6. kiyimdagi dekor va tanlanadigan materiallar



Download 66,15 Mb.
bet18/52
Sana11.09.2022
Hajmi66,15 Mb.
#848636
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52
Bog'liq
Композиция асослари Н Гафурова, Л Махмудов

2. 7. RASM VA KOMPOZITSIYA
Kostyumni tashkil etuvchi buyumlarni loyihalash bir necha bosqichdan iborat:
- buyum assortimentini aniqlash;
- buyumga qo’yiladigan funktsional, estetik, texnik va hokazo talablardan kelib chikkan holda, ularni tahlil etish;
- buyum ushbu assortimentining rivojlanish perspektivasini aniqlash;
- shakl kompozitsiyasi, materiallar tavsifi, kolorit va texnik echim, ya`ni rivojlanish perspektivasini hisobga olgan holda, ushbu assortiment buyumlarini iishlab chiqish.
Buyumning estetik konseptsiyasini ishlab chiqish uning kompozitsion tuzilmasini izlashdan boshlanadi.
Kompozitsiya (lotincha "composition" so’zidan olingan bo’lib, birikma, tuzilma ma`noсини bildiradi) - badiiy asar qismlarining ahamiyatli nisbatidir. Bu tushuncha amaliyotda bir qancha ma`noni anglatadi. Kompozitsiya - musiqa, amaliy san`at, mo’ykalam asari yoki libos ham hisoblanadi.
Libos kompozitsiyasi - kiyimning tuzilishi hamda bichimni hosil qiluvchi detallarning birlashmasi bo’lib, uning mazmunini ifodalaydi.
Kompozitsiyadan maqsadqfunktsional, texnik va texnologik jihatdan takomillashtirilgan zamonavny forma hosil qilish bilan birga, chiroyli, uyg’un, hamma qismlari o’zaro mutanosib, majoziy, atrofqmuhitga uslubiy jixatdan bog’liq bichim hosil qilishdir [4].
Mo’ayyan libos kompozitsiyasi hakida so’z ketganda, insonning kostyumdagi badiiy - obrazlilik ifodasini ta`minlovchi ba`zi hajm, detal va elementlarning o’ziga xos tuzilishi tushuniladi.
Ijtimoiy - iktisodiy sharoit va xuqukiy - estetik normalar o’zgarishi tufayli inson obrazi ham o’zgarib keladi.
Rassom bu o’zgarishlar tendentsiyalarini sezgirlik bilan ilgagan holda, o’z san`atining vositalari orqali "yangi" insonni ifodalaydi. SHu sababli libos - o’z zamonasining estetik va ijtimoiy jixatlarining ifodasidir.
Rassom ish faoliyati ancha murakkab. hissiy - sezgi darajasida paydo bo’lgan g’oya va obraz eskiz ko’rinishda qog’oz yoki maket ko’rinishda yuzaga kelar ekan, etarli mahoratni talab etadi. Эskizlarning mantiqiy taxlili, ulardan eng sarasini tanlashni va so’ngra unga kompozitsiya qonunlari asosida ishlov berishga imkon yaratadi. Bu ish jarayonida kompozitsiyaning kuyidagi vositalaridan foydalanishga to’g’ri keladi: shaklga ishlov berish; mo’ayyan plastik xususiyatli va fakturali materiallarni tanlash; shaklni koloristik tashkil etish; shaklning asosiy qismiga urg’u berish.
SHunday qilib, maqsadli yo’naltirilgan ijodiy faoliyat jarayonida yaratilgan shakl kompozitsiyasi - ushbu faoliyat mahsuli bo’lib hisoblanadi va ma`lum xususiyatlarga ega bo’ladi.
Kompozitsiyani alohida jarayon, tasvirlash asosiy uslubidan farqlanuvchi alohida usul deb qarovchи fikr mavjud. To’g’ri, aniq, ob`ektiv, akademik rasm bo’lar ekan. U kompozitsion emas, faqatgina naturani aniq aks etadi. Kompozitsiya esa bu rasmning anchaqmuncha erkin bezagi bo’ladi.
Kompozitsiya to’g’risida bunday tasavvurga ega bo’lgan maktab asosan faqat "to’g’ri" rasmga o’rgatgan, kompozitsiyani esa rassomning ixtiyoriga qo’ygan va kompozitsiyani haqiqatdan alohida badiiy uzoqlashishi, naturaning qandaydir buzib ko’rsatilishi, hatto badiiy firibgarlik, ayyorlik deb hisoblagan. Bunday qarash rasmni borliqning aniq ifodasi, deb kompozitsiyani esa bu ob`ektiv tasvirni badiiy qiziqarlicha aylantiruvchi nayrang kabi alohida jarayon deb ko’rsatadi. Bu qarash albatta noto’g’ri, va bu erda bayon etilgan ko’rinishda uni biron kishi qabul etmaydi. Biroq, uni bunday qo’pol va ochiq ko’rinishda qabul qilmagan holda, ko’pchilik akademik to’g’ri rasm to’g’risida fikr yuritiladi va mantiqan to’g’ri bo’lib, narsalarni badiiy qiziqarli qilishning ma`lum retsepti sifatida kompozitsion muammoning mavjudligi bilan bog’liq alohida tomonlarini qabul qilishlari kerak edi.
Kompozitsiyaning mohiyatini ko’rib chiqamiz. Biz borliqda qabul qiladigan barcha narsa fazo va vaqtda qabul qilinadi, va hech bir narsani biz faqat vaqtda yoki faqat fazodagina alohida qabul qilmaymiz. Borliqni biz uch o’lchovda emas, to’rt o’lchovda qabul qilamiz (to’rtinchi o’lchov - vaqt), shu sababli rasm real borliqni aks ettirishi kerak bo’lsa, uning oldida vaqtni aks ettirish vazifasи turadi.
Biz qabul qiladigan barcha narsa harakatlanadi va yashaydi. Aytaylik, biz nisbатан harakatni to’xtatishimiz mumkin, masalan modelni mo’ayyan holatga o’tqazish, biroq o’zimiz vaqtda qabul qilib harakatlanamiz. Aytaylik, biz qimirlamay o’tirib, ko’rish nuqtasini tanlashimiz mumkin, biroq bu ko’rish nuqtasining ikki ko’zi bor (biz binokulyarmiz va, bundan chiqadiki, vaqtda siqilgan harakat, bir vaqtda berilgan vaqtdek).
Vaqtdan tashqari qabul qilishga shartli bo’lsa ham yaqinlashishi uchun biz bir ko’z bilan qarashimiz va undan naturani loyihalashtirish uchun ob`ektiv kabi foydalanishimiz kerak. Bunday tasvir, albatta, faqat shartli ravishda vaqtdan tashqari bo’ladi, chunki bitta ko’z ham harakatlanadi, ham qabul qilish uchun vaqtdan foydalanadi. Biroq har holda ma`lum shart bilan bu tajribani tahlil maqsadida qabul qilishimiz mumkin, lekin bunday tasvirni real borliqni aks ettiruvchi deb hisoblay olmaymiz, chunki u, ya`ni borliq, ham vaqtiy, ham fazoviydir, bunda esa biz faqat fazoviy tasvirga ega bo’lamiz. Misol bo’lib, chopayotgan ot va yurayotgan odam harakatining lahzalik surati xizmat qila oladi. Bu deyarli hamma vaqt noqulay holat bo’lib, harakatni aks ettirmaydi va rassom bir tasvirda bir necha lahzani birlashtiribgina harakatni tasvirlay olishini biladi (o’zida oldingi harakat qoldiqlari va keyingisining boshlanishini mujassam etuvchi tasodifiy holatlargina istisno bo’ladi). Biroq, yuqorida aytilganidek, biz o’zimiz ham, rassom ham vaqtda bo’lamiz, naturaning qabul qilinishi ham tasvirlanishi ham vaqtda ro’y beradi va uni uslubiy hisobga olishi kerak. SHunday qilib, badiiy bo’lishga intiluvchi tasvir vaqtni tashkil etish, tasvirlash vazifasiga ega. Bu biz tarixiy voqeani tasvirlashimizda ham, harakatlanayotgan buyumlarni tasvirlashimizda ham, nisbatan harakatsiz buyumni qarab chiqishimiz, ushlab ko’rishimiz va o’rganishimizda ham o’rin tutadi. CHunki ma`lumki, biron - bir narsaga ikki ko’zimiz yordamida qaraganda, ko’zlarimizni konvergatsiyalaydigan tekislikda anchaqmuncha sekin ko’ra olamiz.
Barcha yaqin va barcha uzoq narsalar ikkiga bo’lib ko’rinadi va shunga ko’ra, o’z o’rnini o’ngdan chapga va aksincha almashtiradigan bo’lib ko’rinadi. SHunday qilib, bu erda ham biz harakat va vaqt bilan duch kelamiz, uni biz yoki bartaraf etishimiz, bu faqat shartli ravishda bo’lishi mumkin, yoki real borliqni tasvirlamoqchi bo’lsak, biz bu sof ko’rinuvchi harakatni hisobga olishimiz kerak bo’ladi. Biroq, ko’rish ham his etish va harakatni qabul qilishdan devor bilan ajratilmaganku, axir. SHuning uchun ko’rish harakati orqasidan ko’p yoki oz miqdorda to’liq qabul qiluvchi kishi barcha hislarini jalb etadi.
Tasvir har qanday rasm, vaqtni tashkil etadi va tasvirlaydi, bunda, albatta, tasvir butunligi to’g’risida savol turishi kerak, chunki turli vaqtni berib uni biz butun, bir vaqtli berishimiz kerak, dinamikasini ko’rsatib, biz tasvirda dinamika - statikani berishimiz kerak, sof fazoviy, shartli rasm esa tasvir butunligini o’ylamasligi kerak, chunki u mexanik tarzda bir vaqtlilikka olib keladi va tom statikaga intiladi. Bu fikrlar to’g’ri bo’lsa, "to’g’ri" akademik rasm badiiy tasvir sohasida mavjud bo’lmay, ko’z yordamida proektsiya shartli uslubi bo’ladi, borliqni badiiy tasvirlashga intiluvchi har bir rasm esa fazo va vaqtda yashovchi borliqni tasvirlash maqsadini qo’yadi, demakki, kompozitsion vazifaga ega bo’ladi.
Kompozitsiya ta`riflaridan biri: san`atda kompozitsionlikka intilish turli fazoviy va turli vaqtni yaxliт ko’rish, qabul qilish va tasvirlashga intilishdir. Kompozitsiya tushunchasini bunday ta`riflashda u tasvirlashga yordamchi, bezak emas, tasvirlashning asosiy tomoni bo’lib turli asarga turlicha singishini ko’ramiz, chunki yaxlitlik katta yoki kichik, turli xarakterda bo’lishi mumkin. Uning tirikligi va haqqoniyligi fazoviy koordinatalarga tegishli aniqlik bilangina aniqlanib qolmaydi, chunki vaqт koordinatasini ham e`tiborga oliinadi. Demak, bunda yaxlit echim to’g’risida, buyumning fazo, harakat va vaqt bilan to’qnashuvi sintezi to’g’risida savol paydo bo’ladi.
Tasvir yaxlitligiga intilib, biz yo ko’rish, yo harakat yaxlitligiga intilishimiz mumkin (bu, albatta, mavzu, material, qabul qilish sharoitlari bilan shartlanadi) yoki turli vaqt lahzalarini ritmik qatorga o’rnatishimiz, aniq vaqtdan foydalanib, uni tashkil etib borliqni tasvirlashimiz bilan qonikishimiz mumkin. Misol: hajm ustida tasvir, kitob illyustratsion qatori, kino va hokazo. Yoki vaqt va fazoda joylashgan borliqqa ko’rish obrazi yaxlitligi, ko’rish butunligini berishga intilish mumkin.



Download 66,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish