5-sinf savollar kitobi «Geografiya»


- mavzu. Yerning suv qobig'i - gidrosfera



Download 81,81 Kb.
bet7/12
Sana08.04.2023
Hajmi81,81 Kb.
#925742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5 класс

5 - mavzu. Yerning suv qobig'i - gidrosfera


1. Yerning suv qobig'i qanday ataladi? J: Gidrosfera (yunon­cha, «hidro» - suv, «sphaira»- shar)
2. Gidrosferada suv qanday hoiatda uchaydi? J: 3 xil - suyuq, qattiq va bug'
3. Gidrosferadagi suvning asosiy qismini qanday suvlar egallaydi? J: Dunyo okeani suvlari (gidrosferadagi suvlarning 96,5% ni egallaydi, suv miqdori 1340 mln km3)
4. Quruqlikdagi suvlarning gidrosferadagi ulushi qanchani tashkil etadi? J: 3,5%, suv miqdori 47,5 mln km3
5. Gidrosferaning qaysi suvlari miqdori deyarli bir-biriga teng? J: Yerosti suvlari va muzlik suvlari
6. Yerusti suvlari qayerlarda to'plangan? J: Daryo va ko'llarda
7. Suvning dunyoda aylanishi deganda nimani tushunasiz? J: Dunyoda suv to'xtovsiz aylanma harakatda bo'ladi. Quyosh nuri okeanlardan juda ko'p suvni bug'latadi. Bug'ning bir qismi okeanlarga yog'in bo'lib yog'adi. Bir qismini shamol quruqliklarga olib ketadi va u yerlarda yog'in bo'lib yerga tushadi. Bu suv daryolarga tushib oqadi hamda yana dengiz va okeanlarga borib quyiladi. Suvning okeanlardan havo orqali quruqliklarga va quruqliklardan yana okeanlarga qaytib keladigan to'xtovsiz harakati suvning aylanma harakati deyiladi
8. Insoniyat foydalanishi uchun eng qulay bo'lgan suv manbasi qaysi? J: Yerusti suvlari
9. Okean - atmosfera - quruqlik - okean tizimida qanday hodisa kuzatiladi? J: Suvning aylanma harakati
10. Dunyoda nechta okean mavjud? J: 4 ta: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlari
11. Dunyodagi eng chuqur va katta okean qaysi? J: Tinch okean - maydoni 180 min km2, eng chuqur joyi - Mariana botig‘i (11022 m)
12. Qaysi okeanning ko'p qismi doimiy muz bilan qoplanib yotadi? J: Shimoliy Muz okeani - maydoni 14 mln km2, eng chuqur joyi - 5527 m
13. Maydoni 76 mln km2, eng chuqur joyi Zond botig‘i (7729 m) bo'lgan okeanni toping. J: Hind okeani
14. Atlantika okeanining maydoni va eng chuqur joyini aniqlang. J: Maydoni 91 mln km2, eng chuqur joyi - Puerto-Riko botig‘i (8742 m)
15. Quruqlik chekkasiga tutashgan chekka (tashqi) dengizlarga misol keltiring. J: Arabiston, Bering, Oxota, Filippin, Tasman
16. «Qirg'oqsiz dengiz» nomini olgan dengizni toping. J: Sar­gasso
17. Quruqlik ichkarisiga chuqur kirib borgan ichki dengizlar okeanlar bilan qanday tutashgan? J: Tor suv yo'llari - bo'g'izlar orqali
18. Ichki dengizlarga misol keltiring. J: Qizil, Qora, O‘rta yer, Azov dengizlari
19. Qo'ltiq deb nimaga aytiladi? J: Okean, dengiz, ko‘llarning quruqlik ichkarisiga kirib borgan kichik va sayoz qismlari
20. Dunyo okeanidagi eng yirik qo'ltiq - bu... J: Bengaliya qo'ltig'i
21. Atlantika okeanini O‘rta yer dengizi bilan tutashtiruvchi bo‘g‘iz qanday ataladi? J: Gibraltar bo‘g‘izi 22; Eng uzun va eng keng bo‘g‘izlarni bilasizmi? J: Eng uzun bo‘g‘iz - Mozambik, eng keng bo‘g‘iz - Dreyk
22. Eng uzun va eng keng boʻgʻizlarni bilasizmi? J: Eng uzun boʻgʻiz – Mozambik, eng keng boʻgʻiz - Dreyk
23. Eng tor bo‘g‘iz qaysi? J: Gibraltar
24. Quruqliklarning suv ostidagi davomi hisoblanadigan materik sayozligi yana qanday ataladi? J: Shelf
25. Materik sayozligining chuqurligi necha m dan oshmaydi’ J: 200 m
26. Okean va dengizlarning 200 m dan 2500 - 3000 m chuqurlikkacha bo'lgan qismlari nima deyiladi? J: Materik yon- bag'ri
27. Materik yonbag'ridan chuqurda qanday relyef shakli boshlanadi? J: Okean tagi
28. Dengiz va okeanlarning chuqurligi qaysi asbob yordamida o'lchanadi? J: Exolot
29. Tovushning suvdagi o'rtacha tezligi qanchani tashkil etadi? J: 1500 m/s
30. Batiskaf - bu... J: Chuqur suv ostiga tushadigan apparat
31. Dengiz va okeanlarning chuqur qismini o'rganishda qo'llaniladigan apparatni toping. J: Batiskaf
32. Dengiz va okeanlarning yuza qismidagi suv harorati nima­ga bog'liq? J: Iqlimga
33. Issiq iqlimli o'lkalarda suv yuzasining harorati qancha bo'ladi? J: +25°...+30°C
34. Qutbiy o'lkalarda suv harorati necha gradusgacha pasayadi? J: -1°...1,5°C
35. Quyosh nuri okean va dengizlarda necha m chuqurlikka­cha tushadi? J: 200 m
36. Okean va dengizlar necha m chuqurlikdan tim qorong'i bo'ladi? J: 500 m
37. Dengiz suvining har litrida o'rta hisobda necha gramm tuz bo'ladi? J: 35 g
38. Okean va dengizlar tarkibining asosiy qismini qaysi modda tashkil qiladi? J: Osh tuzi
39. Qaysi dengizda suv harorati +30°C dan oshadi? J: Qizil dengiz
40. Qizil dengiz suvining sho'rligini aniqlang. J: 42 g
41. Qora dengiz suvining sho'rligi qancha? J: 17 - 22 g
42. Qora dengiz suvining sho'rligi past bo'lishi sababi nimada? J: Suv kam bug'langanligi hamda daryolar ko'p miqdorda chuchuk suv keltirib quyganligi sababli
43. Okean suvlarining uzoq masofalarga yo'nalgan gorizontal harakati nima deyiladi? J: Dengiz oqimlari
44. Dengiz oqimlari keltiradigan suvning haroratiga qarab qanday turlarga bo'linadi? J: Iliq va sovuq oqimlar
45. Xaritada iliq va sovuq oqimlar qanday shartli belgilar bilan tasvirlanadi? J: Iliq oqimlar qizil rangli, sovuq oqimlar ko'k rangli strelkalar biian
46. Dengizdagi oqimlarning asosiy sababchisi - bu... J: Doimiy esuvchi shamoilar
47. G'arbiy shamoilar oqimi qaysi materikni aylanib oqadi? J: Antarktidani
48. Dunyodagi eng uzun oqim - G'arbiy shamoilar oqimining uzunligi qancha? J: 30 ming km dan ortiq
49. Okeanlarda tarqalgan eng katta hayvon - ko'k kitning uzunligi va og'irligi qanchani tashkil etadi? J: Uzunligi 30 m, og'irligi 1501
50. Qachon va kim tomonidan Mariana botig'i zabt etilgan? J: Sbveylsariyalik, millati fransuz bo'lgan olim Jan Pikar to­monidan 1960-yili «Triyest» batiskafida
51. Yer po'sti yuza qismidagi tog' jinslarining g'ovak, bo'shliq va yoriqlaridagi suvlar umumiy nom bilan qanday ataladi? J: Yerosti suvlari
52. Suvning yerga tez yoki sekin shimilishi nimaga bog'liq? J: Tog' jinslarining g'ovaklik darajasiga
53. Suvni o'tkazadigan jinslarga misol keltiring. J: Shag'al, qum, yirik qum, ohaktosh, bo'r
54. Suvni o'tkazmaydigan jinslar qaysilar? J: Granit, gil, ohak­tosh, qumtosh, marmar
55. G'ovaklarida suv bo'lgan qatlamlar nima deyiladi? J: Suvli qatlamlar
56. Ikkita suv o'tkazmaydigan qatlam orasidagi yerosti suvi qanday ataladi? J: Artezian suvi
57. Artezian quduqlari qanday hosil bo'ladi? J: Artezian suvlari ikkita suv o'tkazmaydigan qatlam orasida bo'ladi. Bu qatlamga suv mazkur qatlam yer yuzasiga chiqqan joylardan kiradi. Agar tog' jinslari qatlamlari tovoq shaklida joylashgan bo'lsa, yerosti suvlari bosimli bo'ladi. Bunday joylarda bug' qudug'idan suv o'zi oqib, ba’zan otilib chiqadi. Ana shunday quduqlar artezian quduqlari deyiladi.
58. Grunt suvi - bu. J: Yer yuzasidagi gʻovak jinslar orasidagi suvlar
59. Grunt suvlari sathi yilning qaysi mavsumida yuqori boʻladi? J: Qish va bahorda
60. Tog' jinslaridagi g'ovaklar orqali pasttomonga asta-sekin oqadi. Ular jarlarda, daryo vodiylarida, pastliklarda yer yuzasiga chiqib buloqlarni hosil qiladi. Ushbu ta’rif asosida yerosti suvlari turini aniqlang. J: Grunt suvlari
61. Tarkibida turli tuzlar, gazlar va boshqa mineral moddalar erigan yerosti suvlari nima deb ataladi? J: Mineral suvlar
62. Daryo deb nimaga aytiladi? J: O‘zan deb ataluvchi chuqurlikda oqadigan suv oqimi
63. Daryo vodiysining suv oqadigan chuqur qismiga nima deyiladi? J: O‘zan
64. «Daryo manbai» va «daryo mansabi» tushunchalanga ta’rif bering. J: Daryo manbai - daryo boshlanadigan joy, daryo mansabi - daryoning quyiladigan joyi
65. Yurtimizdagi Sirdaryo va Amudaryoning boshlanadigan joyi, ya’ni manbai qayer? J: Sirdaryo Tyanshan togʻlaridan, Amudaryo Pomir tog‘laridan, ya’ni baland tog‘lardagi qor va muzliklardan boshlanadi
66. Daryogayon tomondan kelib quyiladigan kichikroq daryo qanday ataladi? J: Irmoqlar
67. Bosh daryo o'zining barcha irmoqlari bilan nimani hosil qiladi? J: Daryo sistemasini
68. Daryo havzasi - bu... J: Barcha suvi bir daryoga oqib tushadigan quruqlik maydoni
69. Amazonka daryosining havzasi eng katta havza bo'lib, uning maydoni qanchani tashkil qiladi? J: 7 mln km2
70. Dunyodagi eng uzun va eng sersuv daryo qaysi? J: Nil - eng uzun daryo (6671 km), Amazonka - eng sersuv daryo (6400 km).
71. Daryo suvi ko'payib toshganida suv bosadigan qismi nima deyiladi? J: Qayir
72. Suvayirg'ich deb nimaga aytiladi? J: Qo'shni daryo havzalarini bir-biridan ajratib turadigan chegara
73. Suvayirg'ichlar qanday joylarga to‘g‘ri keladi? J: Tog'larning qirralariga, tekisliklarda esa balandroq joylarga
74. Daryolarning ilonizi bo‘lib oqishi tanda qanday nomlanadi? J: Meandra
75. Sirdaryo Tyanshan tog'larining necha m baland qismidan boshlanadi? J: 6000 m
76. Daryolar suvidan cho'kindi jinslarning cho kish qonuniyatlarini birinchi bo'lib kim aniqlagan? J: Abu Rayhon Beruniy
77. Dunyodagi eng baland sharshara qaysi? J: Janubiy Amerikaning Orinoko daryosidagi Anxel sharsharasi (1054 m)
78. Eng sersuv sharshalardan biri bo‘lgan Niagara sharsharasining balandligi qancha? J: 51 m
79. 120 m balandlikdan otilib tushadigan sharshara nomini ayting. J: Viktoriya
80. Ko‘l deb nimaga aytiladi? J: Tabiiy chuqurlikda to‘planib qolgan suv miqdori
81. Yer yuzidagi eng katta ko‘l - Kaspiy dengizining maydoni qancha? J: 376 ming km2
82. Tektonik ko'llar qanday hosil bo'ladi? J: Yer po‘stining yorilishidan vujudga kelgan chuqurliklarning suvga toʻlishi natijasida
83. Issiqkoʻl va Baykal koʻllari kelib chiqishiga ko'ra qanday коʻl hisoblanadi? J: Tektonik ko‘l
84. Dunyodagi eng chuqur ko'l Baykal bo'lib, uning chuqurligi necha m ni tashkil etadi? J: 1620 m
85. Kelib chiqishiga ko'ra to'g'on ko'l hisoblanadigan Sarez koʻli qayerda joylashgan? J: Pomir togʻlarida
86. Togʻ daryolari vodiylarida qanday ko'llar uchraydi? J- To‘gʻon koʻllari
87. Koʻrinishi koʻpincha yangi oy shaklida boʻladigan koʻlni toping? J: Oʻzan koʻl
88. Oʻzan koʻllari qanday hosil boʻladi? J: Tekislikdagi daryalar ilonizi оʻzanlarda oqadigan joylarda eski, qoldiq oʻzanlar suvga toʻlib oʻzan koʻllar paydo boʻladi.
89. Baykal koʻliga nechta kichik daryo quyiladi? J: 300 dan ortiq
90. Baykal koʻlidan qaysi yirik daryo oqib chiqadi? J: Angara
91. Oʻlik dengiz suvining har litrida necha gramm tuz bor? J: 270 gramm
92. Shoʻr koʻllardan qanday maqsadlarda foydalaniladi? J: Shoʻr koʻllardan tuz olinadi, shoʻr suv va balchiq ayrim kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi
93. Chuchuk ko'llardan nima maqsadda foydalaniladi J: Baliqchilik, parrandachilikni rivojlantirishda, toza suvdan aholi va xo'jalikni suv bilan ta’minlashda
94. Muzliklar - bu... J: Quruqlikda qor toplanib, hosil boʻladigan ko‘p yillik muzlar
95. Tyanshan va Pomir tog'laridagi muzliklar necha m dan balandda hosil bo'lgan? J: 3500 m dan yuqorida
96. Qor yig'iladigan va muzlik hosil bo'ladigan balandiikning quyi chegarasi nima deyiladi? J: Qor chizig'i
97. Qor chizig'i qaysi hududlarda dengiz sathigacha pasayadi? J: Qutbiy o'lkalarda
98. Antarktida va Grenlandiya orollaridagi muzliklarning qalinligi necha m gayetadi? J: 4000 m
99. «Aysberg» so'zining ma’nosi nima? J: Gollandcha, «iys» muz, nemischa, «berg» - togʻ, ya’ni muz tog'i
100. Antarktida qirg'oqlari yonida kuzatilgan eng katta aysbergning o'lchamlarini toping. J: Uzunligi 170 km, eni 45 km, qalinligi 200 m
101. Materik sayozligining eni necha km gacha boradi? J: 1200 -1500 km
102. Antarktika mintaqasining chegarasi necha gradus janubiy kengliklarda joylashgan? J: 50° - 60° janubiy kegliklarda
103. Ko'llarning dengizlardan va daryolardan asosiy farqi nimada? J: Ko'llar dengizlardan farq qilib, okeanlar bilan tutashmagan bo'ladi. Ko'llarda suv daryolardagidek o'zanda oqmaydi



Download 81,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish