Mustaqillikning dastlabki yillarida O'zbekistonda ijtimoiy vaziyat. Davlatning ijtimoiy himoya siyosati
Reja:
1.Mustaqillikning dastlabki yillarida O'zbekistonda ijtimoiy vaziyat
2.Davlatning ijtimoiy himoya siyosat
3.Foydalanadigan adabiyotlar
Mustaqillik yillar
• Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Hattoki, 2008-2009 yillarda ro‘y bergan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoilida ham O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining o‘sish sur'atlari bo'yicha dunyo mamlakatlari ichida eng yuqorilaridan biri bo'ldi. 2010-yildan buyon O‘zbekiston YIMning yillik o‘sish sur’atlari 8 foizdan past bo'lmagan darajada qayd etilmoqda. Jahon hamjamiyati ekspertlari tomonidan tan olingan bu ijobiy natijalar zamirida respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ulkan salohiyati hamda mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning "o‘zbek modeli” asosida bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilayotgan aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan islohotlar yotadi.
Mustaqillik tufayli biz o’zligimizni angladik, ozod xalq va mustaqil davlat sifatida O’zbekistoninig bor bo’y- bastini ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni tug’ildi. Ozodlik bois bizni jahon tanidi, xalqimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning g’ayrati, azmu shijoati ila vatanimizning shon -shuhrati olam uzra yanada kengroq yoyilmoqda. Hurriyat bergan beqiyos imkoniyatlar negizida ertangi kunimiz – erkin va farovon kelajagimizni o’z qo’limiz bilan bunyod etmoqdamiz .
• Mustaqillik tufayli biz o’zligimizni angladik, ozod xalq va mustaqil davlat sifatida O’zbekistoninig bor bo’y- bastini ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni tug’ildi. Ozodlik bois bizni jahon tanidi, xalqimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning g’ayrati, azmu shijoati ila vatanimizning shon -shuhrati olam uzra yanada kengroq yoyilmoqda. Hurriyat bergan beqiyos imkoniyatlar negizida ertangi kunimiz – erkin va farovon kelajagimizni o’z qo’limiz bilan bunyod etmoqdamiz .
• Qisqa davr ichida davlat va jamiyat qurilishida huquqiy- siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy sohalarda ulkan yutuqlar qo’lga kiritildi, eng muhimi, odamlarimizning ongu shuurida tom ma’noda yangicha qarash va yangicha fikrlash asoslari shakllandi.
0‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoga yol
• 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo doirasida tranzit imkoniyatlari qulay iqtisodiy-geografik o‘ringa ega bo'lib, subregion davlatlarining o'zaro integratsiyalashuvida juda muhim rol o'ynaydi. Shu bilan birga, respublikamiz ko'p tarmoqli milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatlami yaratadigan tabiiy boyliklariga ega. Eng avvalo, davlatimizning mineral-resurs salohiyati alohida e’tiborga sazovor. O‘zbekiston hududida jami 120 ga yaqin turdagi foydali qazilmalarning 2700 ta коnlari topilgan. Jumladan, O‘zbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari bo‘yicha 4-o‘rin, uran bo'yieha 7-o‘rin, molibden bo'yieha 8-o‘rin, mis bo'yieha esa 10-o‘rinda turadi. Yoqilg'i-energetika resurslari ichida tabiiy gaz eng katta ahamiyatga ega bo'lib, uning zaxiralari bo'yicha O‘zbekiston dunyoda 14-o‘rin egallavdi. Noruda qazilma boyliklar bo'yieha kaliy tuzlari va fosforitlar qazishda dunyoda yetakchi o'rinlaridan birida turadi. Turli foydali qazilmalarning yirik konlariga, asosan, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi boy hisoblanadi. Demak, mineral resurslaming ulkan zaxiralari yurtimizda rangli metallurgiya, yoqilg'i, kimyo va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Qisqa tarixiy davr mobaynida O‘zbekiston xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarga kirishish, milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, sanoatni rivojlantirish, mamlakatning oziq-ovqat, energetika va transport xavfsizligini ta'minlash kabi murakkab vazifalar yechimiga bosqichma-bosqich, muvaffaqqiyatli erishdi.
• Qisqa tarixiy davr mobaynida O‘zbekiston xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarga kirishish, milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, sanoatni rivojlantirish, mamlakatning oziq-ovqat, energetika va transport xavfsizligini ta'minlash kabi murakkab vazifalar yechimiga bosqichma-bosqich, muvaffaqqiyatli erishdi.
• RespublikaYIMning o'zgarish dinamikasida 3 ta davrni ajratish mumkin. Birinchisi, 1991-1996-yillarni o‘z ichiga olib, iqtisodiy pasayish bilan tavsiflangan. Bu holat, asosan, sobiq Ittifoq doirasidagi hududiy mehnat taqsimoti tizimi, O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlari va korxonalarining boshqa respublikalarning xo‘jaligi o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarning uzilishi natijasida kelib chiqdi. 1997-2003-yillar oralig'idagi ikkinchi bosqich milliy iqtisodiyotning barqarorlashuvi va YIM o'sishining boshlanishi davri bo‘ldi. Uchinchi davr 2004-yilda boshlanib, hozirgacha davom etmoqda. Bu yillarda uchun O‘zbekiston YIMning 8,0 foizdan past bo‘lmagan sur’atlar bilan o‘smoqda.
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi
• O`zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari respublikaning har bir tuman va viloyat imkoniyatlaridan umumdavlat va hududiy manfaatlarda oqilona foydalana olishga bog`liq.
• O’zbekiston Respublikasi o’z Mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab yosh avlodning barkamolligi, mustaqil fikrli va mas’uliyatli bo’lishi hamda milliy istiqlolni qadrlash, milliy qadriyatlarga chuqur hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismonan va ma’nan sog’lom bo’lishi uchun bir qator tizimli ishlarni amalga oshirdi. Shu bilan birga, ularning haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarining himoyasini ta’minlash maqsadida huquqiy asoslar ham yaratildi.
Davlatning ijtimoiy himoyasi
• Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan ibo-rat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.
Oʻzbekistonda I. h. tizimi 20-asrning 20-y.laridan boshlab shakllana boshladi. 90-y.larga kelib, bozor iqtiso-diyotiga oʻtish asosida amaldagi islohotlarga mos ravishda yangidan shakllandi. Ayniqsa, milliylik, oʻzlikni anglash, eʼtiqod va anʼanalarning tiklanishi I.h. tizimiga muhim yangilik boʻlib qoʻshildi.
• Oʻzbekistonda I. h. tizimi 20-asrning 20-y.laridan boshlab shakllana boshladi. 90-y.larga kelib, bozor iqtiso-diyotiga oʻtish asosida amaldagi islohotlarga mos ravishda yangidan shakllandi. Ayniqsa, milliylik, oʻzlikni anglash, eʼtiqod va anʼanalarning tiklanishi I.h. tizimiga muhim yangilik boʻlib qoʻshildi.
• Oʻzbekistonda aholini I.h. qilish iqtisodiy islohotlar dasturidagi uz-luksiz ustuvor yoʻnalishlardan biriga, yaʼni islohotlarning hamma bosqichlarida ustuvor hisoblanadigan va-zifalar qatoriga kiradi. Mamlakatda ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti barpo qilishda davlat tomonidan kuchli I.H- siyosati olib borilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat Oʻzbekistonning oʻz istikdol va taraqqiyot yoʻlining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Respublikada I. h.ning huquqiy muhiti yaratildi, unga qonuniy asos solindi. I.h. tamoyillari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda oʻz aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Keng miqyosda yangi ish joylari yaratilishi aholini ish bilan taʼminlash ishsizlik muammosini hal qilmoqda (mamlakatda ishsizlikning statistik koʻrsatkichi — 0,5—0,6%). Bunda, ayniqsa, kichik va oʻrta biznespi rivojlantirish, kasanachilik qoʻl kelmoqda. Tovarlar sifati, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida amalga oshirilayotgan tadbir-choralar isteʼmolchilar himoyasini shakllantirib, aholi manfaatlarini taʼminlamoqda. Inflyasiyaning oldini olish, soʻmning harid kuchini saqlash, biznes-tijorat ustidan davlatning maromiy nazoratini oʻrnatish, marketing , savdo, reklama kabilarni tartiblashtirish I.h. ni rivojlantirmoqda. Ekologiya bilan bogʻliq bir qancha katta himoyalash ishlari amalga oshirilib, suv, havo, yer va mahsulot tozaligiga erishilmoqda.
• Respublikada I. h.ning huquqiy muhiti yaratildi, unga qonuniy asos solindi. I.h. tamoyillari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda oʻz aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Keng miqyosda yangi ish joylari yaratilishi aholini ish bilan taʼminlash ishsizlik muammosini hal qilmoqda (mamlakatda ishsizlikning statistik koʻrsatkichi — 0,5—0,6%). Bunda, ayniqsa, kichik va oʻrta biznespi rivojlantirish, kasanachilik qoʻl kelmoqda. Tovarlar sifati, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida amalga oshirilayotgan tadbir-choralar isteʼmolchilar himoyasini shakllantirib, aholi manfaatlarini taʼminlamoqda. Inflyasiyaning oldini olish, soʻmning harid kuchini saqlash, biznes-tijorat ustidan davlatning maromiy nazoratini oʻrnatish, marketing , savdo, reklama kabilarni tartiblashtirish I.h. ni rivojlantirmoqda. Ekologiya bilan bogʻliq bir qancha katta himoyalash ishlari amalga oshirilib, suv, havo, yer va mahsulot tozaligiga erishilmoqda.
Respublika Prezidentining "Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmoniga (1994-yil 23 avg .) koʻra, voyaga yetmagan farzandlari boʻlgan koʻp bolali oilalar, kam pensiya olayotganlarning oilalari, nogironlarning oilalari, ishsizlar va boquvchisini yoʻqotganlarning oilalari, yolgʻiz pensionerlar va kam daromad olayotgan muhtoj oilalarga moddiy yordam berilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 10 dek.dagi farmoni bilan 16 yoshgacha farzandi boʻlgan kam taʼminlangan oilalar davlatning alohida otaligʻiga olindi, 2002-yil 25 yanvardagi farmonga binoan ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan farzandli oilalar do-irasi umumtaʼlim maktablarida, akademik litseylarda va kasbhunar kollejlarida oʻqiyotgan 18 yoshgacha farzandi boʻlgan oilalar hisobiga kengaytirildi.
• Respublika Prezidentining "Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmoniga (1994-yil 23 avg .) koʻra, voyaga yetmagan farzandlari boʻlgan koʻp bolali oilalar, kam pensiya olayotganlarning oilalari, nogironlarning oilalari, ishsizlar va boquvchisini yoʻqotganlarning oilalari, yolgʻiz pensionerlar va kam daromad olayotgan muhtoj oilalarga moddiy yordam berilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 10 dek.dagi farmoni bilan 16 yoshgacha farzandi boʻlgan kam taʼminlangan oilalar davlatning alohida otaligʻiga olindi, 2002-yil 25 yanvardagi farmonga binoan ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan farzandli oilalar do-irasi umumtaʼlim maktablarida, akademik litseylarda va kasbhunar kollejlarida oʻqiyotgan 18 yoshgacha farzandi boʻlgan oilalar hisobiga kengaytirildi.
Hulosa
• Yurtimizdagi bugungi tinch va osoyishta, bunyodkor hayot, barqaror taraqqiyot bunday yondoshuvning naqadar to’g’ri bo’lganini va uzoqni ko’zlaganini tasdiqlab bermoqda. Mas’uliyatli paytlarda, keskin ijtimoiy larzalarga olib keladigan har qanday inqilobiy harakatlarga qarshi, tadrijiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan o’z yo’limiz bor va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz, deb aytilgan qat’iy so’z va mustahkam siyosat bugun ham izchil amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston mustaqil taraqqiyot va istiqlol yo’lida, yangi jamiyat, erkin va farovon hayot qurish yo’lida ko’p tajribaga ega bo’layotgan ekan, hech shubhasiz o’zbek xalqi uchun muqaddas va aziz bo’lmish O’zbekiston zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan insonlar uchun muhim bir haqiqat tobora aniq va ravshan bo’lib bormoqda. Bu O’zbekistonning yer yuzida baquvvat asoslarga ega bo’lgan zabardast davlat bo’la olishiga mustahkam ishonchdir.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |