5-Mavzu. O‘zbekiston tosh davri jamolari moddiy madaniyati tadqiqoti yutuqlari reja



Download 27,1 Kb.
bet5/9
Sana18.12.2022
Hajmi27,1 Kb.
#890598
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-МАВЗУ

Chorbakti mezolit makonlari. O‘tgan asr 60- yillarida YA.G‘ulomov, O‘.Islomov va A.Asqarovlar tomonidan Zarafshon daryosi etagidagi Mohandaryo, Ho‘jayli, Katta va Kichik Tuzkon vohalarida 60 dan ortiq tosh va jez davriga oid yodgorliklar tadqiq etilgan. O‘tgan asrning 70-yillar ikkinchi yarmi- 80-yillari Rossiya FA etnografiya Institutining Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi (A.V. Vinogradov), ToshDU geografiya fakulteti (E.D.Mamedov) ilmiy xodimlari tomonidan Qizilqum, Quyi Zarafshon vohasida arxeologik, paleogegrafik, paleogidrografik tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ushbu tadqiqotlar jarayonida Zarafshon daryosining qadimgi quyi o‘zanlari –SHimoliy o‘zan (Echkiliksoy, Oyoqag‘itma, Daryosoy), o‘rta o‘zan (CHorbaqti vohasi) aniqlanib, ulardan 700 dan ortiq tosh davriga oid topilma joylari va yodgorliklar arxeologik xaritaga olingan. Jumladan, CHorbaqti vohasida 60 ga yaqin mezolit va neolit davri yodgorliklari topilgan. SHulardan CHorbakti 11, 23, 27, 41 topilma joylari tosh buyumlari to‘plamlari mahalliy kaltaminor jamoalari madaniyatlaridan keskin farqi borligini ko‘rsatdi. Tosh qurollari tipologik tahlili mazkur makonlar tosh industriyasi uchirindili-paraqali industriya ekanligi, o‘z xususiyatlari bilan O‘rta Osiyo tog‘, tog‘ yon bag‘ri mintaqasi so‘nggi paleolit, mezolit jamoalari madaniyatiga yaqin bo‘lganligidek xulosa chiqarish imkonini berdi. Bu farq o‘zaksimon qirg‘ichlar, otshepdan yasalgan qirg‘ichlar, ponasimon qurollar, qayroqtosh qurollarining CHorbaqti yodgorliklari tosh industriyasida uchratilgani bilan izohlanadi. CHorbakti jamoalari moddiy madaniyati yana bir ilmiy ahamiyati shundaki, shu kunga qadar Samarqand so‘nggi paleolit jamoalari bilan sazog‘on neolit jamoalari moddiy madaniyati oralig‘ida o‘zaro ularni bog‘lovchi xronologik bo‘g‘in yo‘q edi, bo‘shliq mavjud edi va shu bo‘shliqni CHorbaqti manbalari to‘ldirdi bog‘lovchi xronologik bo‘g‘in bo‘ldi.
Qorakamar g‘or makoni. Sazog‘onsoyning qo‘shni soylaridan biri Katta Quruqsoy hisoblanadi. Bu soy Sazog‘onsoydan taxminan 1,5 kilometrlar chamasi g‘arb tomonda joylashgan. Samarqand Davlat Universiteti arxeologik ekspeditsiyasi 2000 yil kuzida Sazog‘onsoy va unga qo‘shni bo‘lgan soylar yon daralarida arxeologik qidiruv ishlarini amalga oshirayotgan paytda Katta Quruqsoy yon darasida Qorakamar g‘or makonini kashf etishga erishgan va qazilmalar 2002-2003 yillarda amalga oshirilgan. Qorakamar g‘or makoni soyning hozirgi o‘zanidan taxminan 15 metrlar chamasi yuqorida joylashgan bo‘lib, g‘orning og‘iz qismi shimoliy-sharqqa qaragan va pastki maydon qismi esa tuproqli qatlamdan iborat. G‘orning o‘lchamlari quyidagicha: uning og‘iz qismi balandligi 5,8 metr, eni esa 6,6 metr, ichki, ya’ni g‘orning tubi tomon uzunligi 10,5 metrni tashkil etadi. SHu yili g‘or makoni og‘zi qismida dastlabki 8X1 metr maydon sathida arxeologik qazishma ishlari bajarilib, qimmatli arxeologik ashyoviy dalillar (tosh buyumlar, sopol buyum parchalari, suyak qurollari bo‘laklari, hayvon suyagi qoldiqlari va h.k) topilgan, hamda 2 ta o‘choq qoldig‘i borligi ham aniqlangan. Tosh qurollarining tipologik tahlili makon tosh industriyasi so‘nggi mezolit davri jamoalariga tegishli ekanligidek dastlabki xulosa chiqarish imkonini bermoqda.

Download 27,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish