Toshkent vohasida shahar madaniyatining ravnaqi. Qanqa



Download 64 Kb.
bet2/3
Sana06.07.2022
Hajmi64 Kb.
#746477
1   2   3
Bog'liq
1557123714 74260

Shaharda bunyod bo‘ldi eng baland saroy,
Bog‘-rog‘u gulzor, soya salqin joy.
Ayvon devoriga chizilgan surat:
Jang, shikoru shohlar bazmi keltirar hayrat.
Saroy ko‘plab xonalar, shu jumladan, tantanalar o‘tadigan xona va keng dahlizlar, turar joy xonalari va omborxonalardan tashkil topgan. U yerdan, olov ibodatxonasi bo‘lgan diniy majmua ham topildi. Bu inshoot taqdirning og‘ir sinovlarga duch keldi. Arablar istilosi vaqtidagi yong‘in va keyin qilingan qurilishlar uning bezaklarini butkul yo‘q qilib yubordi. Ulardan qolgan arzimas izlargina devorlar xuddi Sug‘ddagi singari rangorang lavhali rasmlar bilan bezatilganligini ko‘rsatadi. Devorning pastki qismidagi gulli naqsh ishlangan tovlanuvchi hoshiyaning bir qismigina saqlanib qolgan.
Shahristonda monumental tipdagi turar joy binolarning ayrim qismlari hamda hunarmandchilik ustaxonalarining izlari topilgan. Shahar turar joylar, oshxona va omborlardan tashqari, quyosh mehrobiga ega bo‘lgan ibodatxonalarni ham o‘z ichiga olgan. Hunarmandlar metallga dastlabki ishlov berish, shuningdek, ish qurollari, metaldan qimmatbaho buyumlar yasash, dashtdan keltiri ladigan chorvachilik mahsulotlari teri, junga ishlov berish bilan shug‘ullanganlar, gazlamalar va junli matolar to‘qiganlar, sopol va shisha idishlar, yarim qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumla ri tayyorlaganlar. Shaharliklarning bir qismi savdo sotiq bilan shug‘ullangan. Choch poytaxti gavjum savdo markazi bo‘lgan. G‘arbda Vizantiyadan tortib sharqda Xitoygacha bo‘lgan turli davlatlardan keltirilgan buyumlar, mahalliy va chet ellarda zarb qilingan tangalarning Toshkentda topilishi ana shundan dalolat beradi.
Choch poytaxtining VII asr va VIII asr boshida rivojlanishining xarakterli belgilaridan biri, atrofdagi aholisi zich bo‘lgan qishloq dahalarning shaharga qo‘shilishi bo‘ldi. Bu dahalar ko‘plab ariqlardan suv ichgan. Shahar atroflari erkin jamoachilar manzilgohlari, qasrlar va badavlat yer egalari dehqonlarning chorbog‘lari, vaqf xo‘jaliklari, qabristonlar, savdo yo‘llaridagi kichik shaharchalar hisobiga gavjumlashgan edi. Mikrovoha chetida, ayniqsa, dashtga qaragan tomonida mudofaa chegara istehkomlari qad rostladi.
Chochning ilk o‘rta asr poytaxtidagi hamma dahalari hozirgi Toshkent hududiga kirgan. Ularda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasi shahar hayoti haqida ko‘pdan ko‘p ma'lumotlar beradi. Jamiyatning tabaqalanishi yuzaga keldi, ular orasida zodagonlar qatlami boy dehqonlar ajralib turardi. Bu tarixiy topografiyada o‘z aksini topgan. Choch poytaxti dahalariga xos belgi pishiq puxta qurilgan ko‘p qavatli ko‘shk qasrlar, dehqon yer egalarining sulolaviy turar joylari bo‘lib qoldi. Ularning devorlari tashqarisida jamoachilar va tobe odamlarning boshpanalari paydo bo‘ldi. Qasrlar odatda kanallarning boshlanish joyida tiklangan bo‘lib, ularning egalari suv taqsimlanishini nazorat qilib turardi. Ana shunday qasrlarning ba'zilariga hunarmandlar, savdogarlar o‘rnashishlari natijasida kichik shaharchalar yuzaga kelgan.
Choch poytaxti dahalaridan biri bo‘lgan Yunusobod Oqtepasi keng manzilgohli qal'aga misol bo‘la oladi. Ma'lum bo‘lishicha, bu hukmdorning shahardan tashqaridagi saroy qarorgohi edi. Qal'a keng hovli hamda janubiy kismdagi asosiy imorat ko‘shkni o‘z ichiga olgan. Ko‘shkda olib borilgan qazish ishlari milodiy V asr - VIII asrning birinchi yarmiga oid xom g‘isht va paxsadan qurilgan, tasodifan saqlanib qolgan me'moriy inshootni aniqlab berdi. Ikkinchi qavatda katta xona bo‘lib, uning devori naqshlar bilan bezatilgan. Qasr etagida, devor bilan o‘ralgan joyda uchta xona va keng yo‘laklari bo‘lgan saroy binosi qoldiqlari topildi. Bino ichki qismi xom suvoq ustidan chizilgan xilma-xil naqshlar bilan bezatilgan va devorlar qizil suvoq qilingan. Markaziy bino taxt o‘rnatilgan zal hisoblanadi. Ushbu xonaga kiraverishning ro‘parasidagi ustunlar bilan ko‘tarilgan guldor qimmatbaho chodir ostiga qachonlardir taxt o‘rnatilgan.
Ibodat amallari bajariladigan inshootlarning o‘ziga xos xususiyati to‘g‘risida xulosa chiqarishga poytaxtdan taxminan 7 km uzoqlikda joylashgan Chilonzor Oktepasida topilgan majmua asos bo‘la oladi. Ibodatxonalar tashqi qiyofasiga ko‘ra qasrlardan farq qilmagan. Ular ham tuynukli minoralar va qalin devorlar bilan yaxshi mustahkamlangan.
Milodiy V-VI asrlarda bu ibodatxona qasrda sig‘inish uchun muqaddas olov yoqilgan. Demak, Oqtepadagi majmuani zardushtiylarning olov ibodatxonalari turiga kiritish mumkin, VII-VIII asrlarda ibodatxona binosi qayta qurilgan hamda 9 metr balandlikdagi sahnda bunyod etilgan ochiq inshootga aylantirilgan. Bu bino tokchalari bo‘lgan devor bilan o‘ralgan, tokchalarni ibodat qilish joyi deb taxmin qilish mumkin. Bu odatning zardushtiylik urf odatlari singari Chochda ham mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Chochdagi shunga o‘xshash ibodatxonada xukmdorning ajdodlariga bag‘ishlab qurbonliklar qilinganligi to‘g‘risida xitoy manbalarida ma'lumot keltirilgan.
Choch aholisi tarkibi har xil qabilalardan tashkil topgan. Bu shu hududdagi dafn marosimlari turlicha o‘tkazilishida o‘z aksini topgan. Marhumlar yer ostidagi sag‘anaga ham, qo‘rg‘onlar ostiga ham qurol-yarog‘, zeb-ziynatlar, narigi dunyoda ovqatlanish uchun idish tovoqlar bilan birga dafn etilgan. Zardushtiylik dini VI-VII asrlardan boshlab keng tarqalganligi tozalangan suyaklarni loydan yasalgan cho‘zinchok shakldagi, qopkoqli qutichalar ossuariylarda dafn etish rasm rusumida ifodasini topadi. Idish devorlari o‘yma naqshlar bilan, yuqori qismi esa qo‘ylar, qushlarning haykallari va inson qiyofalari bilan bezatilgan ossuariylarni tayyorlash Chochda hunarmandchilik va san'atning o‘ziga xos turi bo‘lib qolgan.
Bundan tashqari, Choch shahar va qishloqlari aholisi Buyuk ipak yo‘li orqali olib kelingan dinlar xristianlik, buddaviylik, moniylik bilan tanish bo‘lganlar. Bag‘rikenglik va har xil dinlarning tinch totuv amal qilishi, Chochdagi turli xalqlarning birgalikda yashashiga muhim omil bo‘lgan.
Bu davrda Choch poytaxtining gullab yashnashi, avvalo, uning ma'muriy, diniy, harbiy siyosiy, hunarmandchilik va savdo markazi sifatida rivojlanganligini anglatardi. Shahar yirik madaniy markaz ham edi. Chochda san'atning bir necha turlari bo‘yicha aloxida maktablar vujudga keldi. Poytaxtdagi saroylar va boy badavlat odamlarning uylarining ichki devorlariga naqsh soluvchi ustalar ishlagan. Nishonlar yasash san'ati, shuningdek, bosma portret uchun qoliplar tayyorlash ham yuksak darajaga ko‘tarildi. Bunga hokimlarning tangalari va sopol taxtachalardagi o‘ziga xos belgilar, tushirilgan tasvirlar yaqqol guvohlik beradi.
Toshkent hofizlari, sozanda va raqqoslari dovrug‘i uzoq-uzoklarga yoyildi. Chochda raqs san'atining o‘ziga xos usuli va maromi yaratilgan, u hatto Xitoy singari olis mamlakatlarda xam mashhur bo‘lgan. Chochlik o‘g‘il bolalar ijrosidagi g‘oyat serharakat raqs shuhrat qozongandi va Xitoyda bu "xutenyu" (uchib chiqmoq, ot choptirib yaqiniga bormoq) deb atalgan. Toshkentdan Xitoyga olib borilgan yana bir raqsni "chjechji" "Choch raqsi" deb ataganlar. Bu raqs dastlab bir, so‘nggida esa besh rakqos tomonidan ijro etilgan, ular kalta kamzul kiyib, kumush belbog‘ bog‘lab o‘ynaganlar, boshlariga esa uchli qalpoq kiyganlar, qalpoqning egilgan uchiga qo‘ng‘iroqchalar osib qo‘yishgan. Chochning o‘ziga xos raqslari raqqosa qizlar tomonidan ham ijro etilgan. Raqqosalarning harakatlariga qarab bu raqsning diniy marosimda ijro qilinishi, u hosildorlik xudosiga bag‘ishlanganligi haqida so‘z yuritish mumkin edi.
Chochda rasmiy til sug‘d tili bo‘lib, turk hoqonlari va Choch hukmdorlarining lavozimlari va nomlari tangalarga sug‘d yozuvida zarb qilinardi. VII-VIII asrlarda Turk xoqoni ham, Choch hukmdorlari ham qo‘shni davlatlar bilan sug‘d tilida rasmiy yozishmalar ayir boshlashgan. Shu bilan birga, turkiy muhit va turkiy tilning ahamiyati ortib borgan. Yozma manbalarga qaraganda, chochliklarning qiyofasi Sug‘d va Farg‘ona aholisiga o‘xshash bo‘lgan, chochliklar jangovarligi va erksevarligi bilan ajralib turganlar.
Choch, Movarounnaxrning chekka viloyati bo‘lgani uchun arablar uni nisbatan keyinroq istilo qilib, Arab xalifaligiga qo‘shib olgan. 651 yil arablar O‘rta Osiyo janubida Marvni keyingi istilochilik yurishlari uchun tayanch nuqta qilib olgach, aynan mana shu yerdan mahalliy aholi orasida islomni faol targ‘ib qilish boshlandi. IX asr arab tarixchisi Balazuri ma'lum kilishicha, Jayxun Amudaryo orqali kechib o‘tib Movarounnahrda namoz o‘qigan birinchi lashkarboshi Al Hakim bin Amr al G‘iforiy bo‘lgan. Bu voqyea 667 yilda yuz bergan, deb hisoblanadi. Marvda o‘zining e'tiqodini yoyish bilan shug‘ullana boshlagan ikkinchi taniqli as’hob Xurosonga 671 yilda kelgan Burayda bin al Husayb al Aslomiy edi.
U 622 yil Muhammad alayxissalom Yasrib (Madina)ga hijrat kilgan vaqtda islomni qabul qilgan va payg‘ambarning o‘zi uni mashriqqa borajagini bashorat qilgan yekan. Naqlga ko‘ra, Burayda VII asrning 70-yillarida Sayxun (Sirdaryo) ortiga ilk bor yurish qilib, bu yerda namoz o‘qigan. Uning Marv yaqinida joylashgan qabridagi yozuvga ko‘ra, u "turklar mamlakatiga kelgan va odamlarni noto‘g‘ri yo‘ldan va ko‘p xudolikdan qaytargan". so‘ng Marvga qaytib kelgan. Ma'lumki, u bu shaharda 681 (683) yilda vafot etgan va al G‘iforiy yoniga dafn etilgan.
Arablarning Chochga qilgan qator yurishlari natijasida uning shaharlari, birinchi navbatda poytaxti vayron bo‘ldi va xuvillab koldi. yetkazilgan talafot o‘nglab bo‘lmas darajada edi. IX-X asrlarda yashagan arab tarixchisi Tabariy "ko‘p qishloqlar yoqib yuborilgan edi", deb bejiz ta'kidlamagan. Vayrongarchiliklar va yong‘inlardan qolgan manzara Mingo‘rikdagi rasmiy saroyni tadqiq qilish chog‘ida ham, Choch hukmdorlarining shahardan tashqari Yunusobod Oqtepasidagi qarorgohida ham aniqlangan. Tabariyning yozishicha, o‘sha vaqtda sug‘orish tarmog‘i buzib tashlanib, poytaxtni suv bilan ta'minlab turgan ariq ko‘mib yuborilgan. Bu hol shaharliklarning xo‘jalik hayotiga katta zarar yetkazgan.
Vayron bo‘lgan, ariqdan mahrum etilgan poytaxt shu bo‘yi qayta tiklanmadi. Natijada bir mahallar katta hududni egallagan shahar o‘rnida kichkinagina aholi manzili qoladi.

Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish