20 - rasm. Xalq amaliy san`atidan namuna
O’zida olam sirlarini mujassamlashtirish qudratiga ega bo’lgan kompozitsiya har bir rassom tomonidan, uning dunyoqarashiga monand kashf etilaveradi. haqiqiy san`at asari umrboqiyligini ta`minlashda kompozitsiya o’tagan rolni badiiy ifodaning o’zga unsurlari aslo o’tay olmaydi.
Musavvir tomonidan yaratilgan tasviriy san`at asarlari kompozitsiyasi tabiat yaratgan go’zalliklarni o’zida obrazli tarzda mujassamlashtiradi. Bu go’zallikning umumlashma timsoli sifatida namoyon bo’ladi. har qanday ilmiy mulohazaga arziydigan asar kishilarda savollar uyg’otishi tabiiy holdir, Kompozitsiya o’z hajmi, tuzilishi strukturasi bilan tektonikdir. Tektonika - buyumlar shakli va ularning tuzilishi, ya`ni ko’zga tashlanib turadigan ifodasidir.
Kompozitsiya badiiy tuzilishni o’z ichida mujassamlashtirishi zarur. Agar kompozitsiyani ob`ektiв qonunlar asosida kuzatadigan bo’lsak, uni biron bir aniq qolipga sololmaymiz. Biz tabiat yaratgan mo’`jizalarga, tasviriy san`atda o’z mujassamini topgan go’zallikning afzal tomonlari orqali baho bera olamiz holos. SHuning uchun ham, kompozitsiyani ob`ektiv qonunqqoidalarga asoslanib bir tizimga solish qiyin. Tizimga solish deganda, kompozitsiya yaratish emas, balki ishlanadigan kompozitsiя andozasini o’zaro joylashtirishni tushunish kerak.
Kompozitsiya yaratish jarayonida buyumlarga oddiy nigoh bilan qarash, ko’rinib turgan narsalarni o’zgartirmay ko’chirish, bu ijodiy haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Tasviriy san`atda erishilgan ifoda qudrati albatta, hisobning manfiy yo’rig’i bilan o’lchanmaydi. Oddiy suratday haqiqat, san`at sifatida foyda keltirolmaydi. San`at haqiqati, bu nisbiylik, buyum va buyumlarni kompozitsiya qonuniга bo’ysundirib kerak bo’lsa, ularning sonini, sifatini, rangini tasviriy ifoda talabiga muvofiq o’zgartirishdadir.
3. KOMPOZITSIYA XUSUSIYATLARI
3.1. KOMPOZITSIYA QONUNLARI
Kompozitsion markaz qanday quriladih Inson ko’zi faqat mo’ayyan radiusda ko’radi. Rasmni ko’zning anatomik tuzilishiga mos qurish lozim. Axir u o’sha apparatning yordamida ko’rib chiqiladi, shu sababli uning kompozitsiyasining tuzilishi, albatta, shu qonunlarga bo’ysunishi kerak. Agar kompozitsiyaning markaziy joyini judayam chetga sursangiz, unda rasmda g’oyaviy ma`no ahamiyatini kamaytiruvchi oqlanmagan bo’sh fazo hosil bo’lishi mumkin.
Kompozitsiya markazi ortiqcha, aytaylik, chapga siljitilgan bo’lsa, shunday taassurot paydo bo’ladiki, rasmning romidan tashqarida chapda ham harakat davom etishi kerak, o’ng tomon esa - egallanmagan bo’shliq kompozitsiyasini "suyuqlashtiradi", tomoshabin e`tiborini rasm asosiy fikridan chalg’itadi. Bunday tuzilishda rassom rasmning tasviriy tekisligidan noto’g’ri foydalanadi. Ayni paytda kompozitsiyada g’oyaviy fikr aynan geometrik markazda juda kamdan kam olinadi. Gap kompozitsiya chizig’i haqida ketyabdi. Markaz bo’ylab bunday geometrik muvozanat hayotning bevosita qabul qilinishidagi taassurotlarga zid keladi.
Kompozitsiya markazi bir oz chetga surilishi mumkin, lekin holstning qolgan bo’sh joyini keraksiz material yoki bo’sh, hech narsa bilan oqlanmaydigan bo’shliqqa berish uchun emas. Bunda muvozanat qonunlari, holstning kompozitsiya bilan to’ldirilganlik hissini ko’zda tutish lozim. hech narsani olib tashlash mumkin bo’lmagan va qo’shish ham kerak bo’lmagan kompozitsiya enг qimmatlidir. Buni qonunlashtirmoqchi emasman, biroq rassomda har vaqt kompozitsiya muvozanatи va to’yinganligi hissi bo’ladi.
Kompozitsion - tashkiliy shakl, albatta boshqa qismlar bo’ysunadigan o’z asosiy qism yoki kompozitsion markaziga ega bo’ladi. Asosiy qism - kompozitsiyaning dominanti bo’lib, bu qismda elementlar o’zaro aloqalarining yigiladi. Kompozitsion markaz bo’lib, shaklning ixtiyoriy elementi yokи maydon bo’lishi mumkin.
Kostyumda kompozitsion markaz bo’lib, sumka yoki poyabzal ham bo’lishi mumkin. Bunda erkaklar kostyumida shim ostki kirkimi va tufli o’rtasidagi, ayollar kostyumida elka yoki belda turadigan kiyim va etik ustki qirqimi o’rtasidagi nisbatlar kabi kompozitsiya maydonlarining butun echimini aytib o’tish joizdir. Эrkaklar kostyumida shimlarning poyafzal ustiga tushirib kiyish urf bo’lishi - ularning poyafzal bilan aniq o’zaro kompozitsion aloqasi yuzaga keltirdi.
Kompozitsion markaz gavdaning istalgan qismida bo’lishi mumkin. Masalan, u yuzga yaqin joyda, belda, ko’krakda, bo’ksada, oyoq yaqinida, oldinda yoki orqada joylashgan bo’ladi. SHakl elementlarining o’zaro tengsizlikni belgilaydigan kompozitsion markazning boshqa qismlardaн ustunligini ta`kidlab beradigan xususiyatlarning qonuniyatlari asosida kompozitsion markazni bo’rttirib ko’rsatishga erishiladi. quyida shu konuniyatlarni ko’rib chiqamiз.
Miqdor qonuni - bir turli bezakning kattaqkichikligi, hajmi, massasi yoki miqdori kattaroq bo’lgaн boshqa qismlaridan ustunrok kelishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |