2. KOMPOZITSIYA ASOSLARI
2. 1. KOMPOZITSIYANING MOHIYATI
Kompozitsiya - badiiy asar shaklining barcha elementlarini mazkur asarning obrazli g’oyaviyqbadiiy mazmunini ifoda etuvchi uzviy bir butunlikka birlashtirishdir.
Kiyim kompozitsiyasi - kiyim shakli barcha elementlarini uning mazmunini ifoda etadigan birlikni barpo etish vositalari yordamida tuzib chiqish demakdir. Kiyimning mazmuni uning nimaga mo’ljallanganiga qarab belgilanadi.
Kiyim shaklining kompozitsiyasi uning mazmunini ochib berishga olib kelishi kerak. har qanday yaratilgan modelda uni tashkil etgan barcha elementlar o’rinli bo’lishi kerak. Ortiqcha yoki mualliф fikrini etarlicha yaxshi ifoda etmaydigan nimaiki bo’lsa, hammasi olib tashlanishi kerak. Kompozitsiya maxsus badiiy tildan iborat bo’lib, uning yordamida san`atkor borliqni aks ettiruvchi g’oya va tuyg’ularni tasvirlab beradi.
San`atkor yaratgan har bir modelning ko’rinishi insonga ta`sir etishga qodir emotsional va ta`sirchan bo’lishi kerak. Kiyim har erda va hamma vaqt odam bilan birga bo’lib, unga ishonch, qadrqqimmат, yaratuvchanlik tuyg’ularini baxsh etishi yoki aksincha, uni tushkunlik va xafalik holatiga duchor qilishi mumkin. SHunday qilib, kiyimning ko’rinishini ifodaviyligiga kompozitsiya san`ati vositasida, ya`ni kiyimni tashkil etuvchi hajmlar, ranglar, chiziqlar, detallar va bezak elementlarini yagona uzviy bir butun qilib birlashtirish vositasida erishiladi. Biroq model'erning kiyim va butun kostyum ko’rinishи ko’rinishidagi ishi eng muhim jihatga, ya`ni vazifa nuqtai nazaridan qulay, hayotda o’rinli kiyim yaratishga bo’ysundirilgan bo’libgina qolmay, balki ifodali bo’lishi ham kerak. Kompozitsiya san`atи san`atkorning qiziq va muhim jihatlarni ko’ra bilish va alohida tarqoq komponentlarni bir butunlikka uyushtira bilish mahoratidan iborat.
Model’er - rassom o’z ishida uning tasavvuri va fantaziyasini ozuqa berib boyitadigan turli ijodiy manbalarga murojaat etadi. Xalqning tarixiy o’tmishi va hozirgi jamiyat hayoti, atrofqtabiatning xilmaqxilligi, tarixiy kiyimlar va xalq kiyimlarining boyligi, badiiy adabiyot, musiqa, kino, teatr va hokazolar hozirgi zamon rassomi ijodining manbalari bo’lib xizmat qiladi. Rassom o’ylarini etishtirishga va aniqlashtirishga yordam beradigan ayrim motivlardan foydalanib, ana shu manbalardan o’z g’oyalari va obrazlarini to’plab boradi. Demak, kiyim kompozitsiyasi - kiyimning tuzilishi hamda bichimini hosil qiluvchi detallarning birlashmasi bo’lib, uning mazmunini ifodalaydi. Kompozitsiyadan maqsad - funktsional, texnik va texnologik jihatdan takomillashtirilgan zamonaviy forma hosil qilish bilan birga, chiroyli, uyg’un, hamma qismlari o’zaro mutanosib, majoziy, atrofqmuhitga uslubiy jihatdan bog’liq bichim hosil qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |