25 - rasm. Ayollar ustki kiyimining tuzilishida nosimmetriya va simmetriyaning namoyoni
Nosimmetriyaning kundalik kostyum kompozitsiyasida yorqin ko’zga tashlanadigan emasligi undan shakl xususiyatlarining ozgina qismida foydalanishni bildiradi. Amalda bunday kompozitsiyalaр simmetriya ichida nosimmetriyani ko’rsatish maqsadida hal qilinadi. Bashang kiyimdagi yorqin ifodа etilgan asimmetriya kiyimni odatdagidan boshqacha, yorqin ko’rinishli dinamik qilib turadi. Kiyimga hajmiy forma deb qarab, uni qanday gazlamadan (gazlama, trikotaj, charm, sun`iy va tabiiy mo’yna, to’qilmay tayyorlangan gazlama va hokazolardan) tiqish maqsadga muvofiqliligini bilish kerak. har bir gazlamaning faqat o’ziga xos xususiyatlari bo’ladi: gigienik xususiyatlar (nam va havo o’tkazuvchanlik, gigroskopiklik, issiqdan himoyalash va boshqalar) va fizikqmexanik xususiyatlar (dag’allik, qoliplanuvchanlik, g’ijimlanish, elastiklik, kirishish, cho’ziluvchanlik va boshqalar) shulар jumlasidandir. Bu xususiyatlar mazkur gazlamadan qanday maqsadlarga mo’ljallangan va qanday formadagi kiyimlar tiqish mumkinligini aniqlab beradi.
3.6. KOMPOZITSION YAXLITLIK
Kompozitsiyaning mavjudligi ta`minlaydigan xususiyat kiyim shakli barcha elementlarining birligi, ya`ni elementlarning o’lchamliligi va bo’ysunuvchanligi bo’lib hisoblanadi. Birlik - kompozitsion xususiyat sifatida san`atning barcha ko’rinish va janrlarida kuzatiladi.
Badiiy loyixalashda sanoat mahsuloti shaklining to’liqligi - mantiq va konstruktiv echimning kompozitsion tatbiq bilan o’zaro organik aloqasini ifodalaydi.
To’liklilik kompozitsiyaning asosiy xususiyatlaridan biri - bo’ysunuvchanlik bilan o’zaro bog’liq. Kiyiм yoki poyafzalning ixtiyoriy kompozitsiyasi buyumning ahamiyatli, kamahamiyatli va ikkinchi darajali elementlarining bo’ysunuvchanligiga asoslangan mo’ayyan sistema deb karash mumkin.
Har kanday kompozitsiyani - asosiy elementlar bilan ahamiyati kamrok va ikkinchi darajalirok elementlarning birqbiriga bo’ysunganligiga asoslangan mo’ayyan sistema deb karasa bo’ladi. Bunda asosiy va bo’ysungan qismlar bir butunlikni tashkil etib, o’zaro birqbirini kuchaytiradi. Kompozitsion tuzilgan shaklda, shu jumladan kostyumda ham albatta asosiy qism yoki kompozitsion markaz mavjud bo’lib, boshqa qismlar unga bo’ysunishi kerak. Asosiy qism yaxlit kompozitsiyada hukmron bo’lиб turadi. Bo’ysunuvchanlik - ikki teng bo’lmagan elementlar nisbati ki shaklning teng bo’lmagan qismlarga bo’linishi bilan yuzaga keladi.
Agarda to’rtburchak shakldagi ko’ylak, sumka yoki tuflini ikki teng bo’lmagan qismlarga bo’linsa, kattaroq bo’lak ajralib ko’rinadi va kichikrok bo’lgan qismni o’ziga bo’ysundiradi. To’rtburchaк shaklni uchta qismga bo’laklashda turli tengli holatidagi asosiy bo’lakni ajratishning uch xil imkoniyati yuzaga keladi. SHaklni bo’laklash teng olib borilganda ham, o’rta qism asosiy qism hisoblangan bo’ladi. o’rta qism atrofidagi bo’laklardan kichik bo’lsada, asosiy qism bo’lib qabul kilinadi. SHaklning uchala bo’lagi ham turli kattalikda bo’lingan bo’lsa, eng katta bo’lak - asosiy bo’lak hisoblanadi.
Aktiv holatda bir tomonga yunaltirilgan shaklga - dinamik shakl deb ataladi. SHaklning dinamikligi - uning bo’laklari nisbatiga uzviy bog’liq Kattaliklar nisbatlarining o’xshashligi va nyuansi shaklning tinch holati, ya`ni statikligini ta`minlasa, ulardagi kontrast - vizual harakat, ya`ni dinamikani ta`minlaydi. To’rtburchak yoki trapetsiya shakl ichidagi chiziqlar tavsifi va yo’nalishi orkali shaklning dinamikligi yoki statikligi yuzaga keltiradi SHaklning vizual harakati - kompozitsiyaning ifodaliligi va uqilishini ta`minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |