6. kiyimdagi dekor va tanlanadigan materiallar


KOSTYUM KOMPOZITSIYASIDA RANGNING O’RNI



Download 66,15 Mb.
bet40/52
Sana11.09.2022
Hajmi66,15 Mb.
#848636
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52
Bog'liq
Композиция асослари Н Гафурова, Л Махмудов

5.2. KOSTYUM KOMPOZITSIYASIDA RANGNING O’RNI
Buyumning eng muhim axborot sifatlaridan biri rang hisoblanadi. Amaliy san`at buyumlarida rangning vazifasi turlicha. Bular psixologik, ijtimoiy, emotsional va estetik vazifalardir.
Rang hayot va mamot timsoli, quvonch va xafalik ifodasi bo’lib kelgan: u ilikliklik va sovuqlik, quruqlik va namlik, engillik va vazminlik xissini berishi mumkin. Bizning his - tuygularimizda ham rang ta`siri kuchli. Rang hamma vaqtda jins - yosh farqini bildiradigan vosita bo’lgan. Bolalar kiyimi nozikrok tusli bo’ladi, o’smirlar kontrast ranglarni ma`kulrok kuradi, katta yoshlilarga chukurrok raнг tuslari yoqadi. Ayollarning kiyimi erkaklar kiyimidan ko’ra yorkinrok va ko’p ranglirok bo’ladi. Olimlar va taniqli rassomlar tomonidan ranglar, ularning o’zaro fizik ta`siri va tomoshabinga ta`siri to’g’risida yig’ilgan ma`lumotlar bir tizimga solinadi. Asosiy va oraliq ranglarning ish sxemasi ranglar xalkasi sifatida yaratilishi tadqiqotlarda asosiy o’rin egallaydi .
Har xil ranglar kishiga turlicha ta`sir qiladi. Masalan, yashil rang tinchlantiradi, qizil toliqtiradi, sariq kishi ruhini bezovta qiladi[10].
Asosiy ranglar xili to’rtta: qizil, yashil, sariq va ko’k. Bu ranglar boshqa ranglardan ko’zimizga toza rang bo’lib ko’rinishi bilan farqlanadi. Toza shu ma`nodaki, ular tarqashida ranglar xalqasida qo’shni ranglarning aralashmasi yo’q. Ranglar xalqasining asosiy ranglari orasida - oraliq ranglar joylashgan.
Ranglar xalgasining o’zaro perpendikulyar diametrlarining uchida joylashgan asosiy ranglar hamma ranglar tusini o’z ichiga olgan ranglar doirasida choraklar chegarasini belgilaydi. Xilma-xil tuslar - asosiy to’rt rangni aralashtirib, ularga qora va oq qo’shish natijasida hosil qilinadi.
Buni ranglar xalqasida kuzatish mumkin. Ranglar xalqasida birqbiriga har xil miqdoriy nisbatdagi aralash - ranglar shtrix chiziq bilan belgilangan. Agar bu ranglarning har biriga qora va oq rang qo’shsa, bir xil tusdagi, lekin ochligi va to’qligi har - xil bo’lgan cheksiz ranglar qatori hosil bo’ladi. Rangning to’qligi rangda asosiy rang tusi mavjudligi va uning oqishlik darajasi bilan aniqlanadi. Ochlik rangda qora rang mavjudligi bilan aniqlanadi: qora rang rang tusi o’zgarishiga aktiv ta`sir ko’rsatadi. Sariq rangga qora rang aralashmasi jigar rangning har xil variatsiyalarini beradi, qizilga qora qo’shilsa - uni xiralashtirib jigarrang tus beradi.
Rang qora yoki oqqa yaqinlashgan sari xromatik va axromatik ranglar hosil bo’ladi. Xromatik rang deb ("xromos" grekcha rang so’zidan) asosiy ranglarning aralashmasini o’z ichiga olgan barcha ranglar deyiladi, axromatik - boshqa ranglarni o’z ichiga kiritmagan, ochligi har xil darajada bo’lgan faqaт oq va qora ranglar. Bizga rang iliq va sovuq tuyulishi, buyum faraziy yaqinlashishi yoki uzoqlashиши mumkin. Rangda sariq yoki qizil "yonadigan" (unda buyum yaqinlashgandek ko’rinadi) rang, yoki ko’k (unda buyum uzoqlashadi) rang mavjudligi bu hodisani vujudga keltiradi.
Rang - kostyum shaklining ajralmas qismi. Uning ifodali ko’rinishi kostyumda ishlatilgan ranglar gammasiga bog’liq. Xayoliy ranglar doirasidan foydalanib birqbiriga mos to’shadigan shunday ranglar juftini topish mumkinki, ular xususiyatlaridan foydalanib yaqin yoki kontrast printsipi bo’yicha birqbirini to’ldirib turishi mumkin [11]. Agar birqbiriga yaqin ranglar birikmasiga qaralsa, bu ranglar ranglar xalqasida birqbiriga yaqin joylashgan ikki ixtiyoriy rang bo’ladi. Ranglar doirasining asosiy choraklari ichida joylashgan ranglar birqbiriga yaqin hisoblanadi. Asosiy ranglarning faqat to’rt xil birikmasi bor: sariqqqizil, sariqqyashil, ko’kqqizil, ko’kqyashil. Kontrast (ya`ni qarama - qarshi) ranglar birikmasi - dinamika, dramatizm, san`at asarining idrok ta`sirini kuchaytiradigan kompozitsiyaning asosiy vositalaridan biri. Kontrast har qanday shaklni aktivlashtiradi.
Oq - qora ranglarning qarama - qarshilik tusida qurilgan kostyum shaklini xromatik gammada ham bajarish mumkin. Bir xil xromatik rang oqishligiga ko’ra birqbiridan farqlanishi, lekin to’qlikda bir xil bo’lishi mumkin. Bu ranglardan tuzilgan kompozitsiya shubhasiz faqat toza och kontrastlardan iborat. Bu holda kontrast va to’q ranglar mustasno qilinadi. SHunga o’xshash kompozitsiyalar bir ranglи yoki monoxrom ko’pincha pastel' tuslar deyiladi. Bu ranglar axromatik tuslar aralashmasi bilan zaiflashgani sababli ular koloritiga yumshoqlik mansub.. Yumshoq ranglar gammasida yaratilgan kostyum har qanday kishiga - och malla, qora va h.k. yarashadi.
Liboslar monand ranglar kompozitsiyasi kishining obraziga, uning individual koloristik xususiyatlariga bog’liq. Kostyumning rangi albatta bu nozik farqlarni hisobga olib, u bilan o’xshash va kontrast printsipda moslangan bo’lishi kerak. Odamlarning yoshi bo’yicha farqlanishida kiyim rangining ahamiyati katta. Bolalar kiyimiga nozik va och yumshoq tuslar xos, o’smirlar kontrast, kattalar chuqur tusli ranglarni afzalroq ko’rishadi.

Download 66,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish