5-Mavzu. O‘zbekiston tosh davri jamolari moddiy madaniyati tadqiqoti yutuqlari reja



Download 27,1 Kb.
bet4/9
Sana18.12.2022
Hajmi27,1 Kb.
#890598
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-МАВЗУ

To‘da xotin 1,2 yodgorliklari. O‘zbekiston-Rossiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan 2005 yilning yozida Obirahmat g‘ori atrofida, xususan CHotqol daryosining o‘ng irmog‘ida qidiruv ishlari amalga oshirilgan. Arxeologik qidiruv jarayonida To‘daxotin 1 va To‘daxotin 2 yodgorliklari topilgan ( Derevyanko A. P., Islamov U. I., Krivoshapkin A. I., Kolobova K. A., Flyas D. Muxtorov G.) Ular bir-biridan 150 metrlar chamasi oraliq masofada joylashishgan. To‘daxotin 1 yodgorligi qazilmasida bitta litologik qatlam aniqlanib, undan qiziqarli tosh buyumlari to‘plami qo‘lga kiritilgan . To‘plam nukleuslar (plastinalar va mikroplastinalar uchun mo‘ljallangan), uchirindilar va plastinalar uchlarida shakllantirilgan qirg‘ichchalar, qirg‘ichchalar, ishlov berilgan payraqalar va uchirindilar dan iborat.
To‘daxotin 2 yodgorligi qazilmalari jarayonida buzilmagan madaniy qatlamlarga duch kelingan. Tadqiqot ishlari 2006-2007 yillarda davom ettirilib, yodgorlikda 5 ta madaniy qatlamli ekanligi va tosh qurollari so‘nggi paleolit davri jamoalariga tegishliligi borasida xulosalarga kelingan. SHu o‘rinda yuqori madaniy qatlamlari aralashib ketilgani ham aniqlangan. Hammasi bo‘lib, 6098 ta tosh buyumlar topilgan va tadqiqotchilar ko‘rsatishicha ular asosan mahalliy chaqmoqtosh, chaqmoqtoshli-slanets, xalsedon va qisman kvarslardan yasalgan. To‘daxotin 2 makoni tosh buyumlarining texnik-tipologik va radiokarbon tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, bu yodgorlik sanasi mil.avv. 23-21 ming yilliklar bilan belgilangan. Tosh qurollari Ko‘lbuloq yodgorligi tosh qurollariga o‘xshash. Ba’zi qurollarida Qizilolma 2 ustaxonasi materiallariga o‘xshashlik jihatlari ham kuzatilgan.
Obirahmat g`or makoni. O‘zbekiston-Rossiya xalqaro arxeologik ekspeditsiya (akademik A.P.Derevyanko, akademik O‘.I.Islomov) xodimlari tomonidan 1998 yildan e’tiboran “O‘zbekiston Respublikasi qadimgi tosh asrining arxeologiyasi va paleoekologiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy loyihasi asosida paleolit davri yodgorliklari borasida ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirila boshlandi. Bu tadqiqotda asosiy ob’ekt etib Obiraxmat g‘or makoni tanlandi. Bundan maqsad yodgorlikning absolyut sanasini oydinlashtirish, qadimgi o‘rab turgan atrof muhitning manzarasini tiklash, o‘rta paleolitdan so‘nggi paleolitga o‘tish jarayoni qay darajada kechganligi masalasini yoritish, mintaqaning tayanch paleolit yolgorliklari korrelyasiyalashda informatsion bazani yaratish kabilar tadqiqotning kun tartibiga qo‘yilgan. Radiouglerod, EPR, OSL va i toriy-uran metodlari asosi Obirahmat g‘orining absolyut sanasi 80-70 ming yil oldindan to bundan 40 ming yilgacha bo‘lgan xronologik ramka bilan belgilandi. Obirahmat g‘or makonining qazilmalari jarayonida uning barcha madaniy qatlamidan ko‘p sonli tosh buyumlari to‘plami qo‘lga kiritildi. Tadqiqotda madaniy qatlamlar ketma ketligi gomogennosti tosh industriyada modifitsiyalashgan levallua kompleksi elementi kuzatiluvchi o‘rta paleolit payraqa texnologiyasiga tayanilib asoslandi. Eng muhimi barcha madaniy qatlamda o‘rta paleolit va so‘nggi paleolitga xos texnik va tipologik jihatlar uyg‘unlashgani kuzatildi va ilmiy asoslandi. Umumiylikka ega bo‘lgan YAqin SHarq, O‘rta Osiyo va Oltoy texnokompleksini mujassamlatirgan o‘rta paleolit davri aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi gipoteza ilgari surildi.
Obirahmat g‘orida qayta arxeologik qazilma ishlari amalga oshirilgan. Xususan, 2003 yilda 16-madaniy qatlamdan (54000- 56000 yil) tuproq qatlamidan odam bosh suyagining qoldiqlari topilgan. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu odam tanasi suyaklari qoldiqlari neandertal odami bilan hozirgi zamon tipidagi odamning omuxta qiyofasini namoyon etgan bo‘lib, topilma birinchidan, hozirgi jismoniy tipdagi odamning mustaqil raviщda multimintaqaviy shakllanganligini, ikkinchidan hozirgi odamlarning ajdodlari bilan neandertallarning o‘zaro chatishganligini ko‘rsatadi. Mitoxondiral DNK tahlili vositasida Obirahmat g‘orida yashagan qadimgi odam kim bo‘lganligini- hozirgi zamon odamimi yoki neondertal bo‘lganini aniqlash imkoni bo‘ldi. Tahlillar natijasi quloq suprasining tuzilishi bu odamning neondertaldan kelib chiqqanligidan dalolat bersa, miya hajmi va tishlarning shakli hozirgi zamon odamining jismoniy tipiga aloqador ekanini ko‘rsatdi.
Ma’lumki, myezolit davri (mil.avv. 12-7 ming yilliklar) plyeystotsen davrining oxirlari va golotsen davrining boshlariga to`g`ri kelib, o`simlik va hayvonat dunyosi hamda paleoekologik, iqlimiy sharoiti hozirgi zamonga yaqinligi bilan izohlanadi. Muzlikning chekinishi va o`q-yoyning ixtiro qilinishi bilan mezolit davri boshlanishi xarakterlanadi.
Mezolit davrida urug` jamoasi rivojlanib, jamiyatda o`rni mustahkamlangan, ona urug`da hamon hukumron bo‘lgan. Urug` a’zolari jamoaviy tarzda mehnat qilishib, mehnat qurollarining ijtimoiy mulkliligi ishlab chiqarish munosabatlarining asosini tashkil etgan.
O’rta Osiyo miqyosida mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatini o`rganishda Sharqiy Kaspiy bo’yi hududi mezolit yodgorliklari A.P.Okladnikov, M.E.Masson, S.Xarakuliev, Ustyurt mezoliti E.Bijanov, A.V.Vinogradov, Qizilqum mezolit yodgorliklari A.V.Vinogradov, Zarafshon vohasi M.Jo’raqulov, T.Grechkina, N.Xolmatov, Farg’ona vodiysida U.Islomov, V.I.Timofeev, Tojikiston hududida V.A.P.Okladnikov, V.A. Ranov, V.A.Jukov, shuningdek Toshkent vohasida, Surxondaryoda U. Islomov kabi arxeolog-olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar muhim ahamiuat kasb etadi.
Зарафшон воҳаси бўйича янги мезолит ёдгорликлари топилиб. Тадқиқ этилди.

Download 27,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish