1. 1. TIKUV BUYUMLARINI LOYIXALASHDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR
Arxeologlar fikricha, kiyim insoniyat rivojlanishi davrining ilk bosqichida, bundan 40 - 25 ming yil ilgari paydo bo’lgan. Obqhavo ta`siri, hasharotlar chaqishidan saqlanish maqsadida, odamzot o’z tanasini, loy, yog’, tatuirovka, o’simlik bo’yoqlaridan foydalanib, o’zlarini himoya qilishgan. Bular kiyimning birlamchi ko’rinishi bo’lib hisoblanadi.
"Kostyum", "kiyim", va "moda" tushunchasi birqbiriga o’xshash ma`noda keladi. Ammo bular o’xshaш bo’lsa ham, ular birqbiridan farq qiladi. "Kiyim" frantsuzcha "vetement" so’zidan olingan bo’lib, odam tanasini o’rab turadigan qobiq ma`nosini anglatadi. Masalan: ilk bor kiyim belgilarini paleolit odamlar kashf etganlar. Ular hayvon va baliq terisini elkalariga tashlab yurganlar, o’tlarni birlashtirib yubka ko’rinishda kiyganlar. So’ngra har xil matolar paydo bo’la boshlagach, odamlar mato bilan o’ranib yurganlar. Qadimgi Misrda matodan bosh va qo’l uchun alohida o’yiklar hosil qilinib, elkaga tashlab yurishgан.
"Kostyum" so’zi ham frantsuz tilidan olingan bo’lib, kiyim tushunchasiga o’xshash. Kostyum va kiyim odamning tanasini yopadi, ammo farqi ham bor. Kostyum tushunchasiga kiyim, poyabzal, soch turmagi, bosh kiyimi, qo’lqop, taqinchoqlar va grim kiradi.
"Kiyim" va "kostyum" tushunchalari - insonning gavda tuzilishi va obraziga nisbatan ko’rib chiqilishi zarur.
Kiyim - bu materiallarning odam tanasidagi qobiq sistemasi bo’lib, tanani iqlim ta`siridan saqlaydi va odamning o’ziga xos ba`zi xususiyatlarini namoyon qiladi.
Kostyum - bu kiyim qismlarining mo’ayyan obrazliqbadiiy sistemasi bo’lib, ushbu qismlarni insonning individual obrazini yoki ijtimoiy guruhsini xarakterlovchi, qaror topgan printsiplarga asosan yaratilgan va mo’ayyan tarixiy boskichda erishilgan ma`lum texnik, ilmiy va madaniy yutuqlarni aks ettiradi.
Odatda, erkaklar va ayollar kiyimining pidjak va shimdan yoki jaket va yubkadan iborat ma`lum bir turi ham kostyum deb ataladi. qo’shimchalar kostyumga tugallik ko’rinishini beradi. Bo’larga sharf, sumka, zont, hassa, qo’lqop, taqinchoqlar kiradi.
"Ko’ylak" terminining ikkita ma`nosi bor. Birinchidan, bu bevosita badan ustidan kiyiladigan ich kiyimni bildirsa, ikkinchidan ich kiyim ustidan kiyiladigan engil kiyimdir. Bundan tashkari ayollarning eng keng tarqalgan kiyim turi ham ko’ylak deyiladi.
Kiyim - kechak - bu ma`lum vazifaga mo’ljallanganlikni ifoda etuvchi detallar xarakteriga binoan sinchiklab tanlangan, kosmetika va soch turmagi bilan qo’shilib, kostyumni tuldiruvchi va bezovchи buyumlar bilan birlashgan kiyim. Maqsadiga qarab kiyimqkechak maishiy, kechalik, ishlik, tantanavor, sportbop va hokazo bo’lishi mumkin.
Garnitur - bu odatda aynan bir tur materialdan tayyorlanib, ma`lum bir maqsadga muljallangan bir sidra kiyimlar yig’indisi (ich kiyim garnituri, zargarlik buyumlari va hokazo).
Garderob - bu bir kator hollarda zarur bo’lgan bir sidra kiyim komplektlari va kostyumni tuldiruvchi boshqa qo’shimcha buyumlar, ya`ni bir kishining yoki butun oila a`zolari barcha kiyimlarining yig’indisi.
Komplekt - bir xil yoki har xil materialdan tayyorlangangan, maqsadi va uslubiy xal etilishi umumiy bo’lgan tula bir sidra buyumlar tuplami: komplektdagi ayrim buyumlarni muljallanganligi va uslubiy xal etilishi o’xshash boshqa buyumlarga almashtirish mumkin. Komplekt - bu ochiq sistema bo’lib, ayrim buyumlarni unga qo’shish va undan olish mumkin.
Ansambl' - kostyumning mo’ayyan badiiy uslub birligiga ega bo’lgan barcha qismlarining yig’indisidir o’zaro mustahkam birlikni bildiradi. Ansambl' - bu biror qismini olib tashlab bo’lmaydigan va biroр boshqa qism qo’shib bo’lmaydigan yopik sistema. U bir yo’nalishga qaratilgan kostyum, ya`nи ansambl' - bu inson obraziga ajratilgan kiyimlar majmuasidir. Ansambl' murakkab tuzilmadan tuzilgan bo’lib, bir nechta qismlardan iborat, uning ichiga ustki va oyoq kiyimi, bosh kiyimi va taqinchoqлар
Nabor - umumiy vazifa ado etuvchi bir qancha buyumlar: unda material bilan uslub birligi bo’lishи shart emas (bolalarning ich kiyim nabori).
"Model'" so’zi kiyimga nisbatan qancha, shakli, materiali, bezagi yoki boshqa sifatlari yangichа bo’lgan kiyim namunasini bildirib, ulardan tikuvchilik tsexi, artelda yoki uyda namuna - mahsulot sifatida foydalanishadi.
Bir nomli kiyim guruhsidagi shakl, bichiq va boshqa xususiyatlar farqi fason deb ataladi. Fason kiyim modelining o’ziga xos xususiyatlari yig’indisini bildiradi.
Kollektsiya - obrazli echimi, uslubi, konstruktsiyasi, shakli va materiallar strukturasining yagonaligi asosida qurilgan, vazifasi turlicha bo’lgan modellar seriyasidir.
Maket - bu bir buyum hajmining tasviri, uning shakli, proportsiyasi va funktsiyasini tasvirlovchi buyumdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |