Siydik chiqaruv a’zolari — organa urinaria Buyrak — ren Buyrak ren — qorin bo'shlig'ining orqa devorida joylashgan bo'lib, qorin pardaga nisbatan — ekstroperitoneal a’zo hisoblanadi. O'ng buyrak biroz pastroqda joylashadi. Buyrak loviyasimon shakldagi a’zo bo'lib, uning yuqori uchi — extremitas superior, pastki uchi — extremitas inferior, ichki qirrasi — margo medialis, tashqi qirrasi — margo lateralis, oldingi yuzasi — facies anterior, orqa yuzasi — facies posterior sohalari bo'ladi. Buyrakning margo medialis sohasida botib kirgan darvoza — hilus renalis bo'ladi. Unda buyrak arteriyasi, venasi, limfa tomirlari, nervlar va siydik nayi joylashgan bo'ladi. Buyrak tashqi tarafdan fibroz parda — capsula fibrosa bilan o'ralgan. U tashqi tarafida yog' moddadan iborat parda — capsula adiposa bilan qoplanadi. Bu pardalaming ustida qo'shuvchi to'qimali parda — fascia renalis joylashadi. Bu fassiya qorinning orqa devoridagi mushak fassiyasining davomi hisoblanadi. U buyrakning lateral chekkasida ikkiga ajraladi. Oldingi va orqa fassiya varaqlari buyrakni o'rab oladi, lekin buyrakni medial qirrasi sohasida o‘zaro birlashmaydi. Oldingi fassiya varag'i buyrak tomirlarining aortaning ostki kovak venaning oldingi yuzalari bo‘ylab yo'naladi va qarama-qarshi tarafdagi shunday fassiya bilan qo'shiladi. Orqa tarafdan yo'nalgan fassiyalar, qon tomirlarning orqasidan yo'nalib, umurtqalar tanasida tugaydi. Buyrakning oldingi va orqa fassiyalari buyrakning yuqori uchi sohasida o'zaro qo'shilgan bo'ladi. Buyrakning pastki uchida esa oldingi va orqa fassiyalar o'zaro birlashmaydi. Buyrak fassiyasining tarkibida yog' tanachalari — corpus adiposumpararenale bo'ladi.
Buyrakning ichki tuzilishi Buyrakning bo'ylama kesigida, uning ikki turdagi moddalardan tuzilganligini ko'ramiz. Uning tashqi tarafida po'stloq moddasi — cortex renis va ichki sohasida mag'iz moddasi — medulla renis bo'ladi. Bu ikki modda orasida aniq chegara bo'lsada, po'stloq moddasi mag'iz moddasining ichiga kirib boradi va bu hosilaga— columnae renales deyiladi. Natijada, buyrakning mag'iz moddasi piramida shaklidagi bo'laklarga ajralib, pyramides renales deb ataladi. Piramidaning keng asosi po'stloq qismiga yo'nalsa, uchi esa buyrak darvozasiga yo'naladi. Piramidalarning uchini buyrak so'rg'ichi — papilla renales, uning uchida g'alvirsimon maydoncha — area cribrosa deyiladi va bu sohada ko'p miqdorda teshikchalar — foramina papiliaria ko'rinadi. Buyrakning mag'iz qismi ham po'stloq ichiga kirib boradi va po'stloqning pars radiata sohasi deyiladi. Ularning orasidagi po'stloq qismiga esa pars convoluta deyiladi. Pars.convoluta va pars radiata buyrak po'stlog'ining bo'lakchasini — lobuli corticalis ni tashkil etadi. Natijada buyrakning po'stloq qismining bo'lagi bo'lmish lobulus corticalis: nursimon qism — pars radiata va burama naycha qismi — pars convoluta lardan iborat bo'ladi. Buyrakning po'stloq qismining pars radiata sohasida nefronning to'g'ri naychalari, pars convoluta sohasida esa burama naychalari, uning mag'iz qismida esa nefronning to'g'ri va yig'uv naychalar joylashadi. Buyrak siydik chiqaradigan ekskretor bezlar turkumiga kirib, naychalar — tubuli renales dan tashkil topgan. Bu naychalarning boshlanish sohasi berk bo'lib, orqasi botib turadi. Natijada ularning boshlanish sohasida ikki devordan iborat qadoqsimon kengayma hosil bo'ladi. Bu hosilani Shumlanskiy — Baumenkapsulasi deyiladi. Ikki devor orasida kapsula bo'shlig'i hosil bo'lsa, tashqi yuzasidagi botiq sohada qon tomir chigalining koptokchasi — glomerulus joylashadi. Glomerulus hamda kapsula birgalikda buyrak tanachasi —corpusculum renis deyiladi. U buyrakning po'stloq qismining pars convoluta sohasida joylashadi. Buyrak tanachasi birlamchi burama naychalar — tubulu renalis contortis ga davom etadi. Bu naychalar po'stloqning pars radiata sohasida joylashadi. Burama naychaning davomi to'g'rilanib buyrakning mag'iz qismiga o'tadi. To'g'ri naychalar Genli qovuzlog'ini hosil qilib, ikkilamchi burama naychalarga davom etgan holda yana po'stloq qismida paydo bo'ladi. Naychalar to'g'rilanib, buyrakning mag'iz qismi orqali o'tib, o'zaro shunday naychalarning qo'shilishi natijasida yig'uvchi naychalami hosil etgan holda ductus papillares so'rg'ichlari sohasida foramina papiliaria teshiklariga ochiladi. Buyrakning morfo-funksional birligini nefron deyiladi. Nefron — buyrak tanachasi va unga to'g'ri keladigan buyrak naychalari, ya'ni birlamchi burama naycha, Genli qovuzlog'i, ikkilamchi burama naycha, to'g'ri naycha yig'indisiga aytiladi. Har bir buyrakda bir million nefron bo'lib, unda siydik hosil bo'ladi. Buyrak tanachasi sohasida, kapsulaning ichiga qonning suyuq qismi ajralib, bu suyuqlikka birlamchi siydik deyiladi. Naychalar orqali o'tayotgan suyuqlikdan suv, glukoza, aminokislotalar, ba’zi tuzlar qaytadan qonga so'riladi va natijada ikkilamchi siydik hosil bo'ladi. Buyrakning o'ziga xos qon aylanish tizimi bo'ladi. Buyrak ichiga yo'nalgan buyrak arteriyasi a.polares superiores, a.centralis, a.polares inferiores tarmoqlariga ajraydi. O'z navbatida bu qon tomirlar a.interlobaris arteriyalarini hosil qiladi. Buyrakning po'stloq va mag'iz moddasi chegarasida yoysimon arteriyalar a.a.arcuatae hosil bo'ladi. Bu arteriyadan bo'lakchalar arteriyasi —