3- rasm. Sport tipidagi kostyum 4-rasm. "Fantaziy" uslubidagi kiyim (XX asr) (XIX asr)
Moda paydo bo’lgan davrdan boshlab qaror topmoqda, ko’paymoqda, takomillashmoqda va o’zgarmoqda. Parij, London va Rimdagi mashhur kiyim modellari uylarida, model' yaratuvchi firmalarda istiqboldagi yangi modellar namoyish qilinmoqda. Эng istiqbolli modellar mashhur moda jurnallarida e`lon qilinadi. Programmaga asoslangan modali kollektsiyalar o’zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (UIYoK) a`zolari hisoblanuvchi mamlakatlarning kiyim madaniyati bo’yicha doimiy ishchi guruhiga ko’rib chiqish uchun yil sayin taqdim etiladi. Ana shu kollektsiyalarga asoslanib uslubiy kollektsiyalaр tuziladi.
Model' kollektsiyalari mamlakatimizdagi Modalar uylari mutaxassisqlarining har yili o’tkaziladigan kengashlarida namoyish qilinadi. Uslubiy kengashlar modellashtirishga sanoat nuqtai nazaridan yondashishning bir ko’rinishi hisoblanadi; bu kengashlarda model'er - rassomlar fikr almashadilar, boshqa Modalar uylarining tajribasini o’rganadilar, shuningdek, etakchi modalarni sanoatga joriy etish masalalari hal qilinadi. SHundan keyin modellashtiruvchi tashkilotlar sanoat nuqtai nazaridan ahamiyatga ega bo’lgan kiyim modellari kollektsiyasini to’zadi; bu kollektsiyalarda to’qimachilик sanoati ishlab chiqarayotgan materiallar hamda kiyimni mukammallashtiradigan detallar ishlatiladi [4].
Moda jurnallari kishining va kiyimning yangi estetik (qiyofasi va ko’rinishini propaganda qiladigan, iste`molchilar) talab - ehtiyojini qo’zg’atadigan va kuchaytiradigan vosita hisoblanadi. Ilgarigi moda jurnallarida modellar katalogi berilmas edi; ularda ko’proq turli manzaralar tasvirlanib, manzara qatnashchilari yangi modadagi kiyimlarni kiyib hamda nafis harakatlarni namoyish qilishardi. Undagi matnda zamonaviy modaning tahlili berilib, moda turmush tarziga, odobqaxloq koidalari va hokazolarga bog’lab ketilardi. Bu shunday jurnallarki, haqli ravishda san`at asarlar qatoriga kiritish mumkinlarning tiraji cheklangan bo’lib, rasmlar mohir ustalar qalamiga mansub bo’lardi [6].
hozirgi vaqtdagi konstruktorlar o’zlarining kundalik ishlarida duch keladigan ko’p sonli moda jurnallari, kataloglar, bukletlar, moda al'bomlaridan ishning ko’zini bilib foydalana olishlari lozim.
Modaning asosiy hamda eng muhim yo’nalishi "Modalar jurnali"da e`lon qilinadi; mazkur jurnalni Engil sanoat buyumlari assortimenti va Kiyim madaniyati Butunittifoq instituti bosib chiqarmoqda [6]. У boshqa moda jurnallari orasida alohida o’rin egallaydi. Bu jurnalda kiyim modellari kamroq beriladi, lekin modaning hamma sohalari (bosh kiyimlar, soch turmagi, grim, poyabzal, gazlama, trikotaj, aksessuar)ni o’z ichiga olgan yo’nalishiga alohida e`tibor beriladi. Jurnal kitobxonlari estetika komissiyasining moda va kiyim madaniyati to’grisidagi fikrlari, qarorlari hamda Modalar uylaridagi va jahondagi mashhur model'erlar yaratilgan maqbul, ajoyib modellar bilan tanishtiradi [5].
Rivojlangan mamlakatlar o’z modasini yaratmoqda va takomillashqtirmoqda. Bu moda birinchi navbatda mehnatkashlar didiga va ehtiyojiga mosdir. Kiyimning shakli va materialining odatdagicha o’zgarib turishi fan va texnika taraqqiyotiga, insonning jamiyatdagi o’rniga, erkaklar bilan ayollar o’rtasidagi munosabatlar o’zgarishiga, sportning rivojlanishi va hokazolarga bog’liq [6].
Do'stlaringiz bilan baham: |