7- mavzu. Global va regional ekologik boshqaruv



Download 298,58 Kb.
bet1/10
Sana22.04.2022
Hajmi298,58 Kb.
#572785
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-mavzu Global va regional


7- mavzu. Global va regional ekologik boshqaruv
7.1. Global va regional ekologik boshqaruv: tushunchalar, muammolar, prinsiplar
7.2. Universal va maxsus boshqaruv turdagi ekologik tashkilotlar
7.3. Xalqaro ekologik javobgarlikning o‘ziga xos xususiyatlari
Odatda global va regional boshqaruvga oid ijtimoiy munosabatlar xalqaro huquq normalari orqali tartibga solinadi. Ularga tegishli nor­mativ hujjatlar xalqaro huquq sub’ektlari tomonidan ishlab chiqiladi, qabul qilinadi va shu orqali ekologik boshqaruv amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi Qo­nunning 4-moddasidagi ekologik prinstiplardan birida «Tabiatni muhofa­za qilish sohasida milliy, mintaqalararo va xalqaro manfaatlarni uyg’un­lashtirish», deb belgilangan. Chunki tabiatda sodir bo’layotgan jarayonlar va hodisalar, jamiyatdagidan farqli, na ma’muriy va na tabiiy chegarani bila­di. Qirg’izistondagi Sirdaryo irmoqlaridan biri bo’lgan Maylisuvni radi­oaktiv moddalar bilan ifloslanishi, so’zsiz, O’zbekiston va Qozog’iston respublikalarining atrof-muhitiga o’z salbiy ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Chad ko’li, Chernobil va Fukisimo AES yoki Orol dengizi atrofidagi eko­logik inqirozli holat nafaqat Markaziy Afrika, Sharqiy Evropa, Yaponiya yoki Markaziy Osiyo, balki butun Er kurrasidagi insonlar yashash huquqining zaruriy elementlaridan biri bo’lgan ekologik xavfsizligiga salbiy ta’sir etmoqda. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti Islom Ka­rimov Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning 48, 50, 55-sessiyalari hamda Mingyillik Sammitida so’zlagan nutqlarida Orol muammosini xalqa­ro miqyosda hal qilishni taklif etdi va uning salbiy oqibatlarini nafaqat O’zbekiston yoki Markaziy Osiyo, balki butun dunyo hamjamiyati uchun tahdid solayotgan dolzarb global ekologik boshqaruv masalasi qilib ko’rsatdi.
Atrof-muhitni xalqaro muhofaza qilish insoniyatning ekologik xavfsizligi va davlatlarning barqaror rivojlanishini ta’minlovchi xalqaro prinstiplari, huquq normalari va munosabatlari yig’indisi. Eko­logiya huquqi manbalarining boshqa huquq sohasidagi manbalardan farqi yoki o’ziga xos tomoni – milliy ekologik qonunlarda xalqaro-huquqiy me’yorlarini ko’proq aks etganligidadir.
Atrof-muhitni xalqaro miqyosda muhofaza qilishni boshqarish XIX asrning boshlarida yuzaga keldi. Avvaliga bu masala ikki davlat o’rtasi­dagi tabiiy ob’ektlardan teng huquqli foydalanish ko’rinishida namoyon bo’lgan. Bunday ekologik munosabatlar ikki davlat o’rtasida tuzilgan umu­miy shartnomalar tarkibidan joy olgan. 1913 yil 17–19 noyabrda Shveysta­riyaning Bern shahrida bo’lib o’tgan xalqaro konferenstiya ekologik boshqa­ruvni xalqaro miqyosda amalga oshirishni olg’a surdi.
Global miqyosdagi yana bir muammolardan biri bo’lmish – yoppasiga tarqalgan kasalliklar fan va texnika yutuqlari tufayli asta-sekinlik bilan orqaga chekina boshladi. Ammo aynan fan va texnikaning jadal sur’atlarda rivojlanishi hamda kishilar kundalik hayotiy talab daraja­sining jadal sur’atlarda o’sishi boshqa global muammoni yuzaga keltirdi. Bu muammo «sovuq urush»dan yoki vabo kabi kasalliklardan farqli ko’zga ko’rinmaydigan, aksariyat hollarda yashirin tarzda kechadigan, lekin oqiba­ti atom bombadan ham xavfliroq – atrof-muhitni muhofaza qilish, to’g’ri­rog’i, ekologik muammo edi. XX asrning 70-yillariga kelib insoniyat o’zi­ning nisbatan qisqa tarixiy bosqichida Er kurrasidagi o’rmonlarning 3/2 qismini kesib, 6,5 mlrd gektar unumdor tuproqlarni qishloq xo’jalik obo­rotidan chiqazib, kuniga biron-bir turdagi hayvonot yoki o’simlik dunyosi­ni yo’qotib, 75 foizdan ortiq suv manbalarini ifloslantirib, atmosfera havosida esa is gazi miqdorini 40 mln tonnaga oshirib, ozon tuynugini AQShdek katta mamlakat er maydoniga teng bo’lgan kenglikda ochib qo’ygan edi. Oqibatda, jamiyatda yangi turdagi – allergiya, OITS (SPID), yuqumli va surunkali o’pka yo’li va rak kasalliklari yuzaga keldi. Tug’ilayotgan ay­rim bolalarda mutantlik xususiyatlari, ya’ni normal (tipik) insonlarga xos bo’lmagan quloq va burunlarning turli shaklligi, qo’shaloq chaqaloqlar tug’ilishi, o’pka qo’shaloqligi, sochsizlik, yuz qiyshiqligi, qing’ir-qiyshiq qo’l va oyoqli bolalarning tug’ilishi kuzatila bordi.
Xalqaro miqyosda ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun atrof-muhit sifatini organizmlar uchun etarli darajada ushlab turadigan, qayta tiklaydigan va oshirib boradigan xalqaro munosabatlarni shakllanti­rishni taqozo qiladi. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun esa, albat­ta, butun dunyo mamlakatlari va xalqlarining bir me’yorda rivojlanishi, ekologik siyosat tizimida davlatlarning integrastiyalanishini talab qi­ladi. Bu borada BMT, davlatlararo va nodavlat tashkilotlarning egallagan o’rni va ularning ekologik masalalarining echimini topishdagi ahamiyati kundan kunga ortib bormoqda. Xalqaro miqyosda ekologik xavfsizlik­ni ta’minlash – atrof-muhit sifatini barcha organizmlar, jumla­dan, insoniyat uchun bexatar darajada ushlab turuvchi global va regional miqyosdagi munosabatlarning amaliy kechinmalari.
XXI asr bo’sag’asi insonlarning ekologik ong va tafakkurida keskin o’z­garishlar davri bo’ldi, desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Endilikda ekologik muammo har bir insonning qalbidan joy olib, hozirgi va kelajak avlod­lar oldidagi mas’uliyat hissini uyg’otmoqda. Lekin bu hissiyot amalda o’z ifodasini topa olmayapti. Odamzodning yagona yashash makoni – Er kurrasi, atrof tabiiy muhit esa uning «o’tirgan daraxtining shoxi» ekanligi, bu shoxni insoniyat o’z faoliyati natijasida sekin-astalik bilan arralayot­ganligini anglab olishning o’zi katta ekologik yutuqdir. Keyingi qadam esa ilmiy asoslangan xalqaro-huquqiy me’yorlarga tayangan holda ekologik madaniyat va ma’rifatni o’stirish, davlat boshqaruv va nazorat tizimida ekologik talablarni «birlamchi masalalar» turkumi darajasiga ko’tarishdir.
Hozirgi zamon xalqaro ekologik boshqaruv uch yo’nalishda amalga oshi­riladi (2.1.1-rasm).
Atrof-muhit muhofazasi xalqaro miqyosda nafaqat ekologik talablar, balki ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy talablarni ham o’z ichiga qamrab olgan holda shakllanadi. Lekin nazariy jihatdan qaraganda, tabiatni muhofaza qilish me’yorlari faqatgina xalqaro ekologik munosabatlarni inobatga oli­shi kerak. Chunki ekologik muammolar dunyoviy muammolar – inson huquqla­ri, iqtisodiy, energetik, yadro urushi, oziq-ovqat, ta’lim kabi muammolar bilan uzviy bog’langandir. Ular milliy ekologik munosabatlar bilan be­vosita yoki bilvosita aloqadorlikda bo’lgani uchun ham mahalliy, regional, global masalalar qatoridagi yagona muammolar tizimi sifatida qaraladi.
Ekologik munosabatlarni tartibga solishda tabiat – jamiyat munosa­batlariga oid aniq qoida-prinstiplarga yondashiladi. Mazkur prinstiplar har bir millat yoki davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’ri­fiy-madaniy, milliy holati va an’analariga asoslangan tarzda belgilan­sa, xalqaro miqyosda esa ikki va undan oshiq millat, xalq yoki davlatlarning umumiy manfaatlariga va insonlarning umumiy xavfsizligiga yondashadi. Xalqaro prinstiplar – xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan xalqaro huquq sub’ektlarining boshqaruv qoidalari.



2.1.2-rasm. Global va regional ekologik boshqaruv prinstiplari



Download 298,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish