3.4. KOMPOZITSIYA VA MUVOZANAT TURG’UNLIGI
Kompozitsiyada muhim omillardan biri shakllar muvozanatidir. Ularning unsurlari birqbiri bilan mo’ayyan bog’lanishli muvozanatda bo’ladi. Kompozitsiya muvozanati o’lchamlar tengligiga bog’liq emas.
Kompozitsiyaning qay darajada aks etishi ko’pincha uning markaziga bog’liqdir. Yuki og’ir buyumlar yuqorida, markazda joylashgan bo’lsa, bu hol turg’unligi uchun juda katta ahamiyatga egadir. Ba`zan tirgovich va massa orasidagi munosabat bizni o’ziga qaratadi, fikrimizni jalb etadi. Masalan, mushohada etiladigan hajm bitta bo’lsaqyu, uni ikkita tirgovich ushlab tursa bu - darrov hammaga ayon bo’ladi va kompozitsiyada og’ish nuqtalari to’g’ri kelmaydi. CHunki kompozitsiya muvozanatи "yashirin bog’liqlik" qonuniyatidan, tasavvuridan kelib chiqadi. Ranglarning fizik muvozanati ham, shakliy o’zgarishga olib keladi.
Me`morlikda fizik markazning kompozitsiya markazi bilan to’g’ri kelmasligi ko’p uchraydi. Kompozitsия turg’unligi mutanosib shakllarda bo’ladi. Ayni chog’da, mutanosiblik kompozitsiyaning turg’unlik darajasiga kafillik ham bera olmaydi. Butun va qisman bo’lsada nomutanosiblik. va miqyosga egа bo’lmaslik mutanosib turg’unlikni buzishi mumkin. qaltis masalalarni hal etishda ichki hislar, sezgirlik, tasviriy san`at an`analarini qo’llamay turib biror aniq natijaga erishib bo’lmaydi. San`at olamida shunday hollar ham uchraydiki, u erda kompozitsiya turg’unlikning eng noyob asosi, namunasi bo’lib qolishi mumkin. Loyihalovchining vazifasi, buyum shakllanishining fizik turg’unlik muvozanatini echib ko’rsatishdan iboratdir. CHunki buyumlar uchun kompozitsiyaviy butunlik katta ahamiyatga ega. Fizik turg’unlik konstruktsiyani mustahkamlashda ham yaxshi vositalardan biri bo’lib, u hisob - kitoblar asosida aniqlanadi.
3.5. SIMMETRIYA VA NOSIMMETRIYA
Kostyum kompozitsiyasining uyg’un bir butunlik sifatida shaklning yaxlitligi, simmetriya va nosimmetriya, birlik, to’liqlilik, bo’ysunuvchanlik, statiklik va dinamiklik kabi bir qator xususiyatlari bor. SHaklning yaxlitligi konstruktiv echim bilan uning kompozitsion mujassamligi o’rtasidagi aloqa mantiqini vа uyg’unligini aks ettiradi. Inson tanasiga mos buyum - kiyim xakida gap borar ekan, kiyimning atrof - muhit va inson qaddi - qomatiga o’zaro ta`siri majburiy shart hisoblanadi. Bu shartning tavsifi simmetriya va nosimmetriya kabi kompozitsiya xususiyatlariga asoslanadi.
Simmetriya - kompozitsiyaning eng yorqin va ko’zga tashlanib turadigan xususiyatlaridan biri (21 - rasm). "Simmetriya" uning yordamida inson bir necha asrlardan beri tartibga, go’zallikka va kamolotga etishmoqchi va buni yaratmokchi bo’lib kelgan o’sha g’oyadir". Kiyim kompozitsiyasida simmetriya masalalari muhim rol' uynaydi. Bu ikki jixatdan: materialdagi rasm kompozitsiyasida va kostyumning o’zini shakllantirishda o’z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |