6. kiyimdagi dekor va tanlanadigan materiallar


- rasm. Odam gavdasi va kostyum proportsiyasi



Download 66,15 Mb.
bet37/52
Sana11.09.2022
Hajmi66,15 Mb.
#848636
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52
Bog'liq
Композиция асослари Н Гафурова, Л Махмудов

35 - rasm. Odam gavdasi va kostyum proportsiyasi
Tabiiy mutanosiblilar, odatda, har qanday figura uchun "foydali" ekanini yodda saqlash kerak; ayni vaqtda kiydirib ko’rish vaqtida biron chiziqni sal nariqberi surib, "izlab ko’rib" (masalan, bel chizig’ini ozroq ko’tarish yoki tushirish, elkalarni toraytirish yoki kengaytirish, ko’ylak, eng o’zunligini, yoqa, cho’ntaklar, belbog’ o’lchamini, sal o’zgartirish mumkin) gavda tuzilishi kamchiliklarini tuzatish mumkin.
Odam gavdasi va kostyum proportsiyasi haqida gapirilayotganda, qadimgi Rossiyadagi va antik Yunonistondagi birqbiriga o’xshamaydigan, ammo monandligi, proportsiyalari, chiziqlari, bezaklari genial badiiy hisoblanganligi, tabiatga qo’shilib ketishining tabiiyligi jihatidan yaqin arxitektura obidalarining o’lmas go’zalligini eslatib o’tish joiz bo’ladi. Kiyim yaratish ko’p jihatdan me`morlikka o’xshab kyotadi - bu ikkala san`at ham odamlaiga bevosita tegishli, odamning tabiiy mutanosibliklaridan kelib chiqqan: nihoyat, kiyim odam bilan birga deyarli hamma vaqt binolar orasida, ichki xonalarda bo’ladi. Binolar ham o’z navbatida tabiiy muhitda, shahar arxitekturasi orasida bo’ladi. SHuning uchun turli zamonlarda arxitektura va kiyim o’z davrining badiiy uslubini aks ettirgan: xalq kiyimi esa eng yaxshi, eng mukammal, eng "mangu" nima bo’lsa, hammasini o’ziga singdirib asrlar mobaynida saqlaydi. Moda jurnallaridagi maqolalarni, rasmlar izohini ko’rayotganda, avvalo "siluet" (bichim) tushunchasiga duch kelamiz.
Masshtab va masshtablilik. Odatda devoriy rasmlar tempera va mineral bo’yoqlar bilan ishlanadi. Bunda devordagi ranglar majmuasi orqali hosil bo’ladigan, aks etadigan buyum yoki bezaklarning tomoshabinga ko’rinadigan nisbiy o’lchovini ham aniq hisobga olgan hisoblanadi. CHunki har qanday bino insonning yashash sharoiti va tabiiy iqlim xususiyatlariga moslab qurilishi kerak. Uy - joyning hajmi va uning miqyosi ham shunga mos ravishda belgilanadi.
Me`mor biror imorat loyihasini tayyorlar ekan, undagi masshtab o’lchovini ko’rsatish uchun, bir chetiga, odam tasvirini ham chizib qo’yadi. SHunda loyihaning hajmi qanday bo’lishini anglab olish unchaliк qiyin bo’lmaydi. Ammo mahobatli - badiiy tasvirdagi masshtab butunlay boshqacha bo’lib, muammo ana shu aniq devor sathidan va u bilan tomoshabin oralig’idan kelib chiqadi. Goho unga tanlangan mavzu kompozitsiyaning turli o’zgarishlariga sabab bo’lishi mumkin. Devorga mahobatli rangtasvirlar ishlaydigan musavvir ham o’z kompozitsiyasini yaratar ekan, unda aks ettirayotgan shakllarininг bir chetiga odam tasvirini chizish orqali masshtab miqyosini ma`lum qiladi.
Miqyos o’lchovini ko’rsatishda, bino kompozitsiyasining hajmi ham muhim ahamiyatga egadir. Bino ko’lamining darajasi uning deraza va eshiklari o’lchovidan ham seziladi. Agarda derazalar o’lchamи kichik bo’lsa, devor sathi kuzimizga katta bo’lib ko’rinadi. Ammo kichik o’lchamdagi deraza e`tiborimizni uzoq o’tmishga ham qaratadi. Bordiqyu, imorat o’lchamini o’zgartirmay unga katta hajmdagi deraza, oynalar qo’ysak, go’yo uy endi ko’zimiz oldida yangicha, zamonaviy ko’rinish kasб etgandek gavdalanadi. Demak, miqyos (masshtab) o’lchovi, hajm o’lchovi bilan chambarchas bog’liq ekan.
Masshtab o’lchovi bilan birga, ular orasini belgilaydigan "qadam oralig’i o’lchami" (metrik takror) ham mavjuddir. "qadam oralig’i" kompozitsiyada yoki (ayrim qismlarning), ketmaqket bir xil takrorlanishida ham uchraydi. Ayvon oldi ustunlari oraliq masofasining bir xil taqsimlanishi, ular orasiga o’rnatilgan qirma panjaralar qatorining bir xil takrorlanishi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Uy tepasidagi novalar oralig’i o’lchamlari ham qadam o’lchamini hosil qilib, shu bino hajmiga o’z ta`sirini ko’rsatadi.
Ustunlarning bir xil oraliqda o’rnatilganligi, uyni kuzimizga baland, ularning oralig’i bir xilligi ayvonni bejirim va shinam qilib ko’rsatadi. Bunda ustunning yo’g’on yoki ingichkaligi ham muhim rol' o’ynaydi. Baland shiftli ayvonga qo’yilgan ingichka ustunlar uning yukini ancha engil qilib ko’rsatadi, binoning bo’yiga bo’y qo’shadi. Ustunning yo’g’on bo’lishi bino yukini ustun o’z zimmasiga olganini ko’rsatadi, ayvonning salobatini oshiradi. Ammo bularning hammasi kompozitsiya masshtabi o’lchovi bilan imoratning umumiy hajmiga mutanosib bo’lishi kerak. Aks holda imorat husnini arzimagan kamchilik bilan bo’zib qo’yish mumkin.
Tasviriy san`atda esa "qadam oralig’i" uchramaydi, maqsad ranglar uyg’unligi yoki ularning o’zaro qaramaqqarshiligi - kontrast bilan hal qilinadi.
Kiyimda proportsiya garmoniyaning yana bir muhim vositasi - masshtablilik bilan ajralmaslikda bo’ladi.
Masshtablilik - shaklning va undagi elementlarning odamga nisbatan, tevarak - atrof fazoga va boshqa shaklarga nisbatan mosligida. Kiyimning masshtabliligi uning absolyut kattaqkichikligigа emas, balki uning inson tanasiga mosligiga qarab belgilanadi.



Download 66,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish