6. kiyimdagi dekor va tanlanadigan materiallar


- rasm. SHakl elementlarining o’zaro dinamik va statik ta`siri



Download 66,15 Mb.
bet29/52
Sana11.09.2022
Hajmi66,15 Mb.
#848636
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
Bog'liq
Композиция асослари Н Гафурова, Л Махмудов

26 - rasm. SHakl elementlarining o’zaro dinamik va statik ta`siri:
a - Oryol guberniyasi kostyumi (XIX asr); b - Dogiston kostyumi (XIX asr).
Dinamika hususiyatlarini inobatga olib, gavdaning tashqi ko’rinishini o’zgartirish mumkin. Masalan, figurani balandroq ko’rsatish uchun dinamikani yuqoriga yo’naltirish lozim, ozg’inroq ko’rsatish uchун esa dinamika gorizontal yo’nalishda markaz tomonga yo’nalishi kerak.
3.8. KONTRAST, NYUANS, O’XSHASHLIK
SHakl elementlari o’xshashlik printsipiga kontrastlik printsipiga binoan birlashgan bo’lishi, ya`ni haмма qismlar takrorlanishga asoslangan yoki shakl, rang, hajmlilik darajasi, fakturadagi chiziqlar jihatidan birqbiriga qaramaqqarshi ko’yilgan bo’lishi mumkin. Konstrast kompozitsiyadagi turli yo’nalishlarning kurashi, bir - biriga karama - karshiligi bo’lib, bu rassomlarning hamma vaqt eng keng foydalanib kelgan vositalaridan biri bo’lib kelgan. Kostyum tarixida kontrastlik mavzusi asar xarakteri, davr uslubi, avtor individualligi kandayligiga qarab eng xilmaqxil ifoda topib, asrlar davomida o’zgarib kelgan.
Kostyum kompozitsiyasining asosi odam figurasi kontrast asosida yaratilgan: uning vertikal tuzilishi gorizontal o’lchamlari bilan kontrastdadir. Demak, figuraning tuzilishi kostyum kompozitsiyasiга kontrast kiritishga imkon beradi. Figuraning barcha qismlarida kontrastni qo’llash mumkin. qo’l va elka eng faol zona deb hisoblanadi. SHaklning kontrastiga uning miqdori va turini grafik taqqoslash yordamida erishiladi. CHiziqlari o’xshash shakllarda figurani barcha konstruktiv kamarlarida kontrastni qo’llash mumkin. Geometrlashgan shaklning silueti figurani shakli bilan kontrastda kostyum qismlari esa vazn nisbatlari bilan bo’lishi mumkin.
Engning ta`siri ikki xil bo’lishi mumkin: eng shakli neytral bo’lsa, asosiy qismlarining kontrastiga halaqit bermaydi, yoki u shaklni birorqbir shakliga nyuansli bo’ladi. SHunga ko’ra siluetda shakl kontrasti kuchayadi, qaerda faqatgina lif va yubkani kattaligini o’zgartirmasdan, eng shakli va vazni o’zgargan. Engda egri chiziqli shakllar kiritilganligi tufayli kontrast kuchayadi. SHaklning vazni ko’payishi siluetni og’irlashishiga olib keladi. SHunday qilib kostyum odamni o’ziga bo’ysundiradi va salobatli qilib ko’rsatadi. Kostyumda rang, faktura kontrastlari ham muhim rol' o’ynaydi. SHunisi g’alatiki, kontrastning kuchliligi - uning zaif tomonidir.
Idrok etishga aktiv ta`sir etuvchi vosita bo’la turib, unda salbiy tomonlari ham bor: u odamni tez charchatadi va tez jonga tegadi, chunki u doimo o’ziga e`tiborni tortib turadi. har qanday kuchli ta`sir etuvchi vosita ehtiyoj bo’lishni talab qiladi, bunday vositani haddan tashqari har qanday taassurotni buzib yuboradi. Kontrast bilan foydalanganda muayyan darajadan oshmaslik, kontrast me`yorini saqlash kerak. Kontrast kompozitsion vositasi asosan bashang, sport, tomoshaga oid kostyumlarda qo’llanadi.
Kontrast kompozitsiyasidagi turli yo’nalishlarning kurashi, birqbiriga qarama - qarshiligi bo’lib, бу rassomlarning hamma vaqt eng keng foydalanib kelgan vositalardan biri bo’lib kelgan.
Kontrastga asoslanib tuzilgan kompozitsiyaning moxiyati - uning ta`sirining aktivligidadir. Nyuans nisbatlaridan kontrast nisbatlarining farqi shundaki, bular darhol ko’zga tashlana koladi. Zerikarli geometrik shaklning ifodaliligini undagi ichki chiziqlarning, rangning, fakturaning bir-biriga ta`siri kontrastligidan foydalanib oshirsa bo’ladi.
Nyuanslar kompozitsiya vositasi tariqasida proportsiyalarda, maromda, gul va tus nisbatlarida, dekorda, plastikada, andaza qo’yib chiziladigan murakkab egri chiziqlar yordamida shakllar tuzishda va hokazolarda ko’rinadi.


Download 66,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish