5-sinf savollar kitobi «Geografiya»



Download 81,81 Kb.
bet5/12
Sana08.04.2023
Hajmi81,81 Kb.
#925742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5 класс

J: Magma
32. Lava nima? J: Yer yuzasiga oqib chiqqan qaynoq suvua modda
33. Lavalar asta sovib tepa va tog'larni hosil qiladi. Bunday balandliklar qanday nomlanadi? J: Vulqonlar
34. Geyzerlar qanday hosil bo'ladi? J: Geyzerlar - issiq buloqlar. Magmatik xususiyatga ega bo'lishiga qaramay, yerosti suvlari qatoriga kiradi. Vulqonlar otilib turadigan o‘lkalarda va Yer po'stida yoriqlari bor joylarda uchraydi. U hali sovib ulgurmagan lavalar orasidan va chuqur yoriqlardan chiqqani uchun qaynoq bo'ladi. Ba’zan issiq buloqlarda suv vaqti-vaqti bilan fawora kabi otilib turadi
35. O'zbekiston hududining qaysi qismlari yer qimirlash zonasiga kiradi? J: Sharqiy va janubiy tog'li bamda tog'oldi qismlari .
36. Qimirlash hodisasiga nima sabab bo'ladi? J: Ikkita litosfera plitasining to‘qnasbishi, shuningdek, Yer po‘stining chuqur qismida - tog' jinslari qatlamlarida to‘satdan ro'y beradigan sinish, siljish, uzilish sabab bo'ladi
37. Yer qimirlash boshlanadigan joy qanday nomlanadi? J: Yer qimirlash o‘chog‘i - giposentr
38. Episentr - bu... J: Yer qimirlash o‘chog‘i ustidagi joy, ya’ni yer qimirlash markazi. Aynan yer qimirlash markazida eng ko'p vayronagarchiliklar bo'ladi
39. Zilzilani o'lchaydigan asbob qaysi? J: Seysmograf
40. Seysmogramma nima? J: Yer qimirlash yozib olinadigan qog'oz
41. Zilzila kuchi necha ballik shkala bo'yicha aniqlanadi? J: 12 ballik Rixter shkalasi bo'yicha
42. Necha ballik zilzilada uy devorlarida yoriqlar paydo bo'lishi kuzatiladi? J: 6 - 7 ball
43. 1966-yil 26-aprelda Toshkent shahrida qattiq yer qimirlagan, uylarning devorlari yorilib ketgan, ayrim devorlar qulagan. Ushbu ma’lumotlarga asosan zilzila kuchini aniqlang. J: 8 ball
44. Birinchi seysmografni kim ixtiro qilgan? J: Xitoylik munajjim Chjan Xen
45. 8 ballik yer qimirlashda ... J: Devorlar yorilib, ba’zi uylar buzilishi mumkin
46. Hozirgi zamon seysmografini kim ixtiro qilgan? J: Rus olimi B.B.Golitsin
47. Devorlar qulaydi, tomlar bosib qoladi. Ushbu yer qimir­lash oqibatlari necha ballik zilzilada kuzatiladi? J: 9 ball
48. Krakatau vulqoni qaysi davlat hududida joylashgan? J: Indoneziyaning Sumatra orolida
49. 11 - 12 ballik zilzilada ... J: Yer yuzasi relyefi o'zgaradi, Yerda tik turgan narsa qolmaydi
50. 40° sh.k. va 15° shq.u.da joylashgan vulqonni toping. J: Vezuviy
51. Yer yuzida necha ballik zilzila kuzatilsa, imoratlar buzilib ketadi, yerda kengligi 1 m gacha yoriqlar paydo bo'ladi? J: 10 ball
52. Necha ballik yer qimirlashi ancha sezilarli bo'lsa ham, imoratlarga zarar yetmaydi? J: 3 - 5 ballik
53. Gorst va graben nima? J: Gorst - irg'itma, graben - uzilma
54. Yerning ichki kuchlari umumiy nom bilan qanday ataladi? J: Endogen kuchlar
55. Yerning ichki (endogen) kuchlari ta’sirida sodir bo'ladigan jarayonlarga misol keitiring. J: Vulqonlar, zilzilalar, tog'larning ko'tarilishi, Yer yuzasining cho‘kishi
56. Yerning tashqi (ekzogen) kuchlari ta’sirida sodir bo'ladigan tabiiy-geografik jarayonlarni ayting. J: Nurash, eroziya, su- rllmalar, muz va shamolning Ishi
57. Yer po‘stining ko'tarilib qolgan eng yirik bo'laklari nima deyiladi? J: Materiklar
58. Materik bilan qit’aning asosiy farqi nimada? J: Materik - yaxlit quruqiik. Qit’a esa atrofidagi orollarni ham birlashtiridigan yirik hudud. Qit’a - kishilik jamiyati taraqqiyoti natijasida tarkib topgan tarixiy tushuncha. Yer yuzida 6 ta materik va 6 ta qit’a mavjud
59. Orollar deb nimaga aytiladi? J: Okean va dengizlarda suvda ko'tarilib turgan va hamma tomondan suvlik bilan o‘ralgan kichikroq quruqliklar
60. Dunyodagi eng yirik orollarni sanang. J: Grenlandiya, Yangi Gvineya, Kalimantan, Madagaskar, Baffin yeri
61. Uch tomondan suv bilan o'ralgan, faqat bir tomoni qu­ruqiik bilan tutashgan hududlar nima deb nomlanadi? J: Yarim-orollar
62. Dunyodagi eng yirik yarimorollarni bilasizmi? J: Arabiston, Hindiston, Labrador, Skandinaviya, Hindixitoy
63. Yer yuzasida Dunyo okeani va quruqlikning ulushi qan­day? J: Dunyo okeani - 71%, quruqiik - 29%
64. Quruqiik relyefining asosiy shakllari qaysilar? J: Tog'lar va tekisiiklar
65. Yer yuzasidagi mutlaq balandligi 500 m dan ortiq bo'lgan balandliklar umumiy nom bilan qanday ataladi? J: Tog'lar
66. Tekisiiklar quruqlikning necha m gacha bo'lgan qismini egallaydi? J: 0- 200 m
67. Dunyodagi eng katta tekisliklarni sanang. J: Amazonka, Sharqiy Yevropa, Buyuk Xitoy, Hind-Gang, Turon
68. Dunyodagi eng baland cho‘qqi-bu... J: Himolay tog'lari- dagi Everest (Jomolungma) cho'qqisi bo‘lib, balandligi 8848 m
69. Everest cho'qqisi O'zbekiston tomonidan qachon zabt etilgan? J: 1998-yilning 22-mayida Rustam Rajabov Nepal davlati hududida joylashgan dunyodagi eng baland cho'qqini zabt etdi va bu yerga mamlakatimiz bayrog'ini qadadi
70. Agar tekislikning dengiz sathidan balandligi 200 m dan oshmasa, bunday relyef shakli qanday ataladi? J: Pasttekislik
71. Yer yuzasidagi necha m dan necha m gacha bo'lgan ba­landliklar qirlar deb ataladi? J: 200 - 500 m
72. Ba’zi bir tekisliklarning dengiz sathidan balandligi 500 m dan ham ortiq bo'ladi. Bunday baland tekisiiklar fanda nima deb yuritiladi? J: Yassitog'lik
73. Yassitog'liklarga misol keitiring. J: O‘rta Sibir, Braziliya
74. Tog'lar balandligiga ko'ra qanday guruhlarga ajratiladi?

Download 81,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish