6-mavzu: jamiyat va inson falsafasi


Hozirgi zamon sivilizatsiyasi: yangi paradigmalarni shakllantirish yo`lidagi izlanishlar



Download 270,96 Kb.
bet22/43
Sana14.04.2022
Hajmi270,96 Kb.
#550426
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Bog'liq
6- Mavzu

Hozirgi zamon sivilizatsiyasi: yangi paradigmalarni shakllantirish yo`lidagi izlanishlar.
Insoniyatning butun tarixi davomida xalqlar va davlatlar o`rtasidagi munosabatlar urush va zo`ravonlik asosida qurib kelingan. Bu begona hududlar, boyliklar, mehnatni o`zlashtirish orqali, boshqadavlat va xalqlarning manfaatlari hisobiga o`z manfaatlari va ravnaqini ta`minlashning eng oddiy va samarali usuli bo`lgan. Siyosatni zo`ravonlik nuqtai nazaridan shakllantirish tamoyili ijtimoiy ongga shunchalik chuqur singib ketganki, hattoki bugungi kunga kelib ham bu ba`zida tabiiy va normal holat sifatida qabul qilinadi. Bunday an`anada huquqiy va ahloqiy regulyatorlar, agar ularning ortida muayyan kuch turmasa, hech qanday qadr-qimmatga ega bo`lmagan.
SHu o`rinda Nikkolo Makiavellining mashhur «Podshoh» asaridan quyidagi mulohazalarni keltirish o`rinlidir: «Barcha davlatlarda… yaxshi qonunlar va yaxshi askarlar hokimiyatning asosini tashkil etadi. Ammo yaxshi askarlar bo`lmagan joyda yaxshi qonunlar ham bo`lmaydi, va aksincha, yaxshi askarlar mavjud erda yaxshi qonunlar hukm suradi»44.
Boshqacha qilib aytganda, harbiylar («askarlar»)siz samarali huquqiy tizimning mavjud bo`lishiga muammoli holat sifatida qaraladi. YAngi mamlakatlarni iste`lo qilish va bosib olingan hududlarda o`z hokimiyatini ushlab turish yo`llarini batafsil bayon etar ekan, Makiavelli quyidagi xulosaga keladi: «SHunday qilib, podshohning harbiy yurishlar, harbiy mo`ljallar va harbiy fandan tashqari boshqa niyati ham, tashvishi ham, ishi ham bo`lmasligi lozim»45.
XX asrga kelib, vaziyat asta-sekin, qiyinchiliklar bilan bo`lsa-da, o`zgara boshladi. Biz qadam-ba qadam urush va zo`ravonlik kategoriyalariga tayangan siyosat tamoyillari va tafakko`rining huquqiy va axloqiy normalar ustivorligiga asoslangan tafakkurga o`rin bera boshlaganini ko`rishimiz mumkin. XXI asrda bunday tafakkur asosiy paradigmaga aylanishi kerak.
Ikkita jahon urushi va ko`plab mintaqaviy mojarolar tajribasi, yadro urushi oqibatlari butun insoniyatni halokat yoqasiga olib kelishini anglash, xalqaro terrorizm xavfi – zo`rlikka asoslangan siyosat va tafakkur usulining istiqbolsiz ekanligini yorqin namoyon qildi. Harbiy mojarolar hanuzgacha sayyoramizning goh u, goh bu erida (Afrika, Afg`oniston, YAqin SHarq, Bolqon va boshqa «olovli» nuqta-larida) sodir bo`lib turishiga qaramay, dunyo ijtimoiy ongida zamonaviy qurol-yarog`larning xususiyatlari va har qanday harbiy harakatlarning ehtimoliy (ekolo-gik, iqlimiy-genetik va boshqa) oqibatlaridan kelib chiqqan holda kuchlar qarama-qarshiligi tarixan o`z intihosiga etdi, degan fikr tobora mustahkamlanib bormoqda.
Kishilar milliy, diniy, sinfiy va boshqa o`ziga xos manfaatlar bilan bir qatorda, barchaga tegishli umumbashariy manfaatlarga ham ega ekanligining tushunib etishi – XX asrning muhim kashfiyotlaridandir. Bunday umumiy manfaatlarning mavjudligi bugungi kunning realligi bo`lib, u eng avvalo insoniyatning er yuzida omon qolishi bilan bog`liq. Bu masala harqaysi davlat yoki davlatlar guruhiga, har qanday ijtimoiy etnik va diniy umumiyatga tegishlidir.

Download 270,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish