2- mavzu. Yer - Quyosh sistemasidagi sayyora
1. Quyosh - bu... J: Yerga eng yaqin bolgan qizib yotgan yulduz - olov shardir
2. Yerga eng yaqin joylashgan yulduz qaysi? J: Quyosh
3. Yerdagi yorug'lik va issiqlik, asosiysi, hayot manbai - bu... J: Quyosh
4. Quyosh atrofida nechta sayyora aylanib turadi? J: 8 ta
5. Quyosh sistemasidagi sayyoralarni Quyoshdan uzoqligiga ko'ra to'g'ri tartibda sanang. J: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton
6. Sayyoralarning yulduzlardan farqi nimada? J: Nur sochmaydi, Quyoshdan tushgan nurni qaytaradi; osmondagi o'rinlarini ancha o'zgartirib turadi
7. Yerning tabiiy yo'ldoshi bo'lgan Oyga xos bo'lgan asosiy xususiyat nima? J: O‘zidan nur sochmaydi, aksincha, Quyoshdan tushgan nurni qaytaradi
8. Oy Yer atrofini qancha muddatda aylanib chiqadi? J- De yarli 1 oyda
9. Oy, Yer, Quyosh osmonda bir chiziqqa to'g'ri kelib qolqanida qanday hodisa ro‘y beradi? J: Oy tutilishi
10. Osmonda Yer, Oy, Quyosh bir chiziqqa to‘g‘ri kelib qolqamda qanday hodisa sodir bo'ladi? J: Quyosh tutilishi
11. Yerdagi kuzatuvchiga Oy qanday ko'rinadi? J: Oyning faqat Quyosh nuri bilan yoritilgan qismigina ko'rinadi
12. Yangi Oy ufqning qaysi tomonida ko'rinadi? J: Kechqurun Quyosh botganida g'arb tomonda
13. Eski (tugayotgan) Oy ufqning qaysi tomonida ko'rinadi? J: Erta tongda, Quyosh chiqmasdan sharq tomonda
14. Oyning Yerdagi kuzatuvchiga harxil ko'rinishi fanda nima deb ataladi? J: Oy fazalari
15. Yangi Oy qanday shaklda ko'rinadi? J: O‘roq shakiida
16. Oyning nechanchi kunlari to'lin Oy davri hisoblanadi? J: 14 - 15-kunlari
17. Oy tutilishi Oyning qaysi davriga to'g'ri keladi? J- To'lin Oy kuniga
18. Dengiz va okeanlarda sodir bo'ladigan suv qalqishi hodisasiga nima sabab bo'ladi? J: Quyosh va Oyning tortish kuchi
19. Suvning ko'tarilib qaytishi Quyosh tortishiga nisbatan Oy tortganda necha barobar kuchli bo'ladi? J: 2 barobar
20. Yulduzlarni o'rganuvchi ilmiy markaz qanday ataladi? J: Rasadxona (observatoriya)
21. Hozirgi kunda observatoriyalarda yulduzlarning qanday xususiyatlari o'rganilmoqda? J: Kattaligi, harorati, kimyoviy tarkibi va harakatlari, shuningdek, o'zaro joylashgan o'rinlari
22. Yulduzlar deb nimaga aytiladi? J: Nihoyatda qizib yotgan, Yerdan juda uzoqda joylashgan osmon yoritkichlari
23. Yulduz turkumlari deganda nimani tushunasiz? J: Bir-biriga yaqin joylashgan yulduzlar guruhi
24. Yulduz turkumlariga misol keltiring. J: Tarozi, Chayon, Qavs, Katta Ayiq, Kichik Ayiq
25. Qadimda jangchilarning ko'zi o'tkirligini aniqlashda qaysi turkumda joylashgan yulduzdan foydalanishgan? J: Katta Ayiq
26. Hamma vaqt osmonda bir joyda - shimoliy qutb ustida turadigan yulduz qaysi? J: Oltin qoziq (Qutb) yulduzi
27. Osmonda Oltin qoziq yulduzini qanday qilib aniqlash mumkin? J: Katta Aiyq yulduzlar turkumi - cho'michning chekkasidagi ikkita yulduz orasidagi masofa besh marta qo'yib chiqiisa, Oltin qoziq yulduziga boriladi
28. Oriyentirlash - bu... J: O'zi turgan joyni ufq tomonlariga nisbatan aniqlash
29. Ufqning nechta asosiy va oraliq tomonlari bor? J: 16 ta 4 ta asosiy (shimol, janub, g'arb, sharq), 4 ta oraliq (shimoli-sharq, shimoli-g'arb, janubi-sharq, janubi-g'arb), shuningdek, yana 4 ta kichikroq oraliq tomonlar (sh.sh.shq„ sh.sh.g‘„ j.j.shq„ j.j.gʻ.) bor
30. Kunduzi ufq tomonlarini nimaga qarab aniqlash mumkin? J: Quyoshga
31. Bir sutka vaqt birligi qanchaga teng? J: 24 soat (aslida, 23 soat 56 minut 4 sekund)
32. Yer aylanish o'qining Yer yuzasi bilan tutashgan ikki nuqtasi nima deyiladi? J: Yerning qutblari
33. Meridianlar deb nimaga aytiladi? J: Shimoliy qutb bilan janubiy qutbni tutashtiruvchi yarimaylana chiziqlar
34. Qutblardan barobar uzoqlikda o'tkazilgan aylana chiziq - bu... J: Ekvator
35. Parallellar qanday chiziq hisoblanadi? J: Yer ekvatoriga parallel qilib chizilgan aylana chiziqlar
36. Quyosh bilan Yer oralig'idagi masofa qanchani tashkil etadi? J: 150 mln km
37. Tezligi 1000 km/soat bo'lgan samoiyot Quyosh bilan Yer oralig'idagi masofani qancha vaqtda bosib o'tgan bo‘lar edi? J: 17 yilda
38. Agar raketa tezligi 39600 km/soat bo'lsa, u Quyoshga qancha vaqtda «yetib boradi»? J: 5 oyda
39. Yerning shakli dumaloq, shar ko'rinishida. Uning o'rtacha diametri qancha? J: 12756 km
40. Yerning aylanasi qanchani tashkil qiladi? J: 40000 km
41. Yerning qutb radiusi ekvator radiusidan necha km ga qisqa? J: 21 km
42. Daraja to'ri deb nimaga aytiladi? J: Globus va xaritalarda chizilgan parallel va meridianlarning Yer yuzini to'rga o‘xshab qoplab olishi
43. Geografik kenglik nima? J: Meridianning ekvatordan berilgan nuqtagacha bo'lgan qismi yoyining daraja (gradus) hisobidagi kattaligi
44. Qohira va Kiyev shaharlari orasidagi parallellar necha gradusgafarq qiladi? J: 20°
45. Geografik uzunlik deganda nimani tushunasiz? J: Bosh meridiandan berilgan nuqtagacha bo‘lgan parallel yoyining daraja hisobidagi uzunligi
46. Bosh meridian sifatida qabul qilingan meridian qaysi? J:
47. Geografik koordinata nima? J: Yer yuzasidagi har bir London shahri yaqinidagi Grinvich rasadxonasi meridiani bo‘lib, u boshlang'ich meridian deb ham ataladi nuqtaning kengligi va uzuniigi hisobi
48. Toshkent shahrining geografik koordinatasi toping. J: 41° sh.k. va 69° shq.u.
49. Yer Quyosh atrofini qancha vaqtda bir marta to‘liq aylanib chiqadi? J: 365 sutka 6 soat
50. Kabisa yilining hosil bo'lishini tushuntirib bering. J: Yer Quyosh atrofini 365 sutka 6 soatda bir marta aylanib chiqadi. Hisobga to‘g‘ri bo‘lishi uchun bir yil 365 kun deb qabul qilingan. Shunda har yili 6 soatdan yig'ilib, 4 yilda 24 soat, ya’ni bir sutka boiadi. Shuning uchun har uch yildan keyin to‘rtinchi yil 366 kun boiadi. Bu yil kabisa yili deyiladi. Shu yili fevral oyi 28 kun emas, 29 kun hisoblanadi
51. Ixtiyoriy berilgan yilning kabisa yili ekanligini qanday aniqlash mumkin? J: Berilgan yilni 4 ga bo'lganda qoldiq chiqmasa, u kabisa yili hisoblanadi. Qoldiq chiqsa, u kabisa yili emas. Masalan, 2016-yilni oladigan bo‘lsak, 2016 : 4 = 504, ya’ni qoldiqsiz qiymat chiqdi. Demak, 2016-yil kabisa yili ekan
52. Yozgi va qishki Quyosh turishi yilning qaysi kunlariga to g'ri keladi? J: 22-iyun va 22-dekabr
53. Bahorgi va kuzgi tengkunliklarni ayting. J: 21-mart, 23-sentyabr
54. Qutb kuni va qutb tuni bo'ladigan joylarning chegarasi - bu... J: Qutbiy doiralar
55. Qutbiy doiralar Yer yuzasida necha gradusdan o‘tkaziladi? J: 66,5° sh.k. va j.k.dan
56. Qutbiy doiralarda necha kun qutb tuni va qutb kuni bo'ladi? J: Yozda 1 sutka qutb kuni va qishda 1 sutka qutb tuni
57. Qutblarda qutb tuni va qutb kuni qancha vaqt davom etadi? J: Yarim yil tun va yarim yil kunduz bo'ladi
58. Globus va xaritalarda 23,5° shimoliy va janubiy kengliklardan o'tkazilgan uzuq-uzuq parallel chiziqlar nima deyiladi? J: Tropik chiziqlar
59. Quyosh Yerning qaysi kengliklarida zenitda bo'ladi? J: Shimoliy va janubiy tropik chiziqlari oralig'ida 2 marta
60. Yerning nechta issiqlik mintaqasi mavjud? J: 5 ta - tropik, mo'tadil (2 ta), qutbiy (2 ta)
Do'stlaringiz bilan baham: |