5-sinf savollar kitobi «Geografiya»


-Mavzu. Biosfera – hayot qobigʻi



Download 81,81 Kb.
bet9/12
Sana08.04.2023
Hajmi81,81 Kb.
#925742
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5 класс

7-Mavzu. Biosfera – hayot qobigʻi.
Tabiat komplekslari


1. Yer sayyorasi taxminan qancha vaqtdan beri mavjud? J: 5 mlrd yil
2. Yerning butun tarixi davomida atmosferaning quyi qatla­mi troposfera, butun gidrosfera va litosferaning necha km li yuqori qatlami o'zaro ta’siri, ayniqsa, kuchli bo'lgan? J- 4 - 5 km
3. Sayyoramizdagi eng dastlabki hayot belgilari paydo boʻlganiga qancha boʻldi? J: Taxminan 4 mlrd yil
4. Organizmlar faol bo’lib, Yer yuzini egallay boshlaganiga qancha boʻldi? J: 550 – 600 mln yil
5. Yerning organic hayot paydo boʻlgan, yashaydigan va organizmlar oʻzaro ta’sir etib turadigan qobigʻi qaysi? J: Biosfera
6. Biosferanmg qalinligi qancha? J: 30 - 40 km
7. Odam qaysi geografik qobiqda yashaydi? J: Biosfera
8. Organizmlar qayerlarda eng ko'p tarqalgan? J: Quruqlik yuzasida va uning ustida 150 m balandlikkacha bo'lgan havo­da, tuproqda, okean va dengizlar suvlning yuzasi hamda 150 m chuqurlikkacha bo'lgan qismlarida
9. Antarktidadagi o'simlik o'smaydigan, hayvonlar yashamaydigan joylar qanday nomlanadi? J: Qor va muzlik cho'llari
10. Hozirgi odamlarrting ajdodiari bundan qancha ilgari pay­do bo'lgan? J: 2,5 - 3 mln yil ilgari
11. Vohalar deb nimaga aytiladi? J: Inson tomonidan o'zgartirilgan, obod qilingan joylar
12. «Kislorod fabrikasi» - bu... J: O'simliklar
13. Okean suvida kalsiy tuzlari eng kam. Bunga sabab nima? J: Bunga okean va dengizlarda yashaydigan organizmlar sababchi ekan. Organizmlar suvdan o'zlariga kerakli moddalarni, ayniqsa, kalsiy tuzlarini oladi. Ularga kalsiy tuzlari suyaklarinl, chig'anoq va zirhlarini hosil qilish uchun kerak bo'ladi
14. Daryo suvlari tarkibida qaysi modda eng ko'p? J: Kalsiy tuzlari
15. Tuproq nima? J: Yemirilgan tog' jinsi zarralaridan va gumusdan (chirindidan) iborat
16. Eng unumdor tuproq qaysi? J: Qora tuproq
17. Eng unumdor tuproq turi qayerlarda tarqalgan? J: Dashtlarda
18. Litosferaning yuza qismlari, atmosferaning quyi qatlami - troposfera, gidrosfera va biosfera birgalikda nimani hosil qiladi? J: Geografik qobiqni
19. Geografik qobiq tarkibiga qaysi qobiq butunligicha kiradi? J: Gidrosfera
20. Geografik qobiq tarkibiga atmosferaning necha km ba­landlikkacha bo'lgan qismi kiradi? J: 18 - 20 km
21. Tabiatni hosil qiluvchi tarkibiy qismlar - bu... J: Tabiat komponentlari
22. Eng katta tabiat kompleksi nima? J: Geografik qobiq
23. Geografik qobiqning tarkibiy qismlari dastlabki vaqtda 3 ta edi. Ular qaysilar? J: Tog' jinslari, suv va havo
24. Yer yuzasida ekvatordan qutblar tomon tabiatning. o'zgarishi natijasida ... hosil bo'ladi. J: Geografik mintaqalar
25. Yer yuzaida nechta iqlim mintaqasi mavjud? J: 13 ta - 7 ta asosiy, 6 ta oraliq
26. Iqlim mintaqalarini sanang. J: Ekvatorial, subekvatorial (2 ta), tropik (2 ta), subtropik (2 ta), mo'tadil (2 ta), subqutbiy (2 ta, ya’ni subarktika va subantarktika), qutbiy (2 ta, ya’ni arktika va antarktika)
27. Yil bo'yi issiq va sernam bo'ladigan iqlim mintaqasi qay­si? J: Ekvatorial mintaqa
28. Ekvatorial mintaqada kunning qaysi qismida har doim yomg'ir yog'adi? J: Tushdan keyin
29. Subekvatorial mintaqada nechta fasl shakllangan? J: 2 ta - sernam issiq yoz va quruq issiq qish
30. Har ikkala yarimsharda 30°- 40° kengliklar oralig'ida qay­si iqlim mintaqasi vujudga kelgan? J: Subtropik mintaqa
31. Mo'tadil iqlim mintaqasi qaysi kengliklar oralig'ida joylashgan? J: 40° - 60° kengliklar
32. “Iqlimi qishda sovuq, yozda esa salqin boʻladi. Faqat oʻt oʻsimliklar va butalar oʻsadi”. Ushbu ta’rif qaysi iqlim mintaqasi haqida ekanligini aniqlang. J: Subqutbiy mintaqalar (subarktika va subantarktika)
33. Qaysi iqlim mintaqasi Janubiy yarimsharda katta maydonni egallaydi? J: Moʻtadil mintaqa
34. Mo'tadil iqlim mintaqasi Janubiy yarimsharda qaysi geografik kengliklar orasida joylashgan? J: 42° - 55° j.k.
35. Subtropik mintaqalarning iqlimi qanday? J: Qishda mo'ta­dii mintaqaning ancha salqin havosi, yozda esa tropik mintaqaning issiq havosi hukmron bo‘ladi
36. Qaysi iqlim mintaqasida cho'llar ham, dashtlar ham, o'rmonlar ham mavjud? J: Mo'tadil mintaqa
37. Har bir geografik mintaqada bir-biridan farq qiluvchi kichikroq tabiat komplekslari mavjud. Ular qanday nomlanadi? J: Tabiat zonalari
38. «Zona» so'zining ma’nosi nima? J: Lotincha so‘z bo‘lib, «uzun cho'zilgan», «ensiz yer» degan ma’noni bildiradi
39. Geografik zonalar Yer yuzida ko'pincha qanday tuzilgan bo'ladi? J: G'arbdan sharqqa tomon cho'zilgan bo'ladi



Download 81,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish