O’rta asrlarda Toshkent urbanizatsiyasi
Reja:
1. Toshkent vohasida shahar madaniyatining ravnaqi. Qanqa (Xarashkat), Mingo‘rik. (Tarband)
2. X-XI asrlarda. Choch shaharlari haqida arab geograflari malumotlari.
3. Toshkent XIV-XVI asrlarda. Rejalashtirish, me’moriy yodgorliklar
Toshkent vohasida shahar madaniyatining ravnaqi. Qanqa (Xarashkat), Mingo‘rik. (Tarband)
Toshkent vohasida o‘troq dehqonchilik va ilk shahar madaniyati qadimiy bo‘lishiga qaramay, shaharning o‘z tarixini miloddan avvalgi I asr oxiridan yozma manbalar va hozirgi shahar ichidagi qadimgi shahar xarobasi (Mingo‘rik) saqlanib qolgan vaqtdan boshlaganini kuzatish mumkin. Mingo‘rik Salor kanali bo‘yida, hozirgi Shimoliy vokzal yaqinida joylashgan bo‘lib, uning nomi bu yerda XIX asrda mavjud bo‘lgan katta o‘rikzordan olingan. O‘sha davr xaritalariga ko‘ra, kadimgi shahar o‘rni taxminan 35 ga joyni egallagan. Qadimgi shahar hududida asta sekin hozirgi Toshkent aholisi uylari qurila boshlandi. Hozirga kelib, 150x80 metrga yaqin maydondagi "qasr" deb ataluvchi tepalikning bir qismigina saqlanib kolgan. Qadimgi shahar o‘rnini arxeologlar o‘nlab yillar mobaynida chuqur o‘rgandilar, natijada uning tarixiy topografiyasi, istehkomlarini qisman qayta tiklash va bizning davrimiz chegarasidan turib shahar tarixini aniqlash imkoni tug‘ildi.
Mingo‘rikdagi shahar mustahkam qo‘rg‘on, baland "qasr" va qal'a devori bilan o‘ralgan shahar hududidan tashkil topgan. Bu Tosh kentning kadimiyligi ramzini ko‘rsatuvchi o‘ziga xos yodgorlikdir. Shahar go‘yo qurilish estafetasini Shoshtepadan qabul qilib olganday, u yerda topilgan dastlabki shaharlashgan manzilgohning davomchisiga aylandi.
"Qasr"ning etak tomonida olib borilgan eng yangi arxeologik tadqiqotlar natijasida o‘ziga xos me'moriy qurilish majmuasi aniqlandi. Majmua taxminan 15x14 metr kvadrat bo‘lib, uning har qaysi tomonida diametri taxminan 5 metr bo‘lgan yarim doira minoralar (inshootning taxminiy umumiy xajmi 27x25 m) bor. Bino sharqqa kun chiqar tomonga qaragan. O‘rtadagi kvadrat 6-7 metrgacha bo‘lgan balandlikda saqlangan. Uning ichida uchta yo‘laksimon bino tozalab qo‘yilgan. Yo‘laklar o‘zaro hamda minora ichidagi xonalar bilan ravoq yo‘llari orqali bog‘langan. Ikki xil: 40x40x10, 50x25x9 sm o‘lchamdagi xom g‘ishtdan tiklangan binolar gumbaz bilan yopilib, ayrimlari ikki qavatli bo‘lgan. Butun ansambl aylanasiga tashqi devor bilan o‘ralgan.
Dastlab, "to‘rt parrakli xoch" bunyod bo‘layotganda o‘rtadagi kvadrat qismi minoralarga qarab ko‘tarib qo‘yilgan. Gumbazlar os tidagi yuzada kul qatlamlari bilan qoplangan tekis ayvon bo‘lgan. Ikkita binoda qalin chirindi qatlami topildi, chamasi, bu yerda yoqiladigan o‘tin zahirasi saqlangan. "Xoch"ning shimol tomonida bir necha metr keladigan uzoq vaqt mobaynida to‘planib qolgan kulxonalar aniqlandi. Yodgorlik hayotining keyingi bosqichlarida bino toza loy bilan mustahkamlangan. Natijada poydevorning yuqori qismida balandlik hosil bo‘lgan. Binoning sharqiy qismidagi ayrim devorlar kesilib, ulardan tepa tomga olib chiqadigan zinali pandusga o‘xshash qiya yo‘lak qurilgan. Pandus ko‘tarilgan tepadagi maydonchadan zina tushirilgan bo‘lib, u hozirgi tekshiruvlarga ko‘ra 6 metrgacha chuqurlikdagi quduqqa olib borgan. Pandus katta toshlar yotqizilib ustiga taxta tashlangan yo‘lak bo‘lganga o‘xshaydi, uning chirib jigarrang bo‘lib qolgan qatlami saqlangan. Majmua uzoq vaqt mobaynida o‘z vazifasini saqlagan holda balandlashgan va kengaygan. Yuqori maydonchaga ham yirik toshlar tashlanib, bu yer ochiq mehrob bo‘lgan. Qurbonlik olovi yoqilishi natijasida bir oz kul qatlami to‘plangan. Suyaklar va ibodatda ishlatilgan kichik sopol parchalari binoning g‘arbiy va shimoliy minoralari o‘rtasiga tashlab yuborilgan.
Aniqlangan dalillar binoning diniy marosimga mo‘ljallanganligini ko‘rsatib, uning tepasida olov yoqilganligidan ishora beradi. Majmua bunyod etilishidan qolgan qurilish qoldiqpari, bino bajargan vazifani belgilash va taxdil qilish, bu inshoot milodning I asrlarida diniy e'tiqod ob'ekti sifatida olov va quyoshga sig‘ingan aholi tomonidan tiklanganligini va milodiy IV asrgacha mavjud bo‘lganligini aniqlash imkonini beradi. Mintaqada kabi bir qancha inshootlar mavjud bo‘lgan. Chunonchi, Talas daryosi yoqasidagi Cho‘ltepa va Qizilqaynartepa shahar xarobalarida yarim minoralari bor "parrakli" "xoch"larga o‘xshash binolar aniqlandi. Ular milodiy I-IV asrlarga oid deb belgilangan.
Buxoro viloyatining shimolida shu xildagi yodgorlik Setalaktepa 1 yodgorligida topildi.
Ularning qurilishida ham, vazifasida ham o‘xshash belgilar uchraydi. Setalaktepadagi olov yoqish bilan bog‘liq odat ayniqsa, yaqqol aks etgan. Bu bino milodiy III-V asrlarga oid deb belgilangan.
Mingo‘rikdagi inshoot Qovunchi madaniyati majmuasi qatorida olov va quyoshga e'tiqod qilishning asosiy diniy markazi sifatida Talas yodgorliklari sirasiga kirgan, degan taassurot tug‘iladi. Arxeologik tadqiqotlar Qovunchi madaniyati an'analari janub va g‘arbga tarqalganligini tasdiqladi. O‘sha vaqtda bu madaniyat majmuasi vakillari o‘zlari bilan birga olovga sig‘inuvchilarning qasrlar qurish tamoyillarini Buxoroning shimoliga olib o‘tganlar.
Choch to‘g‘risida hikoya kiluvchi ilk yozma manbalardan biri Xitoyning Katta Xan sulolasining yilnomalari hisoblanadi. Mazkur Shitszi solnomasi, xitoy elchisi Chjan Szyan yozib qoldirgan ma'lumotlar asosida tuzilgan. Chjan Szyan avval xunlar qo‘lida o‘n yil asirlikda kun kechirgan. So‘ng miloddan avvalgi 129 yilda Baqtriyaga Katga Yuechjilar xuzuriga yetib keladi. U yetkazgan ma'lumotlardan so‘ng Xitoy "G‘arbiy o‘lka" deb atalgan mamlakatni o‘zi uchun kashf qiladi. Shitszi Qang‘ (Kangyuy yoki Kanszyuy) davla tini eslatib o‘tadi. Bu davlat chegarasi Farg‘ona (Davan)dan g‘arbi Orol dengizigacha kengayib, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi katta dashtlik bir kismini egallagan. Qang‘ Avestoda Qang‘ha -"baland va muqaddas" nomi bilan keladi. U yuechjilarga mansub ko‘chmanchilarning chjaou sulola tomonidan boshqarilgan. Dastlab u kuchli bo‘lmagan o‘lka edi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar Toshkent vohasini bu davlatning asosi deb hisoblaydilar. Davlat asta sekin turli tilda so‘zlashuvchi qabilalarning qudratli ittifoqiga aylangan, deb taxmin qilinadi. Bityan deb atalgan shahar uning markazi bo‘lgan. Yurt hukumdorining yozlik qarorgohi ham bo‘lgan. U o‘zining qabilasi bilan birga chorvasini qishki yaylozlardan yozgi yaylovlarga va aksincha ko‘chirib yurgan.
Xitoy manbalari Qang‘ni ko‘chmanchilar o‘lkasi deyish bilan birga kang‘liklarning turmush tarzi boshqa bir o‘lka Yansay aholisi turmushiga o‘xshashligini aytib, lekin ular "loy devorlar ichida yashaydilar" deb ta'kidlaydi. Bu bilan Qang‘ (Kangyuy)da ham shahar va manzilgohlar mavjudligini isbotlash mumkin. Qang‘ (Kangyuy)ga 5ta kichik mulklik Suse, Fumu, Gi, Yuegyan va Yuni bo‘ysungan. Tadqiqotchilar bu mulklar O‘rta Osiyoning markaziy mintaqasidagi Xorazm, Buxoro, Samarqand va Qashqadaryo singari dehqonchilik va shahar madaniyati vohalari bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydilar. Yuni mulkligiga Toshkent vohasi kirgan bo‘lib, uning markazi Toshkent shahri bo‘lgan. Tadkiqotchilar (Yu.F. Buryakov) uni Xitoy manbalaridagi miloddan avvalgi III-II asrlardagi qadimiy Yuni bo‘lib, kadimgi mualliflar ma'lumotlari bo‘yicha, Yaksart orti Antioxiyasi deb hisoblaydilar. Qanqa Sirdaryo o‘ng sohilidagi ulkan maydonni egalagan qadimgi qishki poytaxt (Xitoy manbalarida Bityan) ga qiyoslanadi.
So‘ngi davr Xitoy manbalari qadimgi Yuni o‘rniga vujudga kelgan Shi nomini tilga oladilar. Bundan tashqari Shi "Qang‘ merosxo‘ri" deb atalgan. Shundan xulosa qilish mumkinki, Iaosha daryosi (Sirdaryo)ning o‘ng sohiliga joylashgan qadimgi Yuni shahri vaqg o‘tgach, Shi deb atala boshlangan. Keyinchalik Toshkent vohasining poytaxti shimolga, hozirgi Toshkent hududiga ko‘chadi.
Milodiy birinchi asrlardan Salor Jo‘n suv tizimida bir qator aholi manzillari paydo bo‘ladi. Bular hozirgi kunda Ko‘gaytepa, Mingo‘rik, Tavkattepa, Buzgontepa va boshqa nomlar bilan ma'lum bo‘lgan qadimgi shaharlardir. Ularni o‘rganish jarayonida shu narsa oydinlashdiki, Mingo‘rikning qadimgi shahristoni mudofaa devorlari bilan o‘ralgan qal'a qo‘rg‘onli chinakam shahar bo‘lgan.
Yuqorida ta'kidlanganidek, so‘ngi arxeologik qazish ishlari ko‘rsatishicha, Mingo‘rik majmuasidagi ma'naviy madaniyatni olov va quyoshga sig‘ingan aholi tiklagan va uni milodiy IV asrgacha vujudga keltirgan deb taxmin qilish mumkin. Bu hozirgi Toshkent hududini qadimda juda yirik diniy markaz doirasiga kirganligini ko‘rsatadi. Agar Kanqadagi shahar ma'muriy markaz yoki xatto Qang‘ning poytaxti mavqyeiga da'vogarlik qilishi mumkin bo‘lgan bo‘lsa, Mingo‘rikning diniy "qasr" majmuasi bu davlatning asosiy diniy markazlaridan biri bo‘lgan deyish mumkin.
Avestoda Qang‘ha nomi bejizga "muqaddas" deb tilga olinmaydi. Ana shundagina milodiy I asrlarda Mingo‘rik shahri asosiy ziyoratgoh atrofida manzilgohlar paydo bo‘lganligini tasavvur qilish mumkin. Bu markaz keyinchalik Sirdaryo bo‘yidagi mintaqalariga, shuningdek, G‘arbiy Sug‘d va Farg‘onaga katta ta'sir ko‘rsatdi. U joylarda ham quyoshga sig‘inish bilan bog‘liq diniy inshootlar qurilishi kuzatiladi.
Qang‘ning xitoy manbalarida so‘nggi bor esga olinishi milodiy IV-V asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu manbalarda Shi, yuqorida ta'kidlangandek, "Qang‘ning merosxo‘ri" deb atalgan. Milodiy III-IV asrlar boshida Shi Qang‘ning avvalgi konfederatsiyasidagi boshqa vassal mulklari (kichik mulkliklar) singari uncha katta bo‘lmagan mustaqil davlatga aylandi. Milodiy III asrning birinchi choragidan boshlab (ehtimol, yanada ilgariroq), bu davlatning mustaqil ravishda tanga zarb kilganligi ma'lum. Tangalarda sug‘d xatida "Choch hukmdori" degan yozuv bo‘lgan. Yuza tomonida xukmdorning yon tomondan ko‘rinishi, orka tomonda esa sulolaviy tamg‘a belgisi bo‘lgan. Bu tamg‘aning Qang‘ hukmdorlarining sulolaviy tamg‘asiga o‘xshashligi taxmin kilinadi. Nafaqat tangalar, balki topilgan boshqa materiallar Choch davlat mahkamalarida ham sug‘d yozuvidan foydalanilganligidan dalolat beradi. Jumladan, Janubiy Qozog‘istondagi Kultobadan topilgan kuydirilgan sopol taxtachalaridagi yozuvlar, paleografiya bo‘yicha mutaxassislarning taxminicha, eski sug‘d yozuvi namunasidadir. Tilshunos N. Sims Vi ilyams o‘qib aniqlagan bu bitiklarda birinchidan, davlatning nomlanishi "Choch xalqi yoki mamlakati", ikkinchidan, davlatning shimoliy chegarasi Aris daryosi vodiysidagi ko‘plab shahar va qal'alarni o‘z ichiga olganligi haqidagi ma'lumotlar bor. Qang‘ning sobiq ittifoqchilari tomonidan tayinlangan davlat amaldorlari ko‘chmanchi dasht bilan chegara daxlsizligini ziyraklik bilan kuzatib borganlar. Yuqorida aytilgan sopol taxtachalardagi yozuvlarda esa bu hakda xabar berilgan. Sopol taxtachalarni, chamasi, qal'a darvozalariga o‘rnatib qo‘yishgan. Yozuvlarda "Choch xalqi" yetakchisidan tashqari Samarqand, Kesh va Naxshab, shuningdek Navakmetan (taxminan Buxoro) vakillari ko‘rsatilgan.
Choch geografik tushuncha sifatida ilk bor sosoniylar shohi Shopur I milodiy 262 yilda Erondagi zardushtiylik ibodatxonasida o‘yib yozilgan bitigida tilga olingan. Bitikda Chochiston tog‘lari Sosoniylarning Sharqdagi chekka yerlari qatorida tilga olingan. Arxeologik ma'lumotlar xulosasiga ko‘ra, bu o‘lkalarning eng qadimgi poytaxti avvalda Toshkentdan 70 km janubdagi ulkan Qanqa shahri o‘rnida joylashgan bo‘lishi mumkin. Keyinchalik Toshkent shahri hududidagi suv tarmog‘i Salor bo‘yidagi Mingo‘rikda asosiy diniy markaz atrofida ko‘plab shaharlashgan manzilgohlar vujudga keldi.
Choch poytaxti "asl tosh shahri" Mingo‘rikdagi shaharning poytaxt maqomini olganligi uning hududi kengayishida va milodiy VII asrning birinchi choragidan boshlab saroy tipidagi yirik inshootlar qad ko‘tarishida o‘z aksini topgan. Bunday binolar otashparastlar tashlab ketgan diniy inshoot bilan birga tepalik ustiga qurilgan. Saroy ham, qo‘rg‘on ham shahar hududidan baland bo‘lgan. Asosiy savdo yo‘llari "Ipak yo‘li" tarmoqlarining shimolga o‘tganligini poytaxt ko‘chirilishining sabablaridan biri bo‘lgan deb hisoblash mumkin. Bu yo‘llar endilikda yettisuvdan Katta dashtlikni chekkalab to Orolbo‘yigacha cho‘zilib ketgan edi. Turk xoqonligi va Eronning Sosoniylar davlati o‘rtasida vujudga kelgan siyosiy qarama-qarshiliklar paytida mahsulotlarni Eron savdo yo‘llari orqali olib o‘tish mumkin bo‘lmay qolgandi.
Poytaxtni Mingo‘rikdagi shaharga ko‘chirilishi turli davr larga oid xitoy manbalarida aks etgan. Bu manbalariing dastlabkilarida Shi shahri aylanasiga 10 li (1 li 400 500 m) bo‘lgan deb ta'kidlansa, keyingi manbalar esa fakat 3 li deb ko‘rsatadi. Gap turli shaharlar haqida borayotgan bo‘lishi ham mumkin. Ulardan katgasi Qanqa shahri bilan qiyoslansa, kichigi uning vorisi Toshkent hududida joylashgan Mingo‘rik xisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, xitoy manbalaridagi Shi toponimi endi Toshkent qududidagi shaharga nisbatan qo‘llanila boshlangan. Mahalliy nomlarning xitoychada "Je She" va "Shi" (ieroglif "tosh" ma'nosi) tarzida ifodalanishi Toshkentning turkiy nomi "tosh shahar"da ham o‘z aksini topgan. Bu nom sof ma'noda emasligi aniq, chunki shahar hyech qachon toshdan barpo etilmagan.
Bu ta'rif Choch aholisining dushmanlarga qarshi kurashda mardlik va matonatini namoyon etganligini ifodalaydi, degan fikr ham mavjud. Shaharning Avestoda hikoya qilingan "qudratli turlar" mamlakatida vujudga kelganligini eslatib o‘tish o‘rinlidir. Bu nom o‘zagida Chatqol Qurama tog‘laridagi boylik yarim qimmatbaho feruza toshiga ishora borligi haqikatga yaqinrokdir. Xitoy matnlariga murojaat etib "shi" atamasi "tosh", "qimmatbaho tosh"ni anglatishini bilamiz, qadimgi turkiy tilda esa ses (chech) so‘zi nafaqat "qimmatbaho tosh", balki, aniq "feruza" ma'nosini beradi. Atamaning ana shu lug‘aviy ma'nosini hisobga olib, Toshkentni "asl tosh", ya'ni "feruza shahar" deb atash mumkin.
Milodiy V asr o‘rtalarida Choch, bir vaqtlar Qang‘ davlati tarkibidagi boshqa mulklar singari Eftaliylar davlatining bir qismiga aylandi. Milodiy VI asrda bu davlat janubdan Sosoniylarning, shimoldan esa turkiy qabilalarning yangi qudratli uyushmasi Turk xoqonligi zarbalariga uchradi. VI asrdan boshlab Chochning butun tarixi Turk hoqonligi tarixi bilan chambarchas bog‘landi. Mo‘g‘ulistondan Oltoygacha bo‘lgan xududni egallagan hoqonlik g‘arbga tomon kengaya bordi. 555 yilda turk hoqoni Buminning ukasi Istami (yunoncha Sizabul) katta kuch bilan g‘arbga yurish boshladi.
U o‘z ta'sir doirasini "G‘arbiy dengiz"gacha, janubda esa sosoniylar Eroni chegaralarigacha yoydi. Choch, Parak (Chirchiq)ning butun hududi, Farg‘ona, Samarqand, Kesh va Naxshab (hozirgi Qashqadaryo) Istami hoqon hukmronligi ostida qoldi. Turk hoqonligining eftaliylar bilan kurashi Chochning Sirdaryo bo‘yidagi hududlarida ham bo‘lib o‘tdi. Manbalardan ma'lum bo‘lishicha, bu harbiy janglar mamlakatni ancha xarob qildi. Bu badiiy shaklda "Shohnoma"da o‘z aksini topgan, unda yozilishicha, Chochda suvoriylarining shiddatli to‘qnashuvlari natijasida Gulzariyun (Sirdaryo) suvi "qizil gul" tusiga kirgan.
Asosiy voqyealar vohaning janubiy qismida va yanada janubroqda sodir bo‘ldi. Qanqa shahar xarobasidagi tadqiqotlar bu janglar davomida uning vayron bo‘lganligini va aholisi ko‘targan qo‘zg‘olon bostirilganligini ta'kidlaydilar. Chunonchi, shaharning V-VI asrlardagi asosiy ibodatxonasida hujum va yong‘in asoratlari yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Aksincha, bu davrda Choch vohasining shimoliy hududlari, ya'ni Chirchiqning o‘rta havzasidagi yerlar, shu jumladan, Toshkent mikrovohasi, jadal o‘zlashtirildi. VII asrning birinchi choragidan boshlab Mingo‘rikdagi shahar, chamasi, Choch poytaxti maqomini oldi. Chatqol Qurama tog‘laridagi rangli va asl metal konlarining o‘zlashtirilishi ham shaharning iqtisodiy yuksalishiga yordam berdi, bu tog‘larda "Choch kumush koni" ishlab turgan. Shuningdek, feruza va temir rudasi ham qazib olingan. Asosiy karvon yo‘llarining va xalqaro tranzit savdosi markazining shimol tomonga siljishi ham Chochning yuksalishiga qulay imkoniyat yaratdi. Uning poytaxti "Ipak yo‘li" bo‘ylab o‘tadigan savdoda faol qatnashdi.
VI-VII asrlarda Chochda urbanistik jarayonning kuchayishiga olib keldi. Tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, shahar va manzilgohlar soni avvalgi davrga nisbatan 2,5 baravar o‘sgan. Hozirgacha Choch hududida zarb qilingan juda ko‘p miqdorda tangalar topildi. Ular savdoda almashuv ekvivalenti hisoblangan. Fanda dastlab salkam qirq yil muqaddam, XX asrning 70 yillaridan Choch tangalari o‘rganila boshlangan. Tadqikotchilar tangalardagi yozuvlar orqali Choch davlati hukmdorlarining nomlari va unvonlarini aniklashga erishdilar. Hukmdorlar tangalarga o‘z sulolaviy tamg‘alarini bosishgan. Juda ko‘p tangalar Chochning G‘arbiy Turk hoqonligi tarkibiga kirishi bilan bog‘liq.
VI asr oxiridan boshlab Choch Istami hoqonning o‘g‘li — Qora Churin Turk (Tardush hoqon yoki Biyabg‘u) qo‘l ostiga o‘tdi. U hoqonlikdagi eng qudratli hukmdorlardan biri bo‘lgan. VII asrning ikkinchi choragidan Choch tangalarida turkiy "tudun" unvoni paydo bo‘ldi, bu unvon VIII asr o‘rtalarigacha amalda bo‘lgan. Tadqiqotchilar bu unvonni Chochda Turk hoqonligi vakillarining merosiy boshqaruvi ifodasi deb hisoblaydilar. Tangalarda zikr etilgan tudunlar katta vakolatlarga ega bo‘lgan. Tudunlar mulklik hayotining hamma sohalarini asta-sekin o‘z nazoratiga ola boshlaganlar. Chochda boshqaruvning almashinishi tamg‘adagi o‘zgarishlarda ham aks etgan. Agar Chochning qang‘ tamg‘ali dastlabki tangalari Qang‘ va uning atroflaridan topilgan bo‘lsa, yangi tamg‘a (VII asrdan boshlab) paydo bo‘lgach, Choch tangalari hozirgi Toshkent shahri hududida ham keng tarqalgan. "Ayrisimon tamg‘a"lar numizmatika fanining so‘nggi ma'lumotlari bo‘yicha, tudunlar zarbi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘ljaga o‘qdek tashlanayotgan lochinga o‘xshatilgan qush ana shu belgi asosini tashkil etadi. "Turkash Choch hukmdori" yozuvi tushirilgan tanga dikqatga sazovordir. Hukmdor lavozimi ikki xil: turkiycha "xoqon" va sug‘dcha "xvabu" ko‘rinishida berilgan. Tangalardagi bitiklar sug‘d yozuvida berilgan. VII-VIII asrlarda Choch aholisining etnik tarkibi aralash edi. Jamiyatning yuqori doiralarini sug‘d va turk zodagonla ri tashkil qilgan.
Choch G‘arbiy Turk xoqonligining nazorati ostida bo‘lsada, boshqa mulklar singari unga ham, VIII asr o‘rtalarigacha Xitoy doimiy ravishda da'vogarlik qilib kelgan. Arab istilosi arafasida O‘rta Osiyoning Ikki daryo oralig‘ida bir necha o‘nlab mulkliklar mavjud bo‘lgan bo‘lib, ularning har birini o‘z xukmdorlari bor edi. Ular Amudaryogacha bo‘lgan hududni o‘z nazorati ostida saqlab turgan Turk hoqonligi qo‘l ostida edi. O‘rta Osiyodagi mayda mulklarida birlik yo‘qligi arab istilochilariga qarshilik ko‘rsatishni qiyinlashtirdi. Arablar VIII asr boshigacha Buxo ro va Samarkandga bir necha marta yurish qilib, Choch chegaralariga yaqin kelib qolgandilar. 712 yil arab lashkarboshisi Kutayba ibn Muslim Samarqandni qamal qilgan paytda, aholi muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatdi. Ular yordam berish to‘g‘risidagi iltimos bilan o‘z elchilarini qo‘shni o‘lkalarga jo‘natdi. Samarqand hukmdori Farg‘ona ixshidi, Choch tuduni. Turk xoqoni va Xitoy imperatoriga murojaat qilgan edi. Umumiy xavf qarshisida ular o‘rtasida ittifoq tuzildi. Faqat Xitoy yordam berishdan bosh tortdi. Tarixchi at-Tabariy so‘zlariga ko‘ra, qamalda qolgan Samarqandga turk hukmdori Inalhoqon o‘g‘li boshchiligida turk aslzodalaridan iborat lashkar jo‘natilgan. Lashkar Samarqandga yetib kelmasdan arablar pistirmasiga tushib qolib, qirib tashlangan. Shundan so‘ng arablar shaharni egallashga muvaffaq bo‘lgan. Chochning mard aslzoda farzandlari shu janglarda xalok bo‘lgan, lekin arablarga qarshi tuzilgan ittifoq keyingi davrlarda ham istilochilarga qarshilik ko‘rsatishdagi asosiy uyushtiruvchi va zarbdor kuch bo‘lib qolaverdi. Choch esa bu ittifoqning eng matonatli va kuchli ishtirokchilari safida bo‘lgan edi.
714 yil Qutayba qo‘shinlari Chochga istilochilik yurishini uyushtirdi. At-Tabariy so‘zlariga qaraganda, "uning katta kismi yondirib yuborilgan". Shundan keyin yana bir yurish kilindi, biroq Choch ahli arablar hokimiyatini tan olmadi. Ana shu notinch davrda ittifoqqa yordam ko‘rsatmagan Xitoy, Choch ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatishga intildi. Xitoy qo‘shinlari 749 yilda Choch va Farg‘ona hukmdorlari o‘rtasida yuzaga kelgan nizoga aralashib, Farg‘onani qo‘llab quvvatladi. Xitoylik lashkarboshi Gao Syan chji Choch hukmdorini hibsga olib, uni Xitoyga jo‘natdi, u o‘sha yerda qatl etildi. Bu zolimlikning boisi qatl etilgan odamning boyliklarini qo‘lga kiritgan lashkarboshining ochko‘zligi ekanligi hammaga ravshan bo‘lgandi. Chochning o‘ldirilgan xukmdori o‘g‘li arablar tomonga qochib o‘tdi va Abu Muslim lashkarboshisi Ziyod ibn Solih boshchiligidagi qo‘shinni olib keldi. Ularga mahalliy qabilalar qo‘shildi. Arablar, chochliklar va sug‘dlilar qo‘shini 751 yil Talas daryosi bo‘yida Xitoy qo‘shinlari bilan jangga kirdi. Xitoy qo‘shinlarini farg‘onaliklar va qashqarliklar qo‘llab quvvatladi. Xitoy qo‘shinlari butkul tor-mor qilindi. Bu Choch taqdirini xal etgan tarixiy jang bo‘lgan edi bu jang Chochni Xitoyning bosqinchlik yurishlaridan xalos etdi. Ayni vaqtda chochliklar arablar hukmronligiga qarshi muntazam isyon qilib turdilar. Ko‘chmanchilar dashti bilan chegaradosh bu joylarga xalifalik hukmronligidan norozi bo‘lganlarning barchasi, turli isyonlarning ishtirokchilari, ayniksa, "oq kiyimlilar" deb atalganlar oqib kelgan edi. Ana shu viloyatda, bir tomondan, g‘oziylar din uchun kurashchilar, ikkinchi tomondan bu yangi dinning joriy etilishiga qarshi bo‘lgan kishilar boshpana topgan edilar. Islom dinining o‘troq aholi muhitida ildiz otish uchun yuz yilcha, Sirdaryo (Sayhun) ortidagi chorvador qabilalarning islom dinini qabul qilishiga esa ikki asrdan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi.
Bo‘ysunmagan mahalliy xukmdorlarga qarshi arablar bir necha jazo yurishlari uyushtirdilar, shundan so‘nggina xalifalik hokimiyati Chochda katta qiyinchilik bilan qaror topdi.
Yozma manbalar Choch shaharlari va uning poytaxti tuzilishi va xususiyatlari to‘g‘risida juda oz ma'lumot beradi. Lekin bu ma'lumotlarni arxeoyaogiya fani birmuncha to‘ldiradi. Toshkent mikrovohasida, ya'ni hozirgi Toshkent hududida ilk o‘rta asrlarda 4 shahar va 20ga yakin qal'a hamda manzilgohdan iborat butun bir majmua shakllangan edi. Ular orasida poytaxt Madinat ash-Shosh (arab manbalari bo‘yicha) markaziy o‘rinni egallagan bo‘lib, bu shahar qoldiqlari Mingo‘rik shahar xarobasida o‘rganilgan. Arab alifbosida "Ch" xarfi yo‘qligi bois, Choch nomi "Shosh" tarzida berilgan. Arablar istilosi arafasida bu hududda shaharlar barpo etish ishlari avj olgan edi. Bu Choch o‘lkasini "ming shahar mamlakati" deb atashga asos bo‘lgan.
VII asr-VIII asrning boshida Mingo‘rikdagi shahar g‘oyat gullab yashnadi. Shahar ancha kengayib, atrofi qo‘rg‘on devorlari bilan o‘rab olinganini arxeologlar qayd qilganlar. Mingo‘rik qo‘rg‘on qal'a xyamda shahristonni o‘zida birlashtirgan. Qalin paxsa va xom g‘ishtdan tiklangan devor bilan o‘ralgan qal'a zinapoya shaklidagi to‘g‘ri burchakli minoralarga ega edi. Ularning balandligi 5-6 m bo‘lganligi aniqlangan, ilgari esa, shubhasiz, yanada baland bo‘lgan. Qang‘ga xos diniy markazning mustahkamlangan xarobalarida saroyga o‘xshab qurilgan majmua hukmdorlarning rasmiy shahar qarorgohi qad ko‘targan.
Ilk o‘rta asrga oid shahar inshootlari Toshkentning zamonaviy binolari ostida qolib ketdi. Lekin tasodif tufayli saqlanib qolgan ilk shahar turar joylari yoki madaniy qatlami qoldiqlarini topish va tozalashga muvaffaq bo‘lindi. Shuningdek, VII-VIII asrning boshiga oid saroy majmuasi qoldiqlari bir muncha to‘liq o‘rganildi.
Sug‘d va Baqtriyadagi kabi boshqa mulklar, chunonchi, Buxoro hukmdorlari buxorxudotlarning ziynatlangan, devorlariga naqshlar chizilgan, yog‘och o‘ymakorligi va gul bilan bezatilgan zallarni o‘z ichiga olgan saroylari singari Choch hukmdorlari saroylari ham dabdabali bezatilgan edi.
U hakda "Shohnoma" mualli fining so‘zlari bilan shunday deyish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |