Mavzu: Quyosh sistemasi Reja



Download 1,52 Mb.
Sana16.04.2022
Hajmi1,52 Mb.
#556238
Bog'liq
Quyosh sistemasi


Mavzu: Quyosh sistemasi
Reja:
1. Quyosh sistemasidagi sayyoralar.
2. Meteoritlar
3. Kometalar

Quyosh, 8 ta yirik sayyora va ulaming yo‘ldoshlari, o‘n minglab mitti sayyora, ya’ni asteroidlar, son-sanoqsiz dumli yulduz (kometa)lar va juda ko‘p meteorlardan iborat osmon jismlari sistemasiga Quyosh sistemasi deyiladi. Quyosh shu sistemaning markazida joylashgan. Quyoshning massasi Quyosh sistemasidagi barcha osmon jismlarining umumiy massasidan taxminan 750 baravar katta. Quyosh sistemasidagi barcha jismlar Quyoshning tortish kuchi tufayli harakatlanadi. Barcha yirik sayyoralar: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun Quyosh atrofida bir xil yo‘na- lishda harakatlanadi. Ular ayni vaqtda o‘z o‘qlari atrofida ham aylanadilar.

Quyosh sistemasidagi sayyoralar.Quyosh sistemasidagi sayyoralar juda tarqoq joylashgan. Bu sayyoralaming kattaligini va ular orasidagi masofalarni tasawur etish uchun 1:15000000000 (ya’ni 1 millimetrda 15000 kilometr) masshtab bilan ifodalashga urinib ko‘ramiz.Shu masshtabda olganda Yerning diametri 1 millimetrga yaqinlashadi, Oyning diametri — 0,25 millimetr, Quyoshning diametri esa 10 santimetrga tenglashadi.
Quyosh sistemasini qog‘ozda chizma tarzida tasvirlaydigan bo‘lsak, Quyosh bilan Yeming oralig‘i 10 metr, Yer bilan Oyning oralig‘i esa 3 santimetr bo‘ladi. Quyosh sistemasida jismlarga, moddalarga nisbatan bo‘sh joylar ko‘proq ekanligi chizmadan ko‘rinib turadi. Yer bilan Quyosh oralig‘ida harakatlanadigan Merkuriy sayyorasi Quyoshdan 4 metr uzoqda bo‘lib, diametri mazkur masshtab bo‘yicha 0,33 millimetrga teng. Diametri 1 millimetrcha keladigan Venera sayyorasi esa Quyoshdan 7 metr uzoqlikda joylashgan bo‘ladi. Marsning diametri chizmada 0,5 millimetr bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 15 metr. Marsning Yerga har 15 yilda bir marta yaqinlashish masofasini chizmada 4 metr bilan ifodalash mumkin.
Sayyoralaming eng ulkani — Yupiteming diametri chizmada 1 santimetr, Quyoshdan uzoqligi mazkur masshtabda 52 metmi, Satumning diametri 8 millimetrni, Quyoshdan uzoqligi 100 metrni tashkil etadi.
Quyosh sistemasining yettinchi sayyorasi Uranni chizmamizda 3 millimetr kattalikda tasvirlash, Quyoshdan uzoqligini 196 metr qilib ko‘rsatish mumkin. Neptun sayyorasining diametri chizmada 3 millimetr bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 300 metr.
Quyosh sistemasining eng chekka sayyorasi Pluton chizmada Yerdan biroz kichikroq bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 400 metmi tashkil etadi. Garchi Pluton Quyosh sistemasining chekka sayyorasi bo‘lsa-da, uning orbitasi chizmaning chegarasi bo‘la olmaydi. Chunki Quyosh sistemasida sayyoralardan tashqari kometalar ham uchraydi. Ayrim kometalaming orbitalari Quyoshga nisbatan yaqin (chizmamizda 12 millimetr masofada), ayrimlari uzoq joylashgan (chizmada 1700 metrni tashkil etadi).
1:15000000000 masshtabli chizmada Quyosh sistemasining eni (kengligi) 3,5 kilometrni va maydoni 9 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Shunchalik katta maydonda bizning sayyoramiz, ya’ni Yer atigi 1 millimetr joyni egallaydi.
Quyoshning termik ta’siri, tizimning aylanishi, Quyosh shamolining harakati natijasida qisqa (100 mln y.) vaqt ichida gaz va changdan iborat birlamchi, ibtidoiy fnodda parchalangan va Quyosh atrofida halqasimon yo‘naIish bo‘yicha harakat qila boshlagan (Satum atrofidagi halqalarni eslang!). Ayni bir paytda halqalarda planetozimallar shakllana boshlagan va ular hisobiga Quyosh atrofidagi sayyoralar tashkil topgan. Birlamchi moddaning parchalanishi va saralanishi, uning vaqt o‘tgan sari siqilishi ikki guruh sayyoralarni paydo bo‘Iishiga olib kelgan. Birinchi guruh sayyoralari - Merkuriy, Venera, Yer, Mars kabi sayyoralar. Ular Quyoshga yaqin yoki «Yer guruhi sayyoraIari» nomini olgan va o‘z tarkibida kislorod va temir-magniyli silikat moddalarni mujassamlashtirgan. Ikkinchi guruh - Yupiter, Satum, Uran, Neptun, Pluton kabi sayyoralar bo‘lib, ular Quyosh tizimining chetida joylashgan. Ulaming tarkibida, asosan, gazlar va nisbatan yengil moddalar (vodorod, geliy, S02, metan) tarqalgan. Temir-magniyli silikatlami bu sayyoralarda hajmi uncha ko‘p emas. Mars va Yupiter kabi sayyoralar oralig‘ida asteroidlar mintaqasi shakllanadi. Asteroidlar tarkibi temir, toshtemir meteoritlardan iborat. Tadqiqotchilaming fikricha, yuqorida ko‘rsatilgan ichki va tashqi sayyoralaming kelib chiqishi har xil sabablarga bogTiq. Ichki sayyoralar planetazimallarning quyuqlashishi, bir-biri bilan uyg‘unlashib ketishidan, tashqi sayyoralar esa - birlamchi, ibtidoiy moddaning siqilishi (kollaps) natijasida hosil boTgan. Shuni ham aytish kerakki, Quyosh tizimidagi sayyoralarning barchasi hozirgi vaqtda qatlamlangan holatda uchraydi. Masalan, Yerda yadro, mantiya, yer qobig‘i ajratiladi. Boshqa sayyoralar ham shunga o‘xshash sferalardan iborat. Sayyoralarning bunday tuzilishiga nima sabab boTgan, qanday kuchlar qatlamlanish jarayonlarini boshqarib borgan? - degan savollar tabiiy. Javob tariqasida quyidagi farazni keltirish mumkin. Bunga asosan, sayyoralami hosil qilgan ibtidoiy modda juda mukammal o‘zaro aralashgan va keyinchalik gravitatsiya kuchlari yordamida (og‘irligiga qarab) geosferalar shakllangan masalan, Yer yadrosi, mantiya, yer qobigT, atmosfera, gidrosfera va b.). O‘z navbatida har bir geosfera ichida ham tarkiban saralanish jarayonlari rivojlanishi
mumkin. 4-4,5 mlrd yillik Yer evolyutsiyasi natijasida geosferalar zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan.
Hozirgi vaqtda bu sohadagi to‘plangan ma’lumotlar Yer atmosferalarining tarkibi, paydo boMishi, ularga ta’sir qilgan kuchlar va saralanish mexanizmlarini tiklash imkoniyatini beradi. Shu bilan bir qatorda, to‘plangan geologik, astrofizik ma’lumotlar Yeming kelajakdagi holati, uni nima kutishi to‘g‘risidagi prognozlami amalga oshirishga imkon beradi.
Meteoritlar — Quyosh sistemasining sayyoralararo fazodan Yer yuziga tushadigan qattiq jismlari. Quyosh atrofida elliptik orbita boʻylab aylanayotgan sonsanoqsiz qattiq jismlardan ayrimlarining orbitasi oʻzgarishi natijasida Yer bilan toʻqnashadi. Katta tezlikda (11–75 km/sek) qarakat qilayotgan bunday jismlardan massasi kichiklari (1—10 g) Yer atmosferasida meteor hodisa hosil qilsa, kattalari (1 – 1000 kg) atmosferada butunlay erib ulgurmay Yer yuziga tushadi. Bir sutkada osmondan Yerga umumiy massasi 10 t atrofida boʻlgan turli xil kattalikdagi qattiq holatdagi kosmik modda tushadi. Bu jismlarning yiriklari topilgan va tabiat muzeylarida saqlanmoqda. Ular Meteoritlar deb atalib, umumiy ogʻirligi 500 t dan oshadi. 1920-yil Janubiy-Gʻarbiy Afrikada topilgan temir Meteoritlarning (Goba) ogʻirligi 50 t, 1818-yilda Grenlandiyada topilgan Meteoritlarning ogʻirligi 34 t. 1947-yilda Sixo-te-Alin (Uzoq Sharq, Rossiya) ga parchalanib tushgan Meteoritlarning umumiy ogʻirligi 23 t. MeteoritlarZ turkumga boʻlinadi: temir, tosh vatoshtemir. Te mir Meteoritlar topilgan barcha Meteoritlarning 4% ini tashkil etib, tarkibida 85% temir, 12% nikel, 3% kobalt va boshqa elementlar bor. Temir Meteoritlar katta kristall (oktaedrit) lardir. Ular sillik, shakldagi jismlar boʻlib, havo qarshiligi taʼsirida kristallga aylangan. Tosh Meteoritlar topilgan barcha Meteoritlarning 92% ini tashkil etadi va, asosan, kremniy, magniy, natriy, kalsiy, temir, alyuminiy va boshqa elementlar oksididan iborat. Ular togʻ jinslarini eslatadi. Toshtemir Meteoritlar topilgan barcha Meteoritlarning 4% ini tashkil etadi. Meteoritlarning zichligi 2,5 dan 8,8g/sm3 gacha Meteoritlarning atmosferasidan Yerga maydalanib tushish hodisasi Meteoritlar yomgʻiri deyiladi. Mas, 1947-yildagi Sixote-Alin meteorit yomgʻiri tarkibida oʻrtacha quyidagi miqdorda nodir metallar bor (1 t Meteoritlarda g hisobida): ruteniy 10, rodiy 5, palladiy 10, ku-mush 5, osmiy 3, iridiy 5, platina 20, oltin 5 va boshqa Meteoritlardagi elementlar tarkibi Yerdagi elementlar tarkibi bilan deyarli bir xil.

Kometalar (yunon. kometes — uzun sochli) — Quyosh tizimiga kiradigan kichik osmon jismlari. Kometalarning Quyosh atrofidagi harakat yoʻllari (orbitalari) kichik sayyoralarnikiga qaraganda ancha choʻziq boʻlgani uchun Quyoshga yaqinlashgandagina koʻrinadi. Avval ular osmonda xira oq tuman nuqtalarga oʻxshab koʻrinib, keyin Quyoshga yaqinlashgani sari uning taʼsirida „dum“ chiqaradi (baʼzan bir necha „dum“ chiqarishi ham mumkin). Odatda, Kometalarning dumlari Quyoshga nisbatan qarama-qarshi yoʻnalgan boʻladi. Har yili 5-10 ta kometa kashf etiladi.




Kometalar (yun. kometes — uzun sochli) — Quyosh sistemasiga kiradigan kichik osmon jismlari. K.ning Quyosh atrofidagi harakat yoʻllari (orbitalari) kichik sayyoralarnikiga Qaraganda ancha choʻziq boʻlgani uchun Quyoshga yaqinlashgandagina koʻrinadi. Avval ular osmonda xira oq tuman nuqtalarga oʻxshab koʻrinib, keyin Quyoshga yaqinlashgani sari uning taʼsirida "dum" chiqaradi (baʼzan bir necha "dum" chiqarishi qam mumkin). Odatda, K.ning dumlari Quyoshga nisbatan qarama-qarshi yoʻnalgan boʻladi. Har yili 5—10 ta kometa kashf etiladi. Quyosh atrofida aylanish davrlari ularning orbitalari choʻzikligiga bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ularning Quyoshga yaqinlashishi bir necha yildan ming va undan ham ortiq yilda toʻgʻri kelishi mumkin. K.ning orbita tekisliklari fazoda ixtiyoriy ravishda joylashgan boʻlib, vaqt oʻtishi bilan katta sayyoralar taʼsirida oʻz vaziyatlarini oʻzgartiradi. K. yaqinlashgan sari ularning orbitadagi tezligi ortib (500 km/s gacha) boradi. Perigeliy nuqtasidan oʻtgach, bu tezlik yana kamaya boradi. Shunday katta tezlikka ega boʻlgan K.dan baʼzilari sayyoralar bilan toʻqnashishi ham mumkin. Mac, Oy sirtidagi kraterlarning kelib chiqishida K.ning ham "xizmati" bor. K. bosh va dum qismlarga ajratilib tekshiriladi. K. hali Quyoshdan uzoqda boʻlganda uning suv, ogʻir elementlar, gaz-changlardan tashkil topgan moʻzlagan yadro qismigina kuzatiladi. K. bilan Quyosh orasidagi masofa 3—5 astronomik birlikka (a. b.) tenglashganda Quyosh nurlari taʼsirida yadro oʻzidan yengil gaz va chang zarralarini chiqara boshlaydi. Bu zarralar yadro atrofida tuman qobiq — koma hosil qiladi. Ana shu yadro bilan qobiq birga K.ning "boshi"ni tashkil etadi. K. yadrolarining diametri, odatda, 0,5—20 km, massasi 10"—10" kg boʻladi. K. bilan Quyosh orasidagi masofa keskin qisqarganda Quyosh nurlarining itarish kuchlari yengil chang va boshqa elementlarni K.dan tashqariga chiqib ketishga majbur etadi va K.da dum hosil boʻladi. Hamma K.da ham dum boʻlavermaydi. Dum boʻlishboʻlmasligi K.ning Quyoshdan uzoqyaqinligiga, massalariga, ob-havoning tiniqligi va boshqalarga bogʻliq. K. chang boshi (diametri) bir necha ming km.dan 1–2 km.gacha, dumi esa baʼzan bir necha oʻn million km.gacha choʻzilgan boʻlishi mumkin. K. dumlarining koʻrinishiga qarab ularni 3 turga ajratish qabul qilingan: Quyoshdan qarama-qarshi tomonga toʻgʻri yoʻnalgan dumlar I turga; K.ning orbital qarakatlari yoʻnalishiga teskari tomonga ancha burilgan dumlar II turga; qisqa, deyarli toʻgʻri va orbital harakat yoʻnalishiga bir oz teskari burilgan dumlar III turga kiradi. I turdagi dumlar plazmalardan tashkil topgan boʻlib, Quyosh shamoli taʼsirida sekundiga oʻnlab va yuzlab km tezlikda K. yadrosini tark etadi. II va III turdagi dumlar chang va zarralardan tashkil topgan. K.lar spektrlarini tekshirish ularning yadrolarini juda mayda qattiq moddalar — temir, kalsiy, nikel, natriy, magniy, kremniy, marganets va moʻzlagan turli gazlar (SN4, NH4, N2O, SO2) aralashmasidan iboratligini koʻrsatadi. K.larning kelib chiqishi haqidagi koʻplab nazariyalar ichida hrzir qabul qilingan nazariyaga muvofiq, ular Quyosh sistemasidagi sayyoralarning hosil boʻlishi davrida gaz-chang qoldiqlaridan paydo boʻlgan. Hozirgacha mingdan ortiq K. qayd qilingan, baʼzilari bir necha martalab kuzatiladi (2002).
Eng mashhur davriy K. — Galley kometasi (davri R=76 yil), Enke kometasi (R=3,3 yil), Shvassman — Vaxman kometasi (kometa orbitasi Yupiter va Saturn orbitalari orasida joylashgan). Galley kometasi 1986-yil perigeliy orqali oʻtganda sobiq Ittifoq, gʻarbiy Yevropa va yapon kosmik apparatlari yordamida tadqiq qilingan. K. tabiatini yaxshiroq oʻrganish uchun uni modellashtirishga doir lab. tajribalaridan foydalaniladi. Geofizik raketalar va kosmik zondlar yordamida bir necha yuzdan bir necha oʻn ming km balandlikda ishqoriy metallar bugʻidan sunʼiy bulutlar — sunʼiy K. hosil qilingan. Ular ochiq kosmosda K.ni modellash uchun negiz yaratdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. www. uz.wikipedia.org


2. www. google.com
3. www. fayllar.org
Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish