7- mavzu. Global va regional ekologik boshqaruv


Universal va maxsus boshqaruv turdagi ekologik tashkilotlar



Download 298,58 Kb.
bet6/10
Sana22.04.2022
Hajmi298,58 Kb.
#572785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-mavzu Global va regional

2.2. Universal va maxsus boshqaruv turdagi ekologik tashkilotlar
Xalqaro ekologik boshqaruv tashkilotlar, konferenstiyalar va jamg’ar­malar orqali yuritiladi. Umuminsoniyat qadriyatlaridan biri bo’lmish Er kurrasidagi ekotizimlarni muhofaza qilish va ularning resurslaridan oqilona foydalanishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan ekologiktashkilot­lar, muassasalar va idoralar o’zlarining faoliyat doirasiga ko’ra univer­sal va regional turlarga ajratiladi.
Universal xalqaro ekologik boshqaruv tashkilotlari faoliyat do­irasiga ko’ra turli toifadagi, siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy rivojla­nish yo’nalishidagi hamda dunyoning barchamintaqalardagi davlatlarning ekologik munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan xalqaro muassa­salar. Ularga BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari kiradi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) – 1945 yilning 25 sentyabri­dan buyon faoliyat yurgizib kelayotgan eng nufuzli xalqaro davlatlararo tashkilot bo’lib, u o’z oldiga davlatlar o’rtasida tinchlik va xavfsizlikni saqlash, mustahkamlash va o’zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadini qo’yadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi BMT Nizomidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Bosh Assambleya – BMTning eng oliy toifadagi organlaridanbo’lib, u xalqaro miqyosdagi hamma dolzarb masalalarni kun tartibiga kirgizadi. Keyingi 30–40 yil mobaynida Bosh Assambleyaning kun tartibiga ko’pincha ekologik masalalar ham kirgiziladigan bo’lib qoldi. Bosh Assambleya atrof- muhit muhofazasiga doir muammolar yuzasidan unga a’zo davlatlar va Xavf­sizlik Kengashiga tegishli tavsiyalar berishga haqlidir. Shuning uchun ham Bosh Assambleya sessiyalarida yirik jamoat, davlat va siyosiy arboblarning ma’ruzasi tinglanadi hamda unga muvofiq xulosalar qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh As­sambleyasining 48, 50, 55-sessiyalarida hamda Mingyillik sammitda so’z­lagan nutqida jahon hamjamiyatining diqqat-e’tiborini Orol dengizi­ning qurib borayotganligiga va uning oqibatida kelib chiqayotgan ekologik inqirozli holatga qaratdi. 1995 yil 18–20 sentyabrda Toshkentda ushbu ta­shabbusga muvofiq, BMT rahbarligida Orol muammolariga bag’ishlangan xalqaro konferenstiya o’tkazildi.
BMTning ekologik tadbirlari uning asosiy organlari yoki yordamchi idoralari orqali amalga oshiriladi. Bosh Assambleya qoshidagi BMT­ning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EKOSOS) muayyan turdagi aniq vazifalarni bajaradi. Ular toifasiga ekologik masalalar ham kiradi. Ekologik masalalar uning rahbarligi ostidagi qo’mita va komissiyalar va­zifasiga yuklatilgan. Tabiiy boyliklar qo’mitasi ekologik vazifalarni bajarishda alohida o’rin tutadi. EKOSOS o’zining qo’mita va komissiyalar faoliyati natijalarini umumlashtirib, Bosh Assambleyaga tavsiyanomalar beradi va konvenstiyalar tayyorlaydi, o’z vakolat doirasida xalqaro ekolo­gik konferenstiyalar chaqiradi, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan birgalikda ekologik bitimlar tuzadi.
Aniq bir turdagi ekologik masalalarni BMTning ixtisoslashtiril­gan tashkilotlari olib boradi. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar BMT Nizomining 57-moddasiga muvofiq, davlatlar o’rtasida tuzilgan bitim­lar orqali tashkil etiladi va o’zlarining ta’sis hujjatlariga binoan, bevosita yoki bilvosita ekologik masalalar bilan 63-moddasida ko’rsatil­gan qoidalarga asoslangan holda faoliyat olib boradi. BMT qoshida fao­liyat ko’rsatayotgan 16 dan ziyod ixtisoslashgan tashkilotdan quyidagilari atrof-muhit muhofazasiga doir masalalar bilan bevosita shug’ullanadi.
BMTning atrof-muhit bo’yicha dasturi (YuNEP) 1972 yil 15 dekabr­da tashkil topgan. YuNEPning uchta bo’limi – boshqaruvchilar Kengashi, Atrof-muhit muhofazasini muvofiqlashtiruvchi kengash va Atrof-muhit jamg’armasi mavjud. Hal qiluvchi masalalar boshqaruvchilar Kengashi to­monidan ko’rib chiqiladi va amalga oshiriladi. Uning kun tartibiga sak­kiz yo’nalishdagi masalalarni hal qilish qo’yilgan:
● atrof-muhit sanitariyasi;
● aholi punktlarida kishilar salomatligi;
● er va suv muhofazasi;
● cho’llanishning oldini olish;
● okeanlarni muhofaza qilish;
● tabiat, yovvoyi hayvonlar va genetik resurslar muhofazasi; energetik muammolar;
● ekologik o’quv va tegishli mutaxassislarni tayyorlash; tabiiy resurslar savdosi, iqtisodi va texnologiyalari;
● xalqaro va milliy qonunchilikni kodifikastiyalash hamda unifika­stiyalash.
YuNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar ko’magida O’zbekiston Respublikasida Biologik xilma-xillikni saqlashning milliy strategiyasi va harakatlar rejasi hamda 20 dan ziyod milliy ekologik qonunlar ishlab chiqildi. O’zbekistonda ekologik axborot tizimi – YuNEP/GRID – AREN­DAL (Norvegiya) loyihasi tayyorlandi.
O’zining ekologik boshqaruv funkstiyalari bilan YuNEPga yaqin bo’lgan BMT tashkilotlaridan biri – madaniyat, fan va maorif masalalari bo’yi­cha xalqaro tashkilot (YuNESKO). YuNESKO 1948 yilda tashkil topgan va o’z Nizomiga muvofiq, u atrof-muhit muhofazasiga doir quyidagi masala­larni hal qilishda faoliyat yuritadi:

Download 298,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish