Referat mavzu: Panama



Download 177,84 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi177,84 Kb.
#195697
TuriReferat
Bog'liq
Panama




REFERAT

Mavzu: Panama


Bajardi: Sayfullayev Shoxrux
Qabul qildi: _______________

Guliston - 2016 yil

Panama

P anama (Panama), Panama Respublikasi (República de Panamá — Markaziy Amerikaning Panama boʻynida joylashgan davlat. Shim.dan Karib dengizi, jan.dan Tinch okean oʻrab turadi. Maydoni 78,2 ming km². Axrlisi 2,88 mln. kishi (2002). Poytaxti — Panama shahri Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (provincia) va 5 muxtor indeys rezervatsiyasiga boʻlinadi.



Davlat tuzumi

P. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1972 yilda kabul qilingan, unga 1978 va 1993 yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident, u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli 6-n 5 yil mud-datga saylanadi va ikkinchi muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas. Kr-nun chiqaruvchi hokimiyatni Konun chiqaruvchi assambleya (bir palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.

Tabiati

P. hududi Markaziy Amerikaning eng kambar (48–200 km) qis-mida. Qirgʻoqlari, asosan, past. Tinch okean va Karib dengiziga tutash sohillarida anchagina qoʻltiq bor. Mayda orol koʻp. P.ning butun hududi orqali gʻarbdan sharq tomon Kordilyera-de-Veragua, Kordilyera-de-San-Blas, Serraniyadel-Daryen togʻ tizmalari choʻzilgan, mamlakatning eng baland nuqtasi va harakatdagi vulkani Baru (balandligi 3475 m). Oltin, simob, temir va mis rudalar, boksit, binokorlik ma-teriallarining kichikroq konlari bor. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi subekvatorial, issiq va sernam. Oʻrtacha yillik temperatura 25—28°. Yogʻin jan. togʻ yon bagʻirlarida 1500 mm dan shim. yon bagʻirlarida 5000 mm gacha. Daryolari qisqa (200 km gacha), kema qatnamaydi, qurgʻoqchil mavsumda koʻpincha qurib qoladi. Panama boʻynining eng kambar joyida Panama ka-nali qurilgan. Qizilsariq laterit tuproqlarda qimmatbaho daraxt turlari oʻsadigan oʻrmonlar, jan.-gʻarbdagi jigarrang-qizil tuproklarda savannalar uchraydi. Hayvonot dunyosi: zirhli, yovvoyi mushuklar (puma, otselot), chumolixoʻr, yalqov, bugʻu, koata maymuni va boshqa Daryey va boshqa milliy boglari, oʻrmon qoʻriqxonalari bor.

Aholisi, asosan, panamaliklar — metislar (60%), negrlar (15%), indeyslar (7%). Shaharlarda yamaykaliklar, xitoylar, amerikaliklar ham yashaydi. Shahar aholisi 54%. Rasmiy til — ispan tili. Koʻpchilik dindorlar katolik, bir qismi protestant. Yirik shaharlari — Panama, Kolon.

Tarixi


P.ni ispanlar mustamlaka qilib olgunga qadar bu yerda kuna, guaymi, chokova va boshqa 60 dan ortiq in-deys qabilasi yashagan. P.nidastlab 16-asrda ispan konkistadorlari zabt etgan. Mustamlakachilar tub aholiga zulm oʻtkazgan va koʻpchiligini qirib tashlab, plantatsiyalar va konlarda ishla-tish uchun Afrikadan negr qullarni keltirgan. Amerikadagi ispan mustamlakalarining mustaqilligi uchun urush davomida (1810—26) Panama oʻzini mu-staqil deb (1821) eʼlon qildi va S Bolivar tuzgan Buyuk Kolumbiya respublikasi tarkibiga kirdi. 1830 yilda Buyuk Kolumbiya parchalangach, 1831 yildan Yangi Granada (1886 yildan Kolumbiya) respublikasi tarkibiga departament huquqida kirdi. 1903 yil P. Ko-lumbiyadan ajralib chiqib, mustaqillik eʼlon qildi. Ammo oʻsha yili 18 noyabr da AQSH bilan P. oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan, Panama kanali qurish moʻljallangan hudud AQShga "abadiy foydalanish, egallash va nazorat qilish" uchun berilishi oqiba-tida P. AQShga butunlay qaram boʻlib qoldi. Amerikaliklar bu yerda harbiy baza qurib, oʻz qoʻshinlarini joylashtirdi. P. xalqi koʻp yil oʻz yerini ozod qilish uchun kurashdi (1958, 1959, 1964 yillardagi harakatlar). 1968 ‘y. general O. Torrixos Errera boshchiligidagi milliy gvardiya davlat toʻntarishi qilib, iqtisodiy mustaqillikni mu-stahkamlash, siyosiy hayotni demokra-tiyalash tadbirlarini oʻtkazdi. 1977 yil P. hukumati AQSH bilan tuzgan ikki shartnomaga koʻra, 1903 yilgi shartnoma bekor qilindi, 1979 yil 1 okt.dan kanal zonasi ustidan P. suvereniteti tiklandi, 2000 yil 1 yanvardan kanalning oʻzi ham P. tasarrufiga oʻtdi. P. 1945 yildan — BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992 yil 2 yanvarda tan oldi. Milliy bayrami —3 noyabr — Mustaqillik kuni (1903).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

Arnulfista partiyasi, 1990 yil tuzilgan; "Papa Egoro" harakati, 1991 yil asos solingan; Leyboristlar partiyasi, 1982 yil tashkil etilgan; Liberal respublikachilar partiyasi, 1993 yil tuzilgan; P.xalq partiyasi, 1930 yilda asos solingan; Liberal milliy partiya, 1979 yil tashkil etilgan; Liberal respublikachilar milliy harakati, 1981 yil tuzilgan; Inqilobiy demokratik partiya, 1978 yil asos solingan; Demokratik xristian partiyasi, 1963 yil tashkil etilgan. P. mehnatkashlari konfe-deratsiyasi, 1956 yil asos solingan; Meh-natkashlar milliy kengashi, 1971 yil tuzilgan; P. boʻyni mehnatkashlari kasaba uyushma markazi, 1971 yil tashkil etilgan.

Xoʻjaligi

P. — agrar mamlakat. 20-asrning 70-yillarida P. hukumati baʼzi ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni — qishloq xoʻjaligi sohasida, mehnat qonunchiligi va soliq sohasida islohotlar oʻtkazdi, barcha foydali qazilmalarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini eʼlon qildi.

Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy faol aholining 25% band boʻlib, yalpi ichki mahsulotning 15% hosil qilinadi. Yangi qishloq xoʻjaligi kooperativlari tuzilgan boʻlsa ham, latifundiyalar ustun mavqeda turibdi. Asosiy eksport ekinlari: banan, shakarqamish, kofe. Ichki isteʼmol uchun sholi, makkajoʻ-xori, kartoshka, dukkaklilar ekiladi. Goʻsht chorvachiligi va parrandachilik rivojlangan: qoramol, choʻchqa, ot, echki va xachir boqiladi. Oʻrmonlarda qimmatbaho tur yogʻoch tayyorlanadi. Dengizda qisqichbaqa va baliq ovlanadi.

Sanoati zaif rivojlangan boʻlib, yalpi ichki mahsulotning 9% ni tashkil etadi. Oz miqsorda oltin, mis rudasi, neft qazib olinadi. Panama sanoati oziq-ovqat (qand-shakar, konservalar, quritilgan va quyultirilgan sut, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar, baliq uni, tamaki mahsulotlari va boshqalar), yogʻochsozlik, koʻn-poyabzal, tikuvchilik, qogʻoz, sopol va sement sanoatining mayda korxonalaridan ibo-rat. Las-Minasda chetdan keltirilgan va mahalliy neftni qayta ishlaydigan z-d bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 2,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Panama, Kolon, Nata. Panama kanali orqali yiliga 14 mingtagacha kema oʻtadi. Bu kanal roʻyxatga olingan kemalar soni va ularning umumiy yuk hajmi jixatidan dunyoda l-oʻrinda, Kolon Erkin zonasi esa ahamiyati va eksport-import operatsiyalari hajmi jihatidan 2-oʻrinda turadi. Asosiy dengiz porti va xalkaro aeroporti — Panama, muhim dengiz porti — Kolon. Transport yoʻli uzunligi — 583 km, avtomobil yoʻllari —10 ming km. Chetga banan, neft mahsulotlari, qand-shakar, yogʻoch, qisqichbaqa va boshqa chiqaradi, chetdan mashina va asbob-uskuna, metall buyumlar, xom neft, kimyoviy mollar, oziq-ovqat va boshqa oladi. Asosan AQSH, Venesuela, Kostarika, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Italiya bilan savdo qiladi. Pul birligi — balboa.

Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Vrachlar Panama universitetining tibbiyot f-tida tayyorlanadi. 1946 yildan majburiy 8 yliktaʼlim toʻgʻrisidagi qonun amal qiladi. Boshlangʻich maktab shaharlarda 6 yillik (7 yoshdan 13 yoshgacha), qishloq joylarda —3 va 4 yillik. Oʻrta maktab 6 yillik boʻlib, 2 turkum, yaʼni 3 yillik ijtimoiy fanlar va 3 yillik tabiiyotmat. fanlari litseylaridan iborat. Hunartexnika taʼlimi texnika, qishloq xoʻjaligi, tijorat bilim yurtlari va boshlangʻich maktab yoki oʻrta mak-tabning bir turkumi negizida amalga oshiriladi. Oliy taʼlim Panama universiteti (1935 yilda asos solingan) va Santamariya la Antigua xususiy katolik universitetida (1965) beriladi. Mamlakatdagi i.t.lar Milliy fan kengashi (1963) tomonidan muvofiklashtirib turiladi. P. milliy FA (1942), P. til akademiyasi, P. tarix akademiyasi (1942), Milliy arxeologiya va tarixiy yodgorliklar akademiyasi (1946), Indeys xalklar madaniyatini oʻrganish instituti (1952), Iktisodiy rivojlanish instituti (1953), Panamerika tarix va geogr. instituti, Panama universiteti huzuridagi i.t. muassasalari i.tlar olib boradi. P. universiteti kutubxonasi (1935), Milliy kutubxona (1892), P. milliy muzeyi (1925) va boshqa bor.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi

P. da bir qancha gaz. va jur.lar nashr etiladi. Muqimlari: "Matutino" ("Tonggi xabarlar", kundalik hukumat gaz., 1969 yildan), "Panama —Amerika" (kundalik gaz., 1989 yildan), "Prensa" ("Matbuot", kundalik gaz., 1980 yildan), "Siglo" ("Asr", kundalik gaz., 1985 yildan), "Unidad" ("Birlik", oyiga 2 marta chiqadigan gaz., 1973 yildan), "Kritika libre" ("Erkin tan-qid", kundalik gaz., 1925 yildan), "Analisis" ("Tahlil", iqtisodiyot va siyosat masalalarini yorituvchi oylik jur.). Milliy axborot agentligi yoʻq. P. ra-dioeshittirish uyushmasi mavjud. Radioeshittirish va telekoʻrsatuv xususiy boʻlib, tijorat asosida ishlaydi.

Adabiyoti ispan tilida rivojlanib kelmoqda. Dastlab Kolumbiya adabiyoti tarkibida vujudga keldi. 19-asrning 2yarmida undan ajralib chiqib, milliy adabiyot tarzida shakllana boshladi. M. Arosemena oʻzining "Tarixiy xotiralar" va oʻgʻli X. Arosemena ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va maishiy mavzulardagi ocherklari bilan unga asos soldilar. 1845 yilda tuzilgan Havaskor maʼrifatparvarlar jamiyati P. milliy adabiyotini yaratishda katta rol oʻynadi. Vatanparvarlik ruhida sheʼrlar yozgan X. Kolunxe, T.M. Fyoyyo, X. M. Aleman, A.D. le Isaka kabi shoirlar P. adabiyotini yuqori pogʻonaga koʻtardilar. 20-asr boshlarida hukm surgan modernizm namoyandalari D. Errera, G. Andreve, L. A. Soto, R. Miro va boshqa adiblar P. adabiyotining oʻziga xosligini himoya qilish bilan birga yevropacha uslublardan ham foydalandilar.

1-jahon urushidan keyin adiblar 2 oqimga boʻlinib ketdi. R. Sinan, R. Laurens kabi shoirlar "avangardizm" tarafdori boʻlib, formalizm yoʻliga oʻtdi. D. Korei, D. Errera Sevilyano ijtimoiy zidsiyatlarni aks ettirdi. I. de X. Valdes va boshqa adiblar shahar va qishloq turmushini haqqoniy tasvirladi. 2-jahon urushidan soʻng yozuvchilar ijodida ijtimoiy adolatsizlikni fosh etish mavzui muhim oʻrin oldi (M. Riyera, P. Rivera, X. Franko va boshqalar). Zamo-naviy yozuvchilar orasida D. Moran, A. Menendes Franko kabi shoirlar, E. Chues, X. M. Bayyard Lerma, X. Beleno kabi prozachilar, dramaturg X. de X. Martines asarlari mashxur.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

Qad. P. madaniyati Meksika, Kolumbiya va boshqa qoʻshni mamlakatlar madaniyati bilan oʻzaro hamohang shakllangan. Mahalliy indeyslar mahobatli inshootlar qurmagan. Mustamlakachilik davrida Panama, Portobelo shaharlarida mudofaa istehkomlari, bozor, bojxona, omborlar bilan bir qatorda hashamdor zarhal oʻymakorlik uslubidagi cherkovlar barpo etildi. 20-asrda Panama, Kolon shaharlarida zamonaviy Amerika meʼmorligi ruhida qurilgan meʼmoriy majmualarga mahalliy anʼana unsurlari singdirildi (G. de Ru, I. Galindo Valyarino, O. Mendes Guardiya kabi meʼmorlarning loyihalari).



Tasviriy sanʼati 16-asrgacha indeyslar yasagan tosh haykallar, odam va hayvon surati tushirilgan ustunlar, rang-barang sopol idishlardan iborat boʻlgan. Mustamlaka yillarida zamonaviy sanʼat vujudga kela boshladi. Zamonaviy rassomlardan R. Lyuis, X. M. Uloa, X. F. Arosemena, F. R. Karcherini koʻrsatish mumkin. Hozirgi P. tasviriy sanʼatida kubizm (S. Oduber), syurrealizm (P. Runʼyan) va boshqa oqimlar yoyilgan.

Panama (Panama Respublikasi) poytaxti — Panama shahri. BMT aʼzosi
Download 177,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish