30 - rasm. Figurada turishi bo’yicha kostyum siluetlari
31 - rasm. Geometrik shakli bo’yicha kostyum siluetlari
Yopishib turadigan siluetning bel chizig’i ravon bo’lib ko’rinadi. Vitachkalar rel'eflar, yon chiziqlар ravon egri chiziqlar shaklida o’tkaziladi.
Struktura deganda obrazli, funktsional va texnik echimga bog’liq bo’lgan geometrik shakl elementlarining mo’ayyan fazoviy sistemasini tushinish kerak.
Kostyum shakli kostyum alohida hajmlari yoki qismlarini konstruktiv echimi va qo’shilishi yo’li bilан yaratiladi. Bu qo’shilish ro’y beruvchi yo’llar konstruktiv deb ataladi. Ularga biriktiruvchi choklar, bo’rtma choklar, kesish, vitochka shaklini
ajratish yo’llari va hokazo kiradi. Bu yo’llar dekorativ bezalgan bo’lsa bahyaqator, kashta, bog’ich, tasma va hokazo), ular konstruktivqdekorativ deb ataladi. Bu holda konstruktsiyaning o’zi estetik funktsiyani bajaradi. Kashta, to’r, merejka, tasma va hokazo yo’llari ko’rinishdagi sof dekorativ yo’llar ham mavjud.Asosiy qurilish materiali sifatida gazlamalar va trikotaj polotnolar o’z plastik xususiyatlari, drapirovkalanish darajasi bilan shakl xarakterini aniqlaydi: uning yumshoqligi, oquvchanligi, skulptura aniqligi yoki qattiq quruqliги. Demak, shaklning plastik xususiyatlari uning konstruktiv echimiga ham, gazlamalar xususiyatgi ham bog’liq bo’ladi.
32 -rasm. Kostyumda yo’llar: a - konstruktiv; b – konstruktiv-dekorativ; v, g - dekorativ
Kiyim ishlab chiqarish uchun sanoat ishlab chiqaruvchi gazlamalar tola turi: tabiiy (o’simlik yokи hayvonlardan olingan), sun`iy (o’simlik yoki hayvonlardan olingan xom ashyoni mexanik yoki kimyoviй qayta ishlash yo’li bilan olingan tolalar) va sintetik (ko’mir, neft va boshqa smolalarni kimyoviy qayta ishlash yo’li bilan olingan tolalar bo’yicha tizimlashtirish mumkin.
Gazlama olish uchun iplarni tayyorlashda ko’pincha etarli darajada gigienik, mexanik, texnologik, ekspluatatsion va estetik talablarga javob beruvchi turli tolalar aralashmasidan foydalaniladi. Iplarni shakllantirish jarayonining o’zi turliqtuman: ular ko’p yoki kam eshilgan, fasonli eshilgan, buklirlangan, profillangan va hokazo bo’lishi mumkin.
To’quvchilik va trikotaj o’rilishlarning turli usullari turli faktura yuzali va turli plastik tavsifli gazlamalar va trikotaj polotnolar ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Masalan: yupqa, tiniq, kapron gazlamalar ma`lum taranglikka ega bo’ladi. Ulardan shakli gazlama engilligiga mos keluvchi hurpaygan mahsulotlar bajariladi. Bunday gazlamalardan mahsulotlar ko’rinuvchi choklari minimal bo’lishи kerak (bunday gazlamalarda choklar mahsulot tashqi ko’rinishini qo’pollashtiradi va og’irlashtiradi). "Yog’simon", "Oquvchan" (krep satinga o’xshash) gazlamalar odatda (satin o’rilishi tufayli) yaxshi aks ettiruvchanlik, yaltirash xususiyatiga ega bo’ladi. Bunday gazlamalardan mahsulotlarni gazlamaning figura bo’ylab plastik harakatini ko’zda tutuvchi etarli darajadagi hajmli qilib bajariladi, bu engil drapirovkalash bilan erishiladi, shunda gazlamaning ifodaliligi mahsulot shaklini dekorativ ohanggacha ko’taradi.
Quruq gazlamalar (jun lavsan bilan, zig’ir tolali lavsan bilan va hokazo) mahsulot tayyorlashda ma`lum texnik qiyinchiliklar yaratadi, biroq tarang plastiklikka ega bo’ladi, ular odatda, yumshoq, tinch tuslarga bo’yaladi. Ulardan bosiq, biroz "yumshatilgan" yoki qat`iy ani- shakllar (kostyumlar, ko’ylaklar, ko’ylakqpaltolar va hokazo) yaxshi "yasaladi". SHunday qilib, kostyum shaklining пластик xususiyatlari haqida gapirganda (uning geometrik aniqligi yoki yumshoqligi, ovalligi yoki notekisligi va hokazo), biz materiallarning ma`lum xususiyatlari va shakl xarakteri o’rtasida to’g’ri bog’lanish mavjud. Bu demakki, umuman ma`lum geometrik turdagi shakl yaratish zarur bo’lsa, gazlamalar ulkan turliqtumanligidan ma`lum konstruktiv echimi bilan bu shakl doimiyligini ta`minlay oluvchilarinigina tanlash kerak.
Kiyim shaklini tasvirlashda quyidagi asosiy chiziq guruhlari foydalaniladi.
Siluet chiziqlari - shaklning tashqi konturlarini chegaralovchi chiziq.
Konstruktiv chiziqlar - kiyim shaklini xosil qilishdagina katnashadigan chiziqlar; elka choklari, vitochkalar, eng o’tkazish choklari.
Konstruktiv - dekorativ chiziqlar deb, ham shakl xosil kiluvchi, ham dekorativ vazifalarni bajaruvchi chiziqlar: bo’rtmalar, koketkalarni ulash choklari, qirqmalar, mayda taxlamalar, bo’rtma burmalar, drapirovkalar, burmalar tushuniladi.
Dekorativ chiziqlar - dekorativ vazifalarnigina bajaruvchi chiziqlar: quyma burmalar, ikki tomonlama quyma burmalar, tasmalar, to’rlar, bezak detallar, furnitura, kashtalar, bantlar.
SHaklning bu xususiyatiga kiyim shakli kattaqkichikligi bilan odam gavdasining nisbati tariqasida, shuningdek ikki yoki uch shaklning - ularni birqbiriga taqqoslayotgandagi nisbati tariqasida karaladi. Fakat qancha o’xshash kiyimlarnigina va ularning tarkibiy qismlarinigina kattaqkichiklik jixatidan taqqoslash mumkin.
Massa - kiyim shaklining yaxlitligiga yoki uning alohida qismlarining (tana, eng, yoqa va h.k.) ko’z bilan ko’ringan soni yoki bu umuman kiyim shaklini yoki undagi alohida qismlarning og’irlik mikdoridir.
SHakl massasining ko’rib, idrok etilishiga quyidagilar ta`sir etadi. SHaklning kattaqkichikligiga misol: kattaro- shaklning massasi kattaroq tuyuladi; Xajmdorlik darajasi - xajm xarakteridagi shaklning massasi maksimal, chiziqli xarakteridagi massasi esa minimal bo’lib ko’rinadi. SHaklning o’z chegarasi doirasidagi konstruktiv, konstruktiv - dekorativ va dekorativ chiziqlariga qanchalik to’lganlik darajasi - kiyim shakli chiziqlarga siyrak to’lgan bo’lsa, massasi minimal, eng ko’p to’lgan bo’lsa massasi maksimal bo’lib ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |