6. kiyimdagi dekor va tanlanadigan materiallar


-rasm. Kompozitsion tuzilish



Download 66,15 Mb.
bet8/52
Sana11.09.2022
Hajmi66,15 Mb.
#848636
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
Bog'liq
Композиция асослари Н Гафурова, Л Махмудов

6-rasm. Kompozitsion tuzilish
Ma'lumki, kompozitsiya yaratish orasida har bir ijodkorning o’z uslubi, yo’li bo’ladi. SHu sababdan kompozitsiya yaratayotgan ijodkor unga qobiliyati darajasida yondashadi. Buni amaliy san`atda, manzarali rangqtasvirda, mahobatli devoriy rasmlarda, hatto kitobiy bezaklarda ham ko’rishi mumkin. Kompozitsiya odatda obrazlar vositasida yaxlit ma`no beruvchi tasvirlarning asosi sifatida namoyon bo’ladi. U tasvirdagi asosiy mazmunni yuzaga chiqaruvchi "kalit" hisoblanadi va asarning qimmatini belgilovchi sifatlarni o’zida mujassam etadi.
Kompozitsiya har qanday tasvir ifodasini kuchaytiruvchi, kishini o’ylashga, beixtiyor fikrqmulohaza yuritishga undovchi ta`sirli kuchga ega. CHukur badiiy ifodaga ega mukammal kompozitsiya yarata olish har bir san`atkor ijodida naqadar katta ahamiyatga eka ekanligini jahon rassomlari qadimqqadimdan e`tirof etib kelganlar. Uning ko’pdanqko’p zarur qonunqqoidalarini qaytaqqayta yangilab, mukammallashtirib, to’ldirib kelganlar. Kompozitsiyaga nisbatan ayrim etuk ijodkor tomonidan qo’yilgan talablar quyidagicha ta`riflanadi: "Asar sodda, ravon bo’lmog’i kerak. Axir, kompozitsiya eng asosiy echimni, o’ziga xos jihatlarni tanlab olishdan iborat emasmi"... Yoki "Kompozitsiya ko’p qonunqqoidalardan iborat bo’lishiga qaramay, menimcha uning muhim tomoni shundaki, san`at asari turmushdagi tasodifiy voqealarga qaraganda, hayotni chuqurroq, mazmunan ishonarliroq qilib aks ettiradi". "Kompozitsiyaning mahorati yaxlitlik yo’lida xususiylikni qurbon berishdadir, lekin bu qurbon berish zarur unsurni butunlay yo’q qilish degan so’z emas, chunki ularsiz katta shaklning mavjudligi hosil bo’lmaydi" [7].
Har bir ijodkor hayotda va ijodda katta sinovdan o’ta olsagina baholovchi tomonidan tan olinadi. SHu sinovlarga bardosh bergan namunalargina kelajak avlodlarga meros qoladi. Badiiy talqin "kompozitsiya" o’zbek san`atining ham sirli kaliti hisoblanadi. Ko’plab yuksak mahoratli ijodkorlar tomonidan asrlar davomida yaratilgan madaniy "ne`matlar" san`atimiz tarixini qamrab boyitib kelmoqda. Ulardan ko’p uslublarni meros qilib olish hozirgi kunning muhim vazifalari qatoriga kiradi. U yoki bu asar kompozitsiyasining shartli ma`nosini anglash, unda nima ifodalanayotgani va bu bilan qanday fikr aytishoqchi ekanligini aniqlash uchun keltirilgan obrazlar mohiyatini to’g’ri tushunmoq kerak. Xalq tasviriy san`ati ijodiy uslublarida, jumladan, qadimiy mo’`jaz suratlarda uslub xususiyati jihatidan mazmunga mos keladigan turli rang, buyum va ashyolar (me`morchilik bezaklari, turli naqshlar, qadimiy kiyimqkechaklar va h. k.) tasviridan ustalik bilan foydalanilgan. SHunday tasviriy vositalar asosida qurilgan kompozitsiyada - ko’pdanqko’p bezaklardan timsol sifatida foydalaniladi, ular orqali mo’ayyan sifat, kayfiyat (xoh ijobiy, xoh salbiy) anglashiladi. Ko’pgina tasvirlarning bevosita va majoziy ma`nolarini aniqlash bilan, surat haqida shaklqshubhaga o’rin qoldirmaydigan qat`iy xulosalar chiqariladi. SHunday hollarda san`atshunos badiiy faraz qilishga majbur bo’ladi. Modomiki, shunday ekan, ularning kompozitsion ifodasini topishda, to’gri va majoziy ma`nolarni izohlashda tadqiqotchi birmuncha kamchiliklar, noaniqliklar va chalkashliklarga yo’l qo’yishi tabiiy hol.
Bu sohada jon kuydirib ijod qiluvchi: shoir, musiqachi, me`mor, rassomqkonstruktorlarning niyatlari o’zlaridan keyin ishonarli kompozitsion tayanch nuqtasini kelgusi avlodga me`ros qilib qoldirishdir. Ma`lumki, oldindan rejalashtirilgan har qanday puxta yo’lqyo’riq, san`atda qo’llaniladigan usluб ham, yosh ijodkorlarni san`at "tojkursisiga" osonlik bilan chiqarib qo’ymaydi.




Download 66,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish