5-rasm. Kompozitsiyaga misol
San`at asarlaridagi, jumladan, suratlardagi turli jonli va jonsiz buyumlar, tabiat manzaralari shunchaki tasvir etilmasdan, ular birqbirlari bilan botiniy aloqada bo’lib, bu munosabat ayni paytda ifoda etilayotgan mazmunni yorqinlashtiradi. Asarda kompozitsiya shu tarzda yaratiladi va namoyon bo’ladi.
Kompozitsiya ijodkor imkoniyatlari va uni hayajonlantirgan mavzu asosida yaratiladi hamda unda aks etgan san`at olamining turlanib qanchada, jilolanishida asosiy rol' o’ynovchi omillardan biri hisoblanadi. Kompozitsiyaga asos qilib olinadigan mavzu ko’lami avvalambor musavvir, ijodkor shaxsning bilimi, o’z yurti, xalqining turmush tarzini qanchalik chuqur idrok eta bilishiga bog’liq bo’lib - ijodiy mahorat bilan tanlanadi va aks ettiriladi. Mavzuni ifodali taldin dilish va uni shakllantirishdagi imkoniyat chegaralarini oldindan aniq belgilash kompozitsiya ijodkori oldida turgan eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ijodda ijodkor asarlari kompozitsiyasining qanday tarzda talqin etilganiga alohida e`tibor bilan qarab, baho beriladi. Ayniqsa, tabiat manzaralari, yirik, voqeaband mavzuli polotnolar va mahobatli devoriy asarlarning kompozitsiyalari, amaliy san`atdagi xalq hunarmand ustalarining mahorati, engil sanoat mahsulotlari konstruktsiyasi va texnologiyaси bo’yicha mutaxassislarning libos modelini yaratish va unga oid muammolar maxsus o’rganiladi. o’zbeк san`atida, so’nggi yillar ichida, tarixiy tahlilga asoslangan milliylik ruhi aks etgan liboslar, hayotga qaytarish borasida juda ko’p ibratli ishlar kilindi. Biroq o’zbek milliy san`ati kompozitsiyasining bir qator muhim nazariy va amaliy masalalari hanuz to’g’ri va aniq hal etilgani yuk. Masalan, kompozitsiyaning san`at asari tarkibida tutgan muhim o’rni, unda milliylikning aks etishi, kompozitsiya yaratish usullaridagi o’ziga xoslik (uning turlari, voqelikni milliy ohanglarda aks ettirish) kabi umumiy mavzularda hali hanuz bir fikrga kelinmadi.
Badiiy tasvir - inson tafakkuri yaratgan ma`naviy boyliklarni, mumtoz fikrlarni asrlardan - asrlarga, avlodlardanqavlodlarga bekamu ko’st etkazuvchi, nafosat olamining sehrli qudratini namoyoн etuvchi noyob vositadir. SHu bois u yaratuvchilik bobidagi buyuk kashfiyotlardan biri hisoblanadi. Jahon tarixidan ma`lumki, yuksak ma`naviyat, boy madaniyatga ega har bir xalkning o’z san`ati, kiyinish madaniyati bo’lgan. har bir xalqning ona tili, adabiyoti kabi liboslari ham murakkab jarayonni bosib o’tadi. Bu liboslarda avvalo, milliy urfqodatlar, o’ziga xos qiyofalar, harakatlar o’z ifodasini topadi. SHuning uchun uni tushunish ham unchalik oson emas. U baholovchidan alohida tayyorgarlikni talab etadi. Mo’ayyan asar, avvalo shu millat doirasida ko’rib chiqishni taqozo etadi. Kishi diqqatini o’ziga tortish qudratiga ega bo’lgan liboslar xalkning yuksak salohiyati va tafakkuridan darak beradi. har qanday libosning muhim tarkibiy unsuri hisoblanuvchi - "kompozitsiya" haqida gap ketganda, avvalo uni shakllantirish vositasi ustida to’xtalish zarur. Zero, har bir kompozitsiya zamirida keng va teran xususiyatlar to’qnashuvi, hisqtuyg’ular o’z aksini topadi. SHu bois, ijodkorlar tomonidan yaratilgan namunalar kompozitsiyasini bir butun, o’ziga xos, yuqori saviyadagi badiiy ifoda desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz.
Xo’sh, kompozitsiya degani o’zi nimah Kompozitsiya so’zining lug’aviy ma`nosi - tasvir ifodasini tuzmoq, shakl yaratmoq, tasvirlangan shakllarning o’zaro munosabatlarini muvofiqlashtirmok, - umumiylikka olib kelmoq, ularga badiiy mazmun ifodasini yuklamoqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |