2.3. TASVIRNI KO’RA BILISH
Ko’rinib turgan yoki tasavvur etilayotgan ob`ektni bevosita tasviriy yuzaga ko’chirish - uniнг ifodali talqiniga kafil bo’lmaydi. Ifoda darajasi - ob`ektning badiiy qiymatiga optimal yaqinlashuvi, бу badiiylik matoga qay darajada aniq ko’chganligi bilan belgilanadi. Lekin shu aniq mezon mavjud bo’lsa ham ob`ekt yangi muhitga ko’chayotib, qandaydir xususiyatlarini yo’qotadi. Jism yassi yuzagа ma`lum o’lchovlarga bo’ysungan holda to’shar ekan, ko’plab o’zgarishlarga uchraydi. Jismning asl ko’rinishi va mato sathidagi ifodasida mavjud qaramaqqarshi va nomutanosib hollarni hal etish kompozitsiya vazifasiga kiradi. Bunday ijodiy jarayon maqsadi yaxlit ifodani izlash, ya`ni badiiy shakл ekspressiyasidir.
Tasviriy vositalar emotsional plastik shaklga qat`iy moslashtiriladi. Bu zaruriyat esa ifoda yaxlitligini talab etadi. Lekin bu yaxlitlik - jismlar ko’rinishi, shakli ustidan to’la hukmronlik qilish, ularni xohlagancha chizib, tomoshabinga o’zga tushunchada tiqishtirish degan so’z emas, aksincha, uning ba`zi xususiyatlari ko’zga ko’rinarliroq bo’ls, o’sha xususiyat ifodasi kuchliroq ta`sirchan chiqadi.
Kompozitsiya jarayonini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
1. Bir muncha tugal bo’laklarga bo’linish va shu ondayoq yig’ilish.
2. Yig’ilishning tarqalishiga qarshi turish.
3. Inkor etish.
4. Abstraktlanish - aniqlikka olib kelish.
5. SHaklsizlik.
6. Turg’unsizlik holatidan muvozanat izlash. Murosasizlik - murosa mavqeini tiklash.
Kompozitsiya bu - dialektik jihatdan murakkab jarayon bo’lib, unda faqat eng kichik va oddiy zarrachalar emas, balki butun bir galaktik obrazlar sistemasi kurashi davom etadi. Bu qaramaqqarshiliklar kurashi mazmuni sport musobaqasi kabi qizg’in kurashlarda emas, aksincha o’zaro kelishuvchanlikka erishishda, ma`lum ifoda uchun jipsroq birlashuvdadir. CHunki turli unsurlar kelishuvchanligi asarga o’zgacha ma`no berib, boshqacha hayot bag’ishlaydi. SHuning uchun bu muhim unsurlarni topivd, tanlashga talabchan bo’lish lozim. Ana shunday topqirlik asarning tabiiyligini, purma`noliligini, jozibaliligini, umrboqiyligini ta`minlaydi.
Rassomning taxmini (fantaziyasi), dunyoqarashi, voqelikka munosabati pirovard natijada, unsurlarni sifat va son jihatdan tanlashida ko’rinadi. SHu o’rinda "Tasvirni tushunish uchun ham tavsiya kerakmi, yoki tasvir qanday yo’sinda ko’riladih" degan haqli savol tug’iladi. Suratga nigoh tashlaganda, diqqatqe`tiborni alohida buyumlarga qaratish va atrofdagi boshqa narsalarni unga nisbatan ko’rib chiqish mumkin. Bu holda atrofdagi muhit go’yo musavvir ta`biri bilan aytganda, "yonlama nigoh"dek idrok qilinadi va asosiy buyumlar ifodasiga bo’ysingan holda deformatsiyadа bo’ladi. SHuningdek, umumiy nigoh bilan, "uzoqdan" qarashda, har bir buyumni alohida ajratmay, rasmni yalpi holda ko’riladi. So’nggi holatda barcha detallar shu yaxlitlikka bo’ysunadi. Bu qonunga bo’ysungan buyumlar o’z mustaqil ifodasini yo’qotadi, demak, deformatsiyaga uchraydi, ya`ni o’zlarini yaxlitlik uchun qurbon qilib ifoda mohiyatlarini o’zgartiradilar. Idrok etishning bu ikki usuli kompozitsiya xususiyatini belgilab beradi, deyilsa xato bo’lmaydi. Birinchi holatda ifoda shiddati aniq seziladi, ikkinchi holatda esa hamma narsa bir tekis, bir xildek tuyuladi. Suratni ko’rgan kishi u yoki bu buyum alohida mavjud bo’lishi mumkinligini hatto tasavvur eta olmaydi. Lekin ba`zi rassomlar unsurlarni alohida tasvirlashga qiziqib ketib, ularga beixtiyor alohida urg’u berib qo’yadilar, natijada bunday unsurlar yaxlitlikdan "tushib qoladi". Bunday holatda kompozitsiyaviylikning eng muhim sharti, mezoni bo’lmish yaxlitlik buziladi. Kompozitsiya mahorati aslida yaxlitlik yo’lida xususiyqlikni qurbon berishdir. Lekin "qurbon berish" "unchalik muhim bo’lmagan" unsurni e`tibordan soqit qilish degan so’z emas. CHunki ikkinchi "toifali" unsurlarsiz asosiy shakl o’z ifodasini etarli darajada topa olishi mumkin emas. har bir holatda me`yorni bilish zarur. Mayda unsurlar katta miqyosni keltirib chiqaradi, shuningdek, "katta" shakl, vaqt jihatdan idrok etiladigan tasvirda ikkinchi darajaga tushib qolsa ham samara yaxshi bo’lmaydi. Bu holda asar o’z ta`sirchanligini, g’oyaviy salmog’ini yo’qotib qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |