17- rasm. Tasvirdagi butunlik.
Yaxlitlikning harakatlanuvchi shaklini biz konstruktiv shakl deb, ko’rish shaklini esa - kompozitsion shakl deb atashimiz mumkin. Tasviriy materialni asarda harakatlanuvchi yaxlitlikka keltirish konstruktsiya bo’ladi. Ko’rish obrazini yaxlitlikka keltirish kompozitsiya bo’ladi. Konstruktiv tasvirning oxirgi shakli kino yoki fotomontaj bo’lib, unda apparatning ritmik harakati figura yasashi, fazonи chizishi mumkin. Bunda biz harakat bilan birlashtirilgan, vaqtda qabul qilinuvchi alohida lahzalarga ega bo’lamiz. Bunday tasvirda vaqt - harakatning ritmlashtirish asosiy bo’ladi.
Kompozitsion echimning oxirgi shakli stanokli rasm bo’lib, unda oxir muammosi markaz muammosi bilan qoplanadi, u erda biz vaqtni tugun qilib bog’lagandek bo’lamiz va u o’tmish va hozir kabi baholanadi, orqamizda turgan va atrofimizdagi o’tmish, va hammasini birlashtiruvchi borliq - kompozitsiya markazi. Vaqt shakli yaxlitligi haqida gapirsak, vaqt yoki harakat uch turda bo’lishi mumkin.
Birinchi turi bu biz o’zimiz harakatda bo’lganda boshini ham, oxirini ham bilmaymiz, faqat bir tekis va uzluksiz harakatni his qilamiz. Vaqt yoki harakatning ikkinchi turi bu biz, masalan, tog’ ustida turib, uning cho’qqisini ko’ramiz, ko’tarilish boshi haqida bilamiz va tushishi oxirini shu kabi faraz qilamiz. Birinchi vaqt shakli material va massa shakli bo’lsa, ikkinchi shakl konstruktiv shakl bo’lib, asosan deyarli har qanday adabiy asarga xos. Biz bu erda harakatni boshlanish, o’rta va oxiriga egamiz, bunda oxir muammosi, xususan, ko’p fazoviy asarlar uchun rol o’ynaydi, va adabiylar uchun u asosiydir, uning echimisiz biron bir asar rasmiylashtirilmaydi va bundan avantyurali axmoqona asarlar ko’p foydalanadi. Lekin yana uchinchi shakl ham bo’lishi mumkin.
Yaxlit tuzilgan adabiy asarlarda vaqt shakli shunday, va bu vaqt shakli kompozitsion deb atalishi mumkin. Bularning hammasi adabiyot sohasida tushunarli, lekin bu jihatlarning hammasi fazoviy asarlar vaqt shaklini ham tushuntirib beradi.
Fazoviy asarda vaqtning turli tashkil etilishiga egamiz. Libosda rassom vaqtni ma`lum jihatdan turlicha qayd etadi. Biroq biz faqat yuzadagi tasvirni qaraydigan bo’lsak, vaqtning turli tuzilishining butun qatorini bu erda ham aniqlash mumkin. Masalan, misrliklarda insonning turli nuqtai nazardan tasvirlangan rasmini ko’ramiz, ular insonni nuqtai nazardan emas, ko’rish tekisligida olishadi va shu sababli harakatni gorizontal bo’ylab quradilar, ularga ko’p yoki bir necha markazlar bilan hamma harakatlarni birlashtiruvchi friz ko’rinishini beradilar.
qayd etish qiziqki, biz vaqtdan qanchalik bevosita foydalansak, kino, fotomontajdagidek, materialimizni shunchalik soddaroq tashkil etamiz va, boshqa tomondan, biz tasvirlaydigan buyumlar kam o’zgaradi. Va aksincha, bizning harakatsizligimizda ko’rish faolligi juda rivojlanadi, endi harakatli emas. Ko’z bilan turli ko’rishlarni birlashtirish fazoning juda boy tasvirlanishini beradi va bunda ko’pincha buyum statikasini buzadi va uning odatdagi konturlari zarar ko’radi. Bunga misolni biz ikonada, Greko, Sezannda ko’ramiz. Umuman aytganda, barcha bu turdagi kompozitsiyalar ikki ko’zli ko’rishimizga asoslanadi, bu bizga katta tajriba beradi: harakat bilan to’la nuqtai nazarlar, turli vaqtli lahzalarni bir vaqtliga birlashtiradi.
Ijodiy jarayonning muhim sohasi - kompozitsiya o’ziga diqqat bilan qarab chiqishni talab etadi. Bu so’z bilan rassom mahorati tub masalalari, uning dunyoqarash, merosga qizikishi yoki befarqligи bog’liq. Tasviriy san`atning juda kam ishlab chiqilgan nazariyasi turli xato izohlarga olib keladi.
Kompozitsiya juda ham individual, rassom farosatiga bog’liq narsa ekanligi va, aytaylik, rassomchilikdek o’quv fani bo’la olmaydi degan qarash hali ham mavjud. Biroq yaqinroq olib qaraganda, aynan rassomchilikda etarlicha o’rnatilgan qoidalar va qonuniyatlarga asoslanuvchi kompozitsiyaga qaraganda aniq qoidalar kam. Kompozitsiya ilmiyquslubiy asoslanmaydi deb ta`kidlash juda qiziq, chunki odatda tasviriy san`atning har qanday turi asarining kompozitsiyasi, shу jumladan rassomchilik asari ham, oldindan o’ylab ko’riladi.
Rasm va rassomchilikni o’rganish asoslari kompozitsiya qonunlari bilan yaqindan birlashadi. San`atning mustaqil sohasi sifatida rasm o’ziga xos kompozitsion qoidalarga ega bo’lib, biz ularda batafsil to’xtalamiz. SHu bilan birga rasm rassomchilik, me`morchilik, badiiy bezak san`ati, libos kompozitsiyasi va hokazo asarlarini yaratishdagi barcha bosqichlarda qatnashadi, ba`zan ularda hal etuvchi rol o’ynaydi. SHuning uchun tabiiyki, biz bunday asarlarning kompozitsion xususiyatlarini ko’rib chiqishda kompozitsiyaning ba`zi qoidalari umumiyligi va tasviriy san`atning hamma turlari uchun shart ekanligini qayd etamiz. Me`morchilik, haykaltaroshlik, rassomchilik, shuningdek, badiiy bezak san`atida kompozitsiya ostida asar yaxlitligi, uning plastik birligi, shaklning g’oyaviy mazmun bila nshartlangani tushuniladi.
Kompozitsiyada hamma san`at turlari uchun shart bo’lgan qator qoidalar va faqat bir turga taalluqli qoidalarni ham ko’ramiz. Istiqbol qoidalari bo’yicha me`moriy loyiha, kartina, rasm komponovkalanadi. Ritm qoidalari barelef uchun ham, tekis ornament uchun ham bir. Rasmni mustaqil san`at turiga ajratib ko’ramizki, u umumiy kompozitsion qonuniyatlarga bo’ysunib, ayni paytda faqat unga xos belgilarga ham ega. Masalan, bu konturli va shtrixli rasm. Rassomchilik bunday ifoda vositalaridan saqlanadi. Ornament chiziq yoki yassi siluet bilan solinishi mumkin, buni barelef tuzilishda ko’zda tutib bo’lmaydи.
Kompozitsion rasm turli asarlarda (freskalar, barelef, gobelen, me`morchilik loyihasi) eskiz ishlanmalari ma`lum bosqichlarida ishtirok etadi. Odam gavdasi alohida qismlarining uyg’un bog’lanishi, me`morchilikda alohida qismlar birligi, odamlarning ma`no jihatdan guruhlanishi, ansamblda san`atlar bog’liqligi - bularning hammasiga "kompozitsiya" tushunchasini qo’llab bo’ladi. Rasmda syujetnи ba`zan kompozitsiya bilan bir deb xato qiladilar, albatta, adabiy fikrlarga olib keladi. Bir syujetning o’zi dumaloq me`morchilikda va rel'efda kompozitsion turlicha hal etilishi mumkin.
Kompozitsiya tasvir asosida yotgan ichki, g’oyaviy sabablardan kelib chikishi kerak. Rassom maqsadi - jonli, tushunarli obrazlarni va san`at asari g’oyaviy mazmunini yaqqol ochib beruvchi ifoda vositalarini topishdan iboratdir. Rasmda bunday vositalar kontur - chiziq, yorug’lik soyali berilish, shtrix, kompozitsiyaga asoslanib quriluvchi qonun va qoidalar bo’lib, ularni bilish rassomga rasmda eng murakkab kompozitsiyalarni to’g’ri tasvirlashga imkon beradi. Bunday qoidalarga biz proportsiyalar to’g’risidagi ta`limot, simmetriya, ritm, statika va dinamika tushunchalari, istiqbol qonunlarini kiritamiz. Bu qoidalarni amalda ijodiy qo’llanishini aytib turadi. Toza qog’ozga birinchi chizgilar tushirishimizdan oldin kompozitsion fikrlash boshlanadi.
Tasvirlanuvchi buyumlar joylashuviga qarab qog’oz formati tanlanadi. qog’oz markaziy o’qi bo’yiча figuraning joylashuvi va hoshiyalarning bir xil o’lchami rasmga uyg’un muvozanat beradi. Biroq juda kichik figura katta qog’ozda yitib ketadi, qog’ozning chekkasiga surilgan, tasvirlash maydoniga zo’rg’a kiritilgan yoki qisman tekislik chegarasidan chiquvchi figura esa kompozitsiya muvozanatinи buzadi. o’quv rasmida tasvirni joylashtirish eng oddiy qoidalari shunday. Biroq tasvir ko’lamini ko’rsatmoqchi bo’lganimizda ulkan zal fonida kichik figurani chizish fikran to’g’ri bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |