarga o'ng va chap fibroz uchburchaklar — trigonum fibrosum dextrum et sinistrum deyiladi. Miokard qavati bir necha guruh mushak to'qimalardan hosil bo'ladi. Ular yo'nalishiga ko'ra farqlanadi. Qorinchalar tarkibida uch guruh mushak to'qimasi: tashqi guruh — qiyshiq; o'rta guruh — halqasimon; ichki guruh — bo'ylama mushak tutamlari bo'ladi. Tashqi qavatdagi mushak guruhlari yurakning uchida girdobsimon burilib (vortex cordis deyiladi), ichki qavat mushak tutamlariga davom etadi. Ichki qavat mushaklari so'rg'ichsimon mushaklar bilan birikib ketadi. O'rtadagi halqasimon mushak tutamlarining yuza qavati ikkala qorinchani o'rab tursa, halqasimon mushaklarning chuqur qavati har bir qorinchani alohida o'rab oladi. Halqasimon mushaklarning qalinlashgan joyi chap qorinchaga to'g'ri keladi. Qorinchalar oralig'idagi to'siq — septum interventriculare ning ko'p qismi mushakdan hosil bo'lib, uning mushak qismini hosil qilsa, kamroq qismi paylardan tashkil topgan parda qismini hosil qiladi.

Download 97,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish