6. kiyimdagi dekor va tanlanadigan materiallar


-rasm. Frontal siluet (a) va aniq kostyum profil silueti (b)



Download 66,15 Mb.
bet32/52
Sana11.09.2022
Hajmi66,15 Mb.
#848636
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52
Bog'liq
Композиция асослари Н Гафурова, Л Махмудов

29-rasm. Frontal siluet (a) va aniq kostyum profil silueti (b)
Dekorativ chiziqlar detallar ustiga tikilgan tasmalar va charmdan bichilgan to’g’ri chiziqli bezaklar bo’lishi mumkin. Siluetlar kuyidagi belgilar bo’yicha tasniflanadi: figurada joylanishi bo’yicha (sал yopishib turadigan, yopishib turadigan, bemalol, kengaygan, pastga toraygan) va geometrik shakli bo’yicha (to’g’ri, trapetsiyasimon, oval, uchi kesilgan ikki uchburchak ko’rinishida va Xqsimon).
Moda o’zgarishida siluet asosiy vositadir. Geometrik shaklning ko’rinishidagi o’zgarish siluetdagi o’zgarishning belgisidir. Siluet o’zgarishining belgisi bo’lgan shaklning geometrik ko’rinishи o’zgarganda faqat konfiguratsiyasi emas, balki massasi ham o’zgaradi.
4.2. KOMPOZITSIYA KATEGORIYALARI
Kompozitsiya nazariyasi kuzatilayotgan hodisalar orasidagi eng umumiy va eng muhim aloqalar va munosabatlarni aks ettiruvchi kategoriyalarga asoslangan bo’ladi. Libos kompozitsiyasida tektonika bilan xajviy - fazoviy tarkib ana shunday kategoriyalar hisoblanadi.
Tektonika shakldagi konstruktsiya va material bajarayotgan ishining ko’zga ko’rinib turadigan aksidir.
Tektonika - bu asarning badiiy qismini konstruktsiya va qurilish ashyolari orqali ko’rsatadi, sifaт belgisi hisoblanadi. Bu esa buyumning muhim belgilaridan biridir. Konstruktorlik tizimini o’zlashtirish badiiy asarning mezon talabiga ega shaklni yaratish demakdir. Bezak asarni nafosat jihatdan boyitsa, shu bilan birga unga milliy mazmun yo’nalishini ham bag’ishlaydi. Lekin har qanday bezak berish ishi me`yor chegarasidan chiqib ketmasligi kerak. Tarixiy kostyum ham inson faoliyati va jamiyat uchun muhit hozirlaydi, lekin u hech narsa tasvirlamaydi. U faqat geometrik shakllar majmuasini yaratadi, xolos. Ammo kostyumning tashqi ko’rinishi ifoda vositalarining nafosat kuchi juda katta ta`sirga ega. Bunday ta`sirchanlikni oshiradigan vositalar qatoriga rassomlik, haykaltaroshlik va xalq amaliy san`ati bezaklari namunalari ham kiradi. Ular zamonni ifoda etuvchi sifatda - kostyum bilan uyg’unlik kasb etuvchi muhim qismlar hisoblanadi. Tabiiyki, san`at vositalarining sintezi - umumiy hodda olingan har bir tarkibiy qismining sifatiga ham bogliq bo’ladi.
Tektonik shakl - bu sanoat buyumi shakli konstruktsiyasining va tayyorlanish usulining material xususiyatlarini badiiy tushunib etish, ularni ko’rsatib berish nuqtai nazaridan ifoda topgan ishi. Material yoki tayyorlanish usuli buyumning tektonik shaklini topish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Rassom material xususiyatlarini, uning konstruktsiyadagi ishini va buyumning tayyorlanish texnologiyasi xususiyatlarini - bularning hammasini umumiy g’oyaga, ya`ni badiiy va kompozitsion mo’ljalga bo’ysundirib ongli ravishda tanlaydi, topadi, bo’rttirib ko’rsatadi. har bir materialning o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, ana shu xususiyatlar mo’ayyan shaklga asos qilib olinadi. Masalan, shifondan bo’laklari minimal mikdorda bo’lgan mayin, plastik, engil shakl yaratilsa, parchadan kattik, "quruq" geometrik shakl yasaladi. Materialdan buyumning kanday ishlash nuqtai nazaridan foydalanish har kanday buyumning chinakam tektonikligiga erishishning muhim shartidir. Agar mo’ayyan materialning potentsial - konstruktiv imkoniyatlaridan foydalanilmasa yoki, bundan ham yomoni, undan g’ayritabiiy tarzda foydalanilsa, unda tektonika buzilishidan kutilib bo’lmaydi. Odamning harakatlari natijasida chinakam zo’r kelishlar hisobga olinmasa, shakl konstruktsiyasini ishlayotganda notektoniklik yuzaga keladi.
Qachonki tektonika mo’ayyan badiiy yaxlitlikning uzviy qismi bo’lsa, shundagina u anik - ravshan va ifodali bo’lib chikadi. Fan - texnika revolyutsiyasining yutuklari - yangi materiallarning paydo bo’lishи tektonikaga katta ta`sir ko’rsatadi.
Nima uchun tektonika kompozitsiyaning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanadi? Gap shundaki, konstruktsiya va shaklning konkret materialda ifoda topgan o’zaro bog’liqligi - bu eng muhim jihat bo’lib, u butun buyumning kompozitsiyasini va shu kompozitsiya ustida olib borilgan ishni, ya`nи kompozitsion usuldan boshlab va shakl xarakterini, hamda uning nyuanslarini topishga kadar ompozitsiya vositalaridan foydalanishgacha bo’lgan ishni belgilab beradi.
Har bir buyum shakliga uning hamma elementlarining bir - biri bilan va fazo bilan o’zaro mo’ayyan ta`siр etish nuqtai nazaridan karash, ya`ni uni xajviy-fazoviy struktura deb hisoblash mumkin. Bu struktura ba`zan esa juda murakkab bo’ladi. Hajmiy-fazoviy strukturaning murakkablik darajasi qandayligidan qat'iy nazar undagi barcha elementlarning o’zaro aloqadorlik sistemasi tektonika bilan bir qatorda chinakkam uyg’unlikka erishishda xal kiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Kostyum yaratilayotganda uning nimaga muljalanganligi va kanday sharoitda ishlatilishini bilash kerak. Kostyum kulay, ishbop va chiroyli bo’lishi kerak. SHuning uchun kostyumning shakli, konstruktiv xal etilishi, materiallarning tanlanishi, bezaklari va rangi uning asosiy vazifalariga, ya`ni estetik va amaliy vazifalariga itoat etgan bo’lishi zarur.

Download 66,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish