4- mavzu. Yerning tosh qobig'i - litosfera
1. Sayyoramiz qobiqli tuzilishga ega. Yerning qobiqlari soni nechta? J: 4 ta: 1) Yerning havo qobig'i - atmosfera; 2) Yerning suv qobig'i - gidrosfera; 3) Yerning tosh qobig'i - litosfera; 4) Yerning hayot qobig'i - biosfera
2. Yerning tashqi qobiqlari, ya’ni atmosfera, gidrosfera va biosfera yaxshi o'rganilgan. Ammo uning ichki qobiqlari haqidagi bilimlarimiz yetarli emas. Yerning ichki qobiqlarini qanday o'rganish mumkin? J: Vulqonlar otilganida chiqqan moddalarni o'rganish orqali, yer qimirlash to'lqinlarining tarqalish xususi- yatlariga qarab
3. Yerning markaziy qismida qanday qobiq joylashgan? J: Yadro (Yer mag'zi)
4. Yer yadrosining diametri qanchaga teng? J: 7000 km
5. Yadroning umumiy qalinligi necha km ga teng? J: 3360 km (ichki yadro -1280 km, tashqi yadro - 2080 km)
6. Mantiyaning qalinligi qanchani tashkil etadi? J: 2900 km
7. Yer po'stining qalinligi okeanlar tagida va quruqliklarda necha km ga yetadi? J: Okeanlar tagida 5 km, baland tog'larda km gacha
8. Olimlarning taxmin qilishicha, mantiya qanday moddalardan iborat? J: Temir, magniy, qo'rg'oshin
9. Yer yadrosidagi harorat mantiyadagi haroratdan necha gradusga issiqroq? J: 2000°C (yadrodagi harorat - 4000°C, mantiyada - 2000°C)
10. Yer ichiga chuqur tushgan sari har 1000 m da harorat necha gradusga ko'tariladi? J: 33°C
11. 50 km chuqurlikda harorat qanchaga yetishi mumkin J: 1500°C
12. Mantiyaning quyi qismlari va yadroda harorat juda yuqori. Bunday sharoitda tog' jinslari erigan, suyuq hoiatda bolishi kerak. Lekin bu qatlamlarda tog' jinslarining qattiq hoiatda bo'lishiga sabab nima? J: Bosimning Yer yuzasidagidan ko‘ra juda katta bo'lishi
13. 100 km chuqurlikda bosim Yer yuzasidagiga qaraganda necha marta katta bo'ladi? J: 13 ming marta katta, ya’ni 1 sm2 yuzaga 13 t kuch bilan bosadi
14. Yadroning radiusi qancha? J: 3500 km
15. Yerning tosh qobig'i - litosfera (yunoncha, «litos» - tosh, «sphaira» - shar, ya’ni toshqobiq) tarkibiga qaysi qatlamlar kiradi? J: Yer po‘sti va mantiyaning yuqori qismi
16. Yer po'sti 3 qavat tog' jinslaridan iborat. Bular qaysilar? J: Oho'kindi, granit va basalt.
17. Cho'kindi tog' jinslari qanday hosil bo'ladi? J: Quruqlikda va suvda jinslarning cho‘kib, o‘tirib qolishidan hosii bo'ladi
18. Yer po'stining chuqur qismida tarqalgan tog' jinsi qaysi? J: Bazalt
19. Granit va bazalt qanday tog' jinsi hisoblanadi? J: Otqindi jinslar
20. Granit - magmatik tog' jinsi. U qanday hosil bo'lgan? J: Yer qatiamlari orasiga magmaning kirib qolib, sovishidan hosil bo‘lgan
21. Bazalt - chuqurdan chiqib kelgan tog' jinsi. U granitdan ogʻir. Tarkibida qanday moddalar mavjud? J: Temir, magniy, kalsiy
22. Magmani qaynoq, yonib turgan balchiqqa o'xshatsa bo'ladi. U sovib qanday tog' jinsiga aylanadi? J: Granitga
23. Ham mantiya, ham bazalt tarkibida uchraydigan moddalarni aniqlang. J: Temir va magniy
24. Yer po stining qaysi qavat tog' jinslari qatlam-qatlam joylashgan bo'lib, Yerning o'tgan zamonlardagi tarixi yozilgan kitobga o'xshaydi? J: Cho'kindi jinslar qatlami
25. Okeanosti Yer po'stida 2 ta qatlam uchraydi. Okeanda qaysi qatlam uchramaydi? J: Granit qatlam
26. Yer qattiq qobig'i yaxlit bo'lmay, alohida-alohida yirik bo'laklardan iborat. Bu bo'laklar fanda qanday ataladi? J- Litosfera plitalari
27. Litosfera plitalarini bir-biridan nimalar ajratib turadi? J: Darzlar, yoriqlar
28. Bir-biriga qarshi yo'nalishda siljiyotgan plitalar to'qnashgan joylarda Yer po'sti bukilib nimalarni hosil qiladi? Misollar bilan izohlang. J: Yoysimon orollarni (Yaponiya orollari), tog‘larni (And tog'lari), chekka okean botiqlarini (Mariana botig‘i) hosil qiladi
29. Dunyodagi eng yirik seysmik (yunoncha, «seismos» - tebranish) mintaqalarni ayting. J: Tinch okean «olovli halqa»si va Aip-Himolay seysmik zonasi
30. Oʻzbekiston joylashgan hudud bundan qancha ilgari dengizdan iborat bo'lgan? J: 30 mln yil ilgari
31. Yer po'stida biror joy yorilsa, o'sha hudud tagida bosim pasayib, chuqurdagi qaynoq moddalar suyuqlashib, suyuq jinsga aylanadi. Bu suyuq jins qanday ataladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |